Dars tahlillari va ularni amaliyotga qo`llash

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o`quv faniga bo`lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o`qituvchiga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o`qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o`qituvchining o`quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko`rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to`g`ri qo`yishi, dars jarayonini to`g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazorat etishi, o`quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

 

O`qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o`quvchilarining o`zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.

 

Ta`kidlash joizki, umumiy o`rta ta`lim maktab o`qituvchilarining darslarini tahlil qilishda  ko`pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko`proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o`qituvchining ko`rsatmali qo`llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to`g`ri amal qilinganligi, o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to`g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o`qituvchining o`zini o`zi tahlil qilishiga e`tibor qaratmaslikdir. O`zini-o`zi tahlil qilish tamoyili o`qituvchining o`z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va  bartaraf etishga oid   maqsadli yo`lni belgilab olishiga asos bo`ladi. O`qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo`l qo`yadilar. Jumladan:

  • dars maqsadi bilan o`quvchilarni tanishtirmaslik;
  • interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
  • dars jarayonida barcha o`quvchilarning ishtirokini ta`minlay olmaslik;
  • o`quvchilar bilan yakka va jamoa  tartibda ishlashga erisha olmaslik;
  • o`quvchilarning mustaqil ishlashini ta`minlamaslik.
  • o`quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
  • o`qituvchi nutqining ravon ta`sirchan emasligi;
  • mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik;
  • mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e`tibor bermaslik;
  • sinf doskasi, darslik, o`quvchi daftari, qo`shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli  yo`lga qo`yilmaganligi;
  • O`quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda  tuzilmaganligi kabilar.

Darslar  aniq maqsad asosida kuzatilishi  va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi  samarali bo`ladi va o`quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi.    Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo`qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o`qituvchiga amaliy yordam ko`rsata olmaslik  esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.

 

Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo`lmay, balki maktabda o`quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O`qituvchi  darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo`l qo`yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O`qituvchilarning  o`zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo`lib, dars  o`tayotgan o`qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko`rsatsa, tahlil qiluvchi o`qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi,  metodik malakasini oshiradi.

 

Dars tahlili o`quv  mashg`ulotini kuzatish, o`rganish shaklida olib boriladi. Shu o`rinda savol tug`iladi. O`qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O`qituvchining darsi  viloyat XTB, tuman, xalq ta`limi bo`limi, ta`lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va  o`qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.

 

Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan  maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:

  • ta`lim va tarbiya jarayoni  sifatini aniqlash;
  • o`qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;
  • ilg`or ish usullari va metodlarini  o`rganish va ommalashtirish;
  • o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashishi;
  • o`quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • o`quvchilarning bilish faoliyatini o`rganish;
  • dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o`qituvchiga amaliy  va metodik yordam ko`rsatish;
  • ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilar psixologik xususiyatlarini   o`ziga xosligini e`tiborga olish;
  • darsda o`quvchilarni faollashtirish va mavzuni o`zlashtirishlarini e`tiborga olinganligi.

Dars — o`quv jarayonining juda ko`p ta`lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko`ra darsni kuzatuvchi va  tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko`rish talab etiladi.

Darsni tahlil qilish quyidagi  bosqichlarda amalga oshiriladi.

1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik.

2.Darsning borishini kuzatish.

3.O`z-o`zini tahlil qilishni ta`minlash.

4.Dars tahlili va takliflar berish.

 

Darsni  tahlil qilishda quyidagilarga e`tibor qaratish tavsiya etiladi.

  1. Darsni kuzatishdan oldingi   tayyorgarlik:
  • dars kuzatishdan ko`zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish;
  • kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish;
  • dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash;
  • kerakli materiallarni tayyorlash; o`qituvchi bilan suhbatlashish.
  1.  Darsning maqsadlarini tahlil qilishda:
  • o`quv fani va mavzuning o`ziga  xos tomonlari, o`quvchilar yoshi va bilim darajasi e`tiborga olingan holda ta`lim-tarbiya maqsadining to`g`ri va asosli qo`yilganligi;
  • o`quvchilarning tayyorgarligi, o`rganilayotgan mavzu bo`yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o`rnini hisobga olgan holda maqsad qo`yilishining to`g`riligi va asoslanganligi;
  • dars asosiy g`oyasining to`g`ri qo`yilishi va  o`quvchilarga  maqsadning yetkazilishi, maqsadga erishish darajasi.
  1. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda:
  • dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;.
  • darsning turi, strukturasining puxta o`ylanganligi;
  • dars bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog`liqligi;
  • dars bosqichlari uchun vaqtning to`g`ri taqsimlanganligi;
  • o`qitish shakllarining to`g`ri tanlanganligi;
  • dars rejasining mavjudligi va uning o`qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish;
  • dars jihozlari. O`qituvchi va o`quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish.
  1. Dars mazmunini tahlil qilishda.
  • dars mazmunining Davlat ta`lim standarti talablariga mosligi;
  • materiallarning ishonchliligi, to`liqligi, tushunarliligi;
  • bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi;
  • darsning tarbiyaviy yo`nalishi, ta`limiy ta`sir darajasi;
  • darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo`naltirish bilan bog`lash;
  • o`quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;
  • yangi materialning asosiy g`oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko`rsatish.
  1. O`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish
  • Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o`quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi;
  • o`qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi;
  • o`qituvchining yordami. Yangi materialning o`zlashtirilganlik darajasi;
  • yangi mavzuning oldingi mavzular bilan bog`langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari, usullari, hajmi).
  1. Dars o`tish metodikasini tahlil qilish

O`qitishning metod, vosita  va usullarini tanlashda o`quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O`qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to`g`ri qo`llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali foydalanilganligi. O`qituvchining metodik qurollanganligini  va pedagogik texnikasini baholash.

 

  1. O`quvchilarning  darsdagi intizomi va ish faoliyatini  tahlil qilish

Sinfga umumiy baho berish.  Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo`lgan qiziqishi. O`quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.

O`quvchilarning mustaqil o`quv faoliyatini tashkil qilish. O`quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta`lim va maxsus ko`nikma hamda malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o`quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash  faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari.

 

  1. O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqati.

Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi.

 

  1. O`quvchilar bilimini baholash

O`kuvchilarga berilgan bilim, ko`nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi.Т’oya va materiallarning asosiy tomonlarini ko`rsata olishi, amaliy ko`nikmalarning egallaganlik darajasi.

Tekshirish turlari.  Baholarning jamlanganligi.

 

  1. Uy vazifasini tahlil qilish

Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi.  Sinfda bajarilgan ish bilan uyga berilgan vazifaning hajmi.  Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish),  uy vazifasini berishda o`qituvchining izohi.

 

Darsni tahlil qilishni  quyidagi turlarga   bo`lish mumkin:

  1. Ilmiy tahlil.
  2. Psixologik tahlil.
  3. Metodik  tahlil.
  4. Didaktik  tahlil.
  5. Umumpedagogik  tahlil.

 

Ilmiy tahlil-berilayotgan bilimlarning  ilmiy –nazariy  jihatini, o`quvchi  bajarayotgan  mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini  aniqlash    demakdir .

Dars  kuzatuvchi har bir   rahbar darsning  ilmiy  tahlilida  asosan  quyidagilarga  e`tibor berishi maqsadga  muvofiq bo`ladi :

  1.  O`qituvchining  ilmiy  jihatdan (o`zi  mutaxassis bo`lgan fanni ilmiy  asosda  chuqur bilishi ) qurollanganligi.
  2.  Shu  kungi darsga  ilmiy  jihatdan  tayyorgarlik  holati.
  3.  O`z  mutaxassisligiga oid  eng  yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan qurollanib  borishi.
  4. Dars jarayonida  ilmiy  qoida va ta`riflarning to`g`ri  bayon  etilishi  hamda  ilmiy  atamalarning  o`quvchilarga  singdirib borilishi.
  5. Darsda  ta`limning  o`ziga  xos  xususiyatlarining hisobga  olinishi.
  6.  Darslik  materiallarining  qo`shimcha adabiyot  materiallari  bilan boyitilishi.
  7. O`quvchi bajarayotgan  laboratoriya , amaliy  hamda  mustaqil  ishlarning  ilmiy  yo`nalish  bo`yicha maqsadga  muvofiqligi.
  8.  O`quvchilar  xulosasining  ilmiy  jihatdan  to`g`ri , qisqa  va mukammal bayon  etilishi  hamda   uni  o`qituvchi  tomonidan nazorat qilinishi.
  9.  Dars  davomida , yangi  mavzuni  bayon etish  jarayonida  ta`lim- tarbiya bilan  bog`lanishi.
  10. O`qituvchi  va o`quvchilarning  ilmiy nutq  madaniyati.

 

Metodik tahlil – o`qituvchining  dars  jarayonida  qo`llagan  usullarining  maqsadga  muvofiq  ekanligi  ta`limning turiga va o`ziga xos  xususiyatlariga  qarab  belgilanadi. O`quv  materiallarini  o`quvchilarga  bayon qilish  va tushuntirish     jarayonida  qo`llanilgan  usullarning  shu  materialga  mosligi  yoki  mos emasligi  metodik  tahlil   davomida  aniqlanadi.

 

Shuni alohida  ta`kidlash  lozimki, o`qituvchi  darsda  qo`llagan  usullarning  samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi  uning  o`tgan, yangi  mavzu  materialini  o`quvchilarning  qay  darajada   o`zlashtirib  olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan  har bir dars kuzatuvchi (o`qituvchi, direktor , ilmiy  bo`lim mudiri, inspektor yoki metodist ) dars  tahlilining bu turiga  alohida  e`tibor  bilan  qarashi kerak.

 

Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni  hisobga olish  maqsadga muvofiqdir:

  1. Dars  jarayonidagi  o`qituvchi  va o`quvchilar   faoliyatining  tashkiliy shakllariga  ko`ra:
  2. a)   hikoya  usuli;
  3. b)  og`zaki  bayon  usuli;
  4. v)  suhbat  usuli.

 

  1. O`quvchilarning  o`zlashtirishiga  ko`ra:
  2. a)   o`qituvchilarning  so`zlash  usuli;
  3. b)   ko`rsatmali qurollardan foydalanish  usuli;
  4. v)   darslik, konturli  karta, diagramma yoki  jadvallar  bilan  ishlash usuli;
  5. g)   laboratoriya asboblari  bilan ishlash usuli;
  6. d) texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish  usuli;
  7. ye) sinf  doskasidan, geografiya, tarix yoki  zoologiyaga  tegishli  bo`lgan   turli  kartalardan  foydalanish  usuli  kabilar.

Didaktik  tahlil – ta`lim  turlari  samaradorligi  va uni  belgilovchi  qonunlar  va  qoidalarning  darsda  qanchalik  to`g`ri  hamda  mukammal  bajarilganligini  tahlil  qilish demakdir.

 

Darsni  didaktik jihatdan   tahlil qilishda  quyidagilarga  e`tibor  berish  o`rinli bo`ladi:

  1. O`qituvchi bayonining sinf  o`quvchilari  jamoasiga  to`la  tushunarli  bo`lishi  va bu  bayonning  izchil  ravishda  o`quvchi  ongiga  yetib borishi.
  2. O`qituvchi fikrining  ma`naviy-ma`rifiy  tarbiya  talabiga mos  bo`lganligi.
  3. Barcha o`quvchilarning  o`qituvchi  berayotgan  materialini  ongli ravishda  o`zlashtirishlari.
  4. O`qituvchi  bayonida  rivojlantiruvchi  va muammoli  ta`limning  mavjudligi.
  5. O`qituvchi  fikrining  izchiligi.
  6. Dars  jarayonida yoki yangi  mavzuni  bayon  qilishda  ko`rsatmali  qurollardan, tarqatma  materiallar  va texnika  vositalaridan  foydalanishning   maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi.
  7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya  va amaliy  ishlarning  maqsadga yo`naltirilgan     holda  o`tishga  erishilganligi.
  8. Darslik bilan  ishlashning  to`g`ri bo`lishi.
  9. Misollarning  ta`lim-tarbiya   birligi  mazmunida  yo`nalishi.
  10. Darsni  ma`lum  bir  tizimda  olib borilishi  kabilar.

 

Umumiy  pedagogik  tahlil – darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil ko`rinishidagi tahlilidir.

Darsni umumiy pedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:

  1. O`quv xonasi yoki  sinf xonasining  dars o`tishga  tayyorgarlik holati  (dars  jihozlari).
  2. O`quv xonasi yoki  sinf xonasining  sanitariya- gigiyena holati.
  3. Dars mavzusi  va uning  ta`limiy, tarbiyaviy maqsadi.
  4. O`qituvchining  mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik  jihatdan  tayyorlanganligi    darajasi.
  5. O`qituvchining  darsni tashkil etish  va dars bosqichlaridan  to`g`ri  foydalanishi.
  6. O`qituvchining  o`quvchilarga  ta`lim –tarbiya  berishida  pedagogik  jihatdan  namunali  shaxs  darajasiga  ko`tarila  olganligi.
  7. O`quvchilar  bilimiga  qo`yiladigan  bahoning  adolatli  va  izohli bo`lishi.
  8. O`quvchilarning darsdagi faolligi,  intizomi,  mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur  fan  asoslarini  o`zlashtirib  olganlik darajasi.
  9. O`quvchilarning   darsga  munosabati  va hurmat bilan  qarashi.
  10. O`qituvchining darsdagi  boshqaruvchilik roli  va ish  uslubi.
  11. O`qituvchining  dars mavzusini  ta`lim-  tarbiyaga  bog`lashi.
  12. Dars jarayonida  yoki yangi mavzuni  bayon  qilishda  o`lkashunoslik  materiallaridan   foydalanishi.
  13. Darsda  o`quvchilarning  sifat  o`zlashtirishi.
  14. O`qituvchining  darsdagi  ta`limiy  va tarbiyaviy  maqsadiga  to`liq  erisha olganligi.
  15. O`qituvchining  ilmiy, metodik va  umumpedagogik  jihatdan  yordamga ehtiyoji kabilar.

 

Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish tizimi:

  1. Darsning aniq maqsad va vazifalarga bog`liq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish.
  2. a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari:
  3. b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi.
  4. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish:
  5. a) o`quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi, ko`rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi);
  6. b) o`quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish, o`quv axborotini idrok etishi (obrazli, og`zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni, hayotini). U qanday his-tuyg`ularni uyg`otadi?
  7. v) mazkur material o`quvchilar bilish faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi;
  8. g) o`qituvchining murakkab o`quv materialini mazkur yoshdagi o`quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi va oddiyligi, yorqin misollar, o`xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko`rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan bog`lashi).
  9. d) o`rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta`siri (axloqiy, estetik va h.k.). O`qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi?

 

EATR tanlovi NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.Ushbu Nizom ta’lim-tarbiya jarayonida AKTni samarali qo‘llayotgan ijodkor o‘qituvchilar va dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy izlanishlarini rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari — 2017” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Ko‘rik-tanlovda ta’lim muassasalarining barcha fan o‘qituvchilari va 5-, 6-, 7-, 8- hamda 9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

II.Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari

2.Kurik-tanlovning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonida AKTni samarali qo‘llayotgan ijodkor o‘qituvchilar va dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy izlanishlarini rivojlantirishdan iboratdir.

3.Ko‘rik-tanlovning asosiy vazifalari:

o‘qituvchilarning AKTdan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanishiga erishish;

o‘quvchilarni dasturlash yo‘nalishidagi qiziqishlarini oshirish;

jahon axborot tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga tegishli ma’lumotlarni ko‘paytirishdan iborat.

III. Ko‘rik-tanlovga ishlarni taqdim etish tartibi

4.Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta’lim i vazirligi, Toshkent shaxar xalq ta’lim i bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’lim i boshqarmalari va ularning tasarrufidagi tuman (shahar) XTMFMTTEBlarida ko‘rik-tanlovni tashkil etuvchi qo‘mitalar tomonidan mazkur Nizom asosida ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi hamda respublika tashkiliy qo‘mitasiga ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etuvchilar to‘grisida kuyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

dasturning annotatsiyasi (taqdim etilayotgan ishning to‘lik nomi, maqsad va vazifalari, foydalanilgan dasturning nomi, undan foydalanish yo‘riqnomasi);

muallif yoki mualliflar hakida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, ma’lumoti, ish-joyi, lavozimi, o‘quvchilar uchun — maktab rahbariyatining ma’lumotnomasi);

ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etilganligi, egallagan o‘rinini asoslovchi bayonnomadan va viloyatga taqdim etilgan buyurtmadan ko‘chirma;

ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichlarida ishtirok etilganligi va tegishli o‘rinni egallaganligini asoslovchi yig‘ilish bayonnomasi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun buyurtmani asl nus’hasi.

IV.Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ishlarga qo‘yiladigan talablar

5.Ko‘rik-tanlovga umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta’lim muassasalar uchun o‘quv fanlarini o‘qitish va o‘rganish bo‘yicha EATRlar, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy AKT vositalaridan foydalanishga qaratilgan dasturlar, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqaruvchi dasturlar qabul qilinadi.

6.Ko‘rik-tanlovga takdim etilgan ishlar quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va baholanadi:

Birinchi yo‘nalish: umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida;

Ikkinchi yo‘nalish: umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan EATRlar to‘liq tugatilgan, ilgari hech qayerda chop etilmagan hamda ko‘rik-tanlovlarga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.

Mazkur ko‘rik-tanlovda yakunlanmagan, avvalgi tanlovlarda ishtirok etgan ishlar, veb-saytlar hakamlar tomonidan ko‘rilmaydi va baholanmaydi.

V.Baxolash mezoni

7. Ko‘rik-tanlovga takdim etilgan ishlar kuyidagicha baholanadi:

t/r Mezon (kriteriy) Beriladigan

ball

1 Didaktik talablar 55
1.1 G‘oyaning yangiligi va dolzarbligi 0-5
1.2 Tarbiyaviy ahamiyati va milliy mafkura g‘oyasining singdirilganligi 0-5
1.3 Interfeysning qulay, sodda, anik va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi 0-5
1.4 Interfeysnыy yaratishda tanlangan ranglarning psixologik xususiyatlarini hisobga olinganligi 0-5
1.5 Ovoz, animatsiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo‘lishi 0-5
1.6 Giperko‘rsatmalar va yordamchi funksiyalardan foydalanish imkoniyatlarining bo‘lishi 0-5
1.7 Ko‘rish, eshitish va tasavvurni shakllantiruvchi uslublardan foydalanish 0-5
1.8 Istalgan tashuvchiga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi 0-5
1.9 Matn va fon kombinatsiyalarida, rang hamda ma’lumotlarning aks etishiga alohida e’tibor berilganligi 0-5
1.10 Interfeys bilan ishlashda foydalanuvchini toliqtirmaslign 0-5
1.11 Interfeysda qisqartmalar va noaniq atamalarning bo‘lmasligi 0-5
2 Texnik talablar 45
2.1 Tadbiq etish uchun tayyorlik darajasi 0-10
2.2 Amaldagi dasturlar mazmuniga mosligi 0-5
2.3 Qulayligi, sifati va bexatolik darajasi 0-10
2.4 Foydalanish tezligini pasaytiradigan va ortikcha dasturlarni o‘rnatish talab etmasligi 0-10
2.5 Resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik yo‘riqnomaning mavjudligi 0-10

VI.Tashkiliy masalalar

8. Taqdim etilgan ishlar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqiladi va tegishli ballar qo‘yiladi.

9.Joylardagi tashkiliy qo‘mitalarning vazifalari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari o‘z hududlarida Nizomga muvofiq tanlov tashkil etadilar va g‘olib deb topilgan ishlarni respublika ko‘rik-tanloviga tavsiya etadilar;

tavsiya etilgan ishlar muallifi (respublika bosqichiga hammualliflik asosida yaratilgan ishlarning bir nafar hammuallifini, ya’ni bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi hamda viloyat xalq ta’limi boshkarmasining AKTga mas’ul xodimi jami 3 kishi)ni respublika bosqichida ishtirok etishini ta’minlaydilar.

10. Tashkiliy qo‘mita respublika bosqichida ishtirok etishi uchun har bir viloyatdan kelgan uch nafar ishtirokchilar (bir nafar o‘qituvchi, bir nafar o‘quvchi va viloyat xalq ta’limi boshkarmasining AKTga mas’ul xodimi)ni (jami: (3*14=42) qirq ikki nafar ishtirokchini) joy bilan ta’minlaydi.

11. Tashkiliy qo‘mita respublika bosqichiga ishtirokchilarni qo‘llab quvvatlash uchun kelgan shaxslarni joy bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha mas’uliyatini zimmasiga olmaydi.

VII. Kurik-tailovni yakunlash, ishtirokchilarni rag‘baglantirish

12.Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ishlarga quyidagi sovrinli o‘rinlar belgilanadi:

Birinchi yunalish:

1-, 2-, 3-darajali diplom va estalik sovg‘alar;

Ikkinchi yunalish:

1-, 2-, 3-darajali diplom va estalik sovg‘alari;

VIII. Yakuniy qoidalar

13. G‘oliblarni taqdirlash tashkiliy qo‘mita tomonidan hakamlar hay’ati yigilishi bayonnomasi asosida amalga oshiriladi.

Hakamlar hay’ati g‘olib deb topilgan ishlarni ommalashtirish uchun tavsiyaetadi.

Tashkiliy qo‘mita tavsiya etilgan ishlarni respublika mikyosida ommalashtirish uchun Respublika ta’lim markazining fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-metodik kengashlarida ko‘rib chikishga tavsiya etadi.
Manba: tanlov.uzedu.uz
Kiritilgan vaqt: 28.03.2017

Alifbe bayram senariysi

ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI

 

Zal bayramona bazatilgan

(kuy yangraydi)

 

1 – boshlavchi:  So’zimiz boshi salom

Ish boshidir intizom

Mehmonlarga chin dildan

Deymiz salom assalom.

 

2 – boshlavchi:  Assalom otajonlar

Assalom onajonlar

Salomini yo’llaydi

Sizlarga bolajonlar.

 

1 – boshlavchi:  Bugun bizning maktabda

Juda katta tantana

Bilimini namoyish

Qiladi har bir bola

 

2– boshlavchi:  Ustozlarning o’gitin

Dilimizga joylaylik

Dilda xayajon bilan

Bayramimiz boshladik

 

Sahnada chiroyli kiyingan o’quvchilar chiqib kelishadi. O’quvchilar chiqib kelayotgan joyda “Bilimlar mamlakati” deb yozib qoyilgan bo’ladi.

 

1 – boshlavchi:  — Salom bolalar!

 

Bolalar: —             Assalomu alaykum!

Xush kelibsiz mehmonlar!

 

1 – boshlavchi:  (bolalarga qarata)

Mustaqil yurtimizning

Kelajagi bolalar

Ona Vatan bag’rida

Baxtin topgan bolalar.

 

2 – boshlavchi:  Ona yerda muhabbat

Yosh avlodning dilida

Madhiyamiz yangraydi

Bolalarning tilida

 

(Bolalar ho’r bo’lib madhiya aytadilar)

1 – boshlavchi:  Bu bolalar 4 oy muqaddam maktabda birinchi martda qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi.

2 – boshlavchi:  “Bilimlar mamlakati” da bemalol yurish uchun harf tanimoq, o’qish – yozishni bilish zarur. Qani, ko’raylikchi bolalar harflarni tanisharmikan?

 

O’quvchi:  —       “Bilimlar mamlakati”

Boshlanar alifbodan

 

O’ttizta do’stimiz bor

Bizalrning alifbodan

 

Alifboni o’rgangan

Bolalar jim turmaydi

 

Harflar tilga kirib

Odamlarday so’zlaydi

 

A A dan boshlab alifbo                          Bo’ling der doim a’lo                          Unlidirman unutmang                          Bo’lingiz doim dono.
B Bolalarga bosh bo’lar

Sizlarga sirdosh bo’lar

Bahrom, Barno, Botirni

Yozganda yo’ldosh bo’lar

D D man davrada doim

Dono bo’ling iloyim

Davron, Dilshod, Dilafruz

Dostdir hamisha hamro’z.

E E  demang meni ko’rib

Ehtiyot bo’ling kulib

Ekranda Erkin akam

Ertak so’zlar chinakam.

F F harfiman men o’zim

Fahmlang har bir so’zim

Farida, Furqat, Farhod

Mendan bishlanar faqat

G G ga quloq tutingiz

Gulzorlarga o’tingiz

Gul ushladim qo’limga.

Gilam to’shang yo’limda.

 

H H man hayron bo’lmaglar

Yo’lni to’sib turmanglar

Handalak bor qo’limda

Hamrph bo’ling yo’limda.

I I harfini bilingiz

Ishda ilg’or bo’lingiz

Iroda, Izzat, Ikrom

Istagi o’qish tamom.

J J harfini  bilasiz

Nega jahl qilasiz?

Jamila, Jasur, Javlon

Jo’jani quvdi chunon.

K K dan koptok yozamiz

Katta bo’lsak o’zamiz

Kattani aylang hurmat

Keladi baxt – saodat.

L L dan lola yozamiz

Limuzinda o’zamiz

Latif, Laylo, Latofat

Loqaydlikka yo’q toqat.

M M dan yozilar maktab

Mening do’stimdir kitob

Murod, Maqsud, Mo’tabar

Madina maktub yozar.

 

N N harfini bilamiz

N siz nima qilamiz?

Noz – ne’mat non bo’ldi

Ochil dasturxon bo’ldi.

O O oyga o’xshar ekan

Osmonda uchar ekan

Obid, Olim, Ozoda

Ostonang bo’lsin toza

P P harfiman bilingiz

Kuzda paxta teringiz

Po’lat, Parfi, Pokiza

Paxta teringiz toza.

Q Q dan qayiq yozamiz

Qayerlarga suzamiz

Qishda qarg’a uchadi

Qarang, qorni quchadi.

R R ga ruxsat beramiz

Rasm so’zin yozamiz

Ra’no, Rahim, Ruhsora

Dono, aqlli bola.

S S man soatga boqing

So’zining mag’zin chaqing

Sobir, Said, Surayyo

So’zdan adashmang aslo.

T T man tanib olursiz

To’maris deb yozursiz

Toshkent ona shahrimdir

T harfidan yozgumdir.

U U man uchrab ko’p so’zda

Sizga tanish bo’laman

Uzum, ummon, Umida

So’zlarini yozaman.

V Men V durman bilursiz

Varrak so’zin yozursiz

Vasila, Vohid, Vail

Yozing kelganda gali.

 

X Qattiq X derlar meni

Yozgum taxta, paxtani

Xo’roz, xona, xola ham

Men bilan bo’ladi jam.

Y Y man balki bilursiz

Yo tanimay qolursiz

Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb

Mendan boshlab yozursiz.

Z Z deydilar otimni

Bilasizmi zotimni

Zuhra, Zahro, Zokirjon

Mendan boshlanur chunon

O’ O’ deydilar har zamon

O’tir, o’rtoq bo’laman

O’zbekiston so’zini

Faxr bilan yozaman.

G’ G’ harfini tanirsiz

G’ayrat bilan o’qirsiz

G’ani, G’ulom, G’afurning

G’amini yo’qotursiz.

 

Sh Sh harfiman bilasiz

Shoshib – shoshib kelasiz

Shokir, Shahzod, Shadmonni

Shogirtlikka olasiz.

Ch Ch man tanib olingiz

Charchoq bilmay qolingiz

Chollarni chaman qilib

Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.

Ng Ng bordir singilda

Yoki biror ko’ngilda

Tongda dengizda suzdim

Daladan bordring uzdim.

Tutuq qo’yib yozaman

Unlini sal cho’zaman

Ra’no, ma’no, a’lodir

Yaxshi bola donodir.

 

 

Bir qizcha chiqadi:

 

        Mana bizni bildingiz,

So’zga quloq soldingiz.

Bolalar bizni bilar,

Bilganning baxti kular.

Bizni derlar alifbo

O’ttiz harf erur jo.

Bolalarga do’st bo’ldik

Yayrab o’ynadik – kuldik.

 

Alifbodan harflarni                                     Oldimizda saf tortishdi

Biz or’gandik oz – ozdan,                           Askarlarday harflar

Minnatdormiz o’rgatuvchi                          Barchasiga qo’shiqlarda

Muallimdan – ustozdan                              Berib o’tdik ta’riflar

 

Har bir harf daftarlarda                               Tilimizni sayratadi

Gijinglaydi toy bo’lib                                  Alifbomiz bayrami

Yozganimiz ko’rinadi                                  Dilimizni yayratadi

Yulduz bo’lib, oy bo’lib                              Bayramlarning hurami

(Sho’x kuy – qo’shiq ijro etiladi. Raqs ijro etish mumkin). Marvarid: (Yangi yil haqidagi fikrlar shu yerda kiritiladi).

 

1 – boshlavchi:  Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.

 

2 – boshlavchi:  — Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?

 

1 qizcha chiqadi: — Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan.                                Vatan, ota, ona, uztoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz.

 

Qoshiq.

 

1 – o’quvchi:         Bizni bag’riga bosgan

Bolalar yayrab o’sgan

Yuksalaver yildan – yil

 

O’ZBEKISTON – JON VATAN

 

2 – o’quvchi:        Farzandiga jon fido

Tinib – tinchimas also

Bardam salomat bo’ling

                              OTA – ONAM doimo.

 

3 – o’quvchi:       Bilimlar mamlakatin

Makon aylagan bizda

Ta’zimu rahmat deymiz

Sizday aziz USTOZga.

 

4 –o’quvchi:        Yosh avlodni o’ylagan

Baxtimizni so’ylagan

Sog’ omon bo’lsin boshi

Rahmat senga YURTBOSHI.

 

5– o’quvchi:        Bilim olish yoqadi

Demaylik charchadik sal

Barcha undan olamiz

Ishoning doim 100 BALL.

 

 

6 – o’quvchi:      Qo’limizda bor kitob

Yuzumiz qo’yo oftob

Bizni doim bezaydi

Go’zal xulq, yaxsho ODOB.

 

7 –o’quvchi:       Bo’lsin doim osuda

Ona – zamin albatta

Osmon bo’lsin MUSAFFO

Biz sevgan ona yurtida.

 

8 – o’quvchi:      Bizlar maktab qo’ynida

O’qib, olamiz bilim

Kelajakni bolaylik

Yurtga kerakli OLIM.

 

Raqs, qoshiq ijro etiladi.

 

Boshlovchilar chiqishadi.

 

1 – boshlavchi:  Barakallo bolalar, juda ajoyib bolalar ekansizlar. Qizqa muddat ichida shuncha narsani bilib olibsizlar.

2 – boshlavchi:  “Bilimlar mamlakati” sehrli o’lka. U yerda sayr qilgan kishi ko’p narsalarning guvohi bo’lishi mumkin. Siz ham bizga bu mamlakatda yana nimalrni aytib bersangiz.

 

 

1 qizcha:           Biz u yerda buyuk allomalarimizni, olim, shoir, donishmang                            bobolarimizni turli ertak qahramonlarini uchratdik.

 

1 – boshlavchi:  Demak, hozir buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va                            ijodi  haqida sahna tomosha qilamiz. Marhamat.

 

Korpacha to’shalgan. Bir bola, Alisher Navoiy, zar chopon kiygan, kitob o’qib otiradi. Otasi kirib keladi. Alisher sezmay kitob oqishda davom etadi. Otasi yo’talib qo’yadi. Alisher sezib qolib, sakrab o’rnidan turadi. Egilib ta’zim qiladi va:

  • Assalomu alaykum, otajon.

Otasi: Vaaleykum assalom, Alisher. Ne ish bilan mashg’ulsen, toychog’im?

Alisher: — Albatta, otajon. Men kitobni o’qib, tuhsunib, yo’l oldim.

Otasi: — Toychpg’im, hali katta bo’lsang, ko’p kitob o’quran. Hozir o’rtoqlaring bilan o’ynagin. Men senga sovg’a kletirdim. (Qo’ynidan spool qo’chqorcha olib Alisherga beradi).

Alisher: (sovg’ani olib diqqat bilan tomosha qilib) – Rahmat otajon. O’rtoqlarim bilan o’ynaymiz.

Otasi: — O’yinchoq yoqdimi.

Alisher: — Juda chiroyli qo’chqor ekan. Buni yasash uchun kulol ancha mehnat sarflagani ko’rinib turibdi.

Otasi: — Toychog’im, bor o’rtoqlaring bilan o’ynagin.

Alisher: — Otajon, menga yana qiziq kitoblar keltirib bering. Men o’yinchoq o’ynashdan ko’ra kitob o’qishni yaxshi ko’raman.

Otasi: — Barakallo.Inshoolloh, bilimli, donishmand bola bo’lursiz. Men sizga yana kitoblar keltirurmen.  Hozir esa o’yinchoq’ingni bolalarga ko’rsat.

Alisher: — Xo’p bo’ladi, otajon. (chiqadi)

Otasi: — Bu aqlu zakovati bilan Alisher olim yoki shoir bo’ladi, inshoolloh. Ilohi yomon ko’zdan yaratganning o`zi asrasin. (otasi chiqadi)

 

(Qo’shiq yoki raqs ijro etiladi).

 

1 – boshlavchi:  — Bugun bizning “Bilimlar mamalakati” mizda bolalarning sevimli kitoblari bo’lgan “Alifbe”, “Oqish”, “Ona tili” kitoblari ham sayr qilib yurishgan ekan.

2 – boshlavchi:   — Hozir ularni sahnada taklif etamiz va o’z tilaklarini aziz  bolajonlarga bildirishlarini iltimos qilamiz. Marhamat, sahna sizga muntazir “Alifbe”kitobi (sahnaga chiqadi).

 

Alifbe kitobi:  Bolajonlar, men sizga

Birinchi kitobdurman

Dilingizni yoritgan

Go’yoki oftobdurman.

 

Ko’rdim, bugun donosiz

Hammadan ham a’losiz

O’qish – yozishni bilgan

Aqlingiz ham rasosiz.

 

Endi boray dam olay

Sizga baxt – omad tilay

Ongingiz charxlash uchun

“O’qish” kitobin chorlay.

 

“O’qishni seving mendek

Chin yurakdan o’qingiz

Hikoya, ertaklarni

Mag’zin chaqib uqingiz.

Xayr, xayr bolalar

Meni sira unutmang

G’ayrat bilan o’qingiz

Nasihatim unutmang.

 

“Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi.

 

“O’qish” kitobi: Salom yangi do’stlarim

Erka, qora ko’zlarim

Bugun sizga yurakdan

Atalgandir so’zlarim.

 

Meni “O’qish” deydilar

O’qib – uqish deydilar

Mendagi har mavzuni

Mag’zin chaqish deydilar.

 

Meni asta varaqlab

Mazza qilib o’qursiz

Ibrat olib so’zimdan

Xalqimizga yoqursiz

 

O’qing meni ardoqlab

Men, do’stingiz bo’laman

Qo’lim berib sizlarga

Yoningizda bo’laman

 

Ona tili kitobi:     Menman “Ona tili”man

Elim dono tiliman

Onalar sof vijdoni

Otajonlar diliman.

 

O’qing meni varaqlab

Yurakdan hurmat saqlab

Ona tilim sehri

Ardoqlab, sevib, yoqlab.

 

Tilimiz xazinasin

Sizga asta ochgum bor

Ona tilim sehrini

Marjon kabi sochgum bor.

 

Matematika kitobi:  “Matematika” o’zim

Quyoshday issiq yuzim.

Raqamlardan boshlanar,

Tinglasangiz gar so’zim.

 

O’nta raqam jo menda

Kerakdirman har yerda.

Aqlingizni charxlayman,

Har misol, har amalda.

 

21 – asr – Kibernetika asri

Bilimdon donolarga

Ochiqdir bilim qasri.

 

Men sizga do’st bo’laman,

Hamdam, ham do’st bo’laman.

Raqamlarni tanitib,

To’ri amalni bilaman.

 

Kuy – qo’shiq ijro etiladi. – Qo’shiq.

 

1 – boshlavchi:   Bugungu tantanamiz sababchisi bo’lgan aziz bolajonlarimiz ko’rib ko’zimiz yashnaydi. Qanday dono, ziyrak o’quvchilar bo’libsizlar.

 

2 – boshlavchi:  Bu bolalar “Bilimlar mamlakati”da sayr qilib yurganlari uchun ham shunday bilimdon bo’libdilar, menimcha.

 

1 – boshlavchi:  “Bilimlar mamlakati” shu qadar  mo’jizalarga boy – ku, ko’rgan kishi, u yerdan sira chiqib ketishini istamaydi.

 

2 – boshlavchi:  — Bolajonlar, “Bilimlar mamlakati” da yana nimalarni uchratdingiz. Bizga so’zlab bering.

 

  • o’quvchi chiqadi: Biz u yerda sevimli shorimiz Erkin Vohidovni uchratdik. Bu yil ular o’zlarining —- yillik tavallud kunlarini nishonlar ekanlar. Ularning vatanimiz haqidagi   “O’zbegim” sh’erlari bilan tanishdik. Hozir shu she’rdan bir parchani e’tiboringizga havola qilamiz.

 

O`ZBEGIM

 

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o’zbegim

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.

 

So’ylasin Afrosiyobu

So’ylasin  O’rxun xati,

Ko’hna tarix shodasida

Bitta marjon, o’zbegim.

 

Al – Beruniy, Al – Xorazmiy,

Al – Forob avlodidan,

Asli nasli balki O’zluq,

Balki Tarxon, o’zbegim.

 

Tuzdiyu Mirzo Ulug’bek

Ko’ragoniy jadvalin.

Sirli osmon toqiga ilk –

Qo’ydi Narvon o’zbegim.

 

Mir Alisher na’rasiga

Aks – sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo’ldi

Shoh – u sulton o’zbegim.

O’zbegim den keng jahonda

Ne uchun madh etmayin!

O’zligim bilmoqqa davrim

Berdi imkon, o’zbegim.

 

Qayga bormay boshga do’ppim,

Shuhratim, qadrim buyuk.

Olam uzra nomi ketgan

O’zbekiston, o’zbegim.

 

1 – boshlavchi:    — Aziz bolajonlar! Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan Aziz ustozimiz  ……………………… opani chin dildan tabriklaymiz.

 

2 – boshlavchi:   — Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.

 

(O’quvchilar chiqashadi).

 

Rahmat sizga uztozim

Bizni jondan sevdingiz

Ongimizni uyg’otib

Bilim – saboq berdingiz.

 

Bizni sevib onadek

Sira tinim bilmaysiz

Mehnatingiz sarf qilib

Doim bizni oylaysiz

 

Aziz ustoz biz uchun

Bo’ling doim salomat

Ta’zim sizga, hurmat sizga

Uztoz sizga ko’p rahmat.

 

(O’qituvchilarga gullar berishadi)

 

1 – boshlavchi:  Hurmatli mehmonlar, bugungi bizning bayramimizga yana ko’plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu mehmonlar bizga Uzoq Shimoldan kelishibdi. Hozir shu mehmonlarni davramizga taklif etamiz. Marhamat aziz mehmonlar.

 

(Qorbobo, qorqiz va ertak   qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan    mehmmonlarni  kutib olishadi.)

 

2 – boshlavchi:  Salom, aziz mehmonlar!

Sizdan yurak shodonlar

Qoshiqlar yangrayversin

Kuylar jaranglayversin.

Davramizga marhabo

Kelaversin Qorbobo.

Davrani qorbobo olib boradi.

O’qituvchi:   — Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.

 

Shirin —  shaker bolajonlar,

Bog’imdagi gul rayxonlar,

Doim bo’ling siz shodonlar,

Savodxonlik muborak.

 

Ko’zingizda nur o’ynasin,

Sizni ko’rib dil yayrasin,

Tilar bulbuldek sayrasin,

Savodxonlik muborak!

 

Qo’lingizda bo’lsin kitob,

Chehrangiz go’yo oftob,

Qiling doim ezgu, savob

Savodxonlik muborak!

 

Bo’ling doim sog’ – salomat,

Dangasalik qilmang faqat,

Mashaqqatga qiling toqat,

Savodxonlik muborak!

 

O’qituvchi:      — Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.

 

Savodxonlik bayrami

            2017-yilning 23-dekabr kuni 36-umumta’lim maktabida 1-sinflar orziqib kutgan  ,,Savodxonlik bayrami” o’tkazildi. Bayramni maktabimiz direktori G.Achilova ochib berdi. Maktabimiz direktori bolalarni kirib kelayotgan ,,Yangi yil “ bayrami va ,, Savodxonlik bayrami “ bilan qutlab,   o’zining eng ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so’ng tadbir bolalarning she’r va qo’shiqlariga , raqs va sahna ko’rinishlariga ulanib ketdi. Qizlarning ,,Do’ppi” ,  ,,Xorazmcha”, ,,O’zbekiston”

qo’shiqlariga , yigitlarning ,,Andijon polkasi’’ga  o’ynagan raqslari hammaga manzur bo’ldi.

Ayniqsa, Qorbobo va Qorqizning, yalmog’iz kampirning sahnaga kirib kelishi bolalarning diliga bir olam quvonch olib keldi. Qorbobo tomonidan bolajonlarga berilgan sovg’alar ular  uchun esda qolarli voqea bo’ldi.

Ushbu ,,Savodxonlik bayrami” 1-sinfga ilk qadam qo’ygan o’quvchilar uchun ularning jajji  qalbiga bir umrga muhrlanib qoldi.

Слайд2 Слайд1

Bola tilidan: Tarbiyaning 21 qoidasi

AQShning San-Fransisko shtati yaqinida joylashgan «Merri Moppets” (Merry Moppets) xususiy maktabida o‘quvchilarning ruhiy holatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, haftaning har juma kuni o‘quvchi maktabga o‘z sevimli o‘yinchog‘ini olib kelishi mumkin. Sevgan kitoblarini esa har kuni yonida olib yurishiga ruxsat beriladi. Har hafta o‘quvchilarga kutilmagan quvonchli tadbir o‘ylab topish taklif qilinadi, masalan, g‘alati soch turmaklari kuni yoki tungi kiyimlar kuni.

Ushbu ta’lim maskanining yana bir diqqatga sazovor tomonlaridan biri, maktabda har bir o‘quvchi uchun quticha mavjud. Unda o‘qituvchilar uyga vazifalar ruyxati, darslar jadvali yoki ota-onalarga xat qoldirishlari mumkin ekan. Quyidagi maktub xuddi shunday qutichaga solingan, bir o‘quvchining ota onasiga yozilgan. Uning e’tiborli tomoni xat bola tilidan bayon etilgan. Odatda tarbiya borasida biz kattalar ko‘b va xub gapiramiz, kitobu maqolalar o‘qiymiz. O‘qituvchi esa bu masalaga kutilmagan tomondan yondoshganligi bois, ularni siz bilan baham ko‘rishni lozim ko‘rdik.

  1. Meni ko‘p erkalatmang. Har bir istagimni amalga oshirishga majbur emassiz.
  2. Men bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashishga, sizni xavotirga solgan holatlarni so‘rashga qo‘rqmang.
  3. Yomon odatlarga o‘rganib qolishimga izn bermang. Yomon odatlardan qutulish yanada qiyin.
  4. Fikrlarimga e’tiborga loyiq bo‘lmagan xayolparastlik, yosh bolalik deb qaramang. Bunday holatlarda o‘zimni yanada yomon tuta boshlayman.
  5. Meni boshqalar yonida izza qilib urishmang, xatoimni o‘zgalar yonida ovoza qilmang. O‘zim bilan yuzma yuz o‘tirib gaplashing, dakki yoki o‘git bering, shundagina xatolarimni yaxshiroq anglayman.
  6. Xatolarimni – tuzatib bo‘lmas jinoyatdek ko‘rsatmang.
  7. Xatolarimning natijasidan meni asramang. Har bir harakatimning javobgarligi borligini tushunimga izn va imkon bering.
  8. Ba’zan kichik ayblovlarim yoki e’tirozlarim uchun jazolamang. Siz bilan muloqot qilishni, o‘z fikrimni aytishni istayman.
  9. Sizni yomon ko‘raman, degan gaplarim yoki harakatlarimni yuragingizga yaqin olmang. Men sizni yomon ko‘rmayman, men har tomonlama boshqarmoqchi bo‘lgan kuchingizga qarshi kurashga kirishaman xolos.
  10. Bir narsani 100 marotaba takrorlamang. Aks holda, qulog‘im kar bo‘lib qolganday munosabatda bo‘la boshlayman.
  11. Qila olmaydigan va’dalarni bermang. Aldagani bola yaxshi demang. Sizga ishonmay qo‘yaman.
  12. Unutmang, o‘z hissiyotlarimni hali to‘lig‘icha bayon eta olmayman, chunki bolaman.
  13. Jahlingiz chiqib turganda mendan haqiqatni talab qilmang. Sizdan qo‘rqqanimdan yolg‘on gapirishim mumkin.
  14. Bugun biror narsaga izn bermay, ertaga aynan o‘sha narsaga izn berishingiz, o‘zgaruvchanligingiz tarbiyamni buzadi.
  15. Savollarimni javobsiz qoldirmang. Baribir javob izlashdan to‘xtamayman, ammo bu javoblarni boshqa manbalardan topishim mumkin va bu javoblar har doim ham meni to‘g‘ri yo‘lga undamasligi mumkin.
  16. Qo‘rqqan narsalarimni  arzimagan narsa deb qabul qilmang. Ular muhim, kichkina emas. Siz meni tushunmasangiz ko‘proq qo‘rqa boshlayman.
  17. O‘zingizni menga mukammal va xatosiz kishi kabi tanitmang. Unday emasligini bilganimda xafa bo‘laman, sinaman.
  18. Ba’zan mendan kechirim so‘rashingizni obro‘ingizni yo‘qotish deb qabul qilmang. Uzr so‘rashingiz bilan meni ham o‘z aybimni tan olib kechirim so‘rashga o‘rgatasiz.
  19. Unutmang, men tez katta bo‘lyapman. Tarbiya uslubingizda buni e’tiborga oling.
  20. Tajriba qilib ko‘rishni ma’n qilmang. Men dunyoni tajriba, kashfiyotlar qilish bilan o‘rganaman, atrofni taniyman, fikr va xulosa qilaman.
  21. Va so‘nggisi – baxtli bo‘lib o‘sishim uchun ota onam meni yaxshi ko‘rishlarini his qilishim shart.

Tarbiya borasida farzandlaringizning o‘z fikr mulohazalari haqida qiziqib ko‘ring va biz bilan o‘rtoqlashing.

11-maktab/uz dan olindi

Farzandning ota-ona bilan muomala qilishdagi o‘ttiz besh odobi

      Aziz o’quvchilar sizlar uchun ajoyim maslahatlarni taqdim qilmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan mazkur maslahatlar sizga foydali bo’ladi va ma’naviy dunyoingizni boyitadi degan umiddamiz.

 

«Ota – ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob»
1) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish.
2) Gapirayotganlarida jim turish.
3) Ra’ylarini qaytarmaslik.
4) Gaplarini ma’qullab turish.
5) Ularga o‘zini hokisor tutib qarash.
6) Ularga doim maqtov,madh aytib turish.
7)Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.
8) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.
9)Ular yaxshi ko‘rgan kishilarni va do‘stlarini maqtash.
10) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.
11) Agar qayta-qayta gapirsalar ham, gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish.
12) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik.
13) Ortiqcha gaplardan chetlanish.
14) Oldilarida hurmat saqlab o‘tirish.
15) Fikrlarini past va noqis sanamaslik.
16) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.
17) Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.
18) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.
19) Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.
20) Huzurlarida ularga ehtirom ko‘rsatish.
21) Ularga ovozni ko‘tarmaslik.
22) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.
23) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik.
24) Ularga tikilib qaramaslik.
25) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham.
26) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.
27) So‘kilishlariga sabab bo‘lmaslik.
28) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.
29) Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.
30) Ularda sodir bo‘lgan xatolarga kulmaslik.
31) O‘zlari talab qilishlaridan oldin, xizmatlarini bajarish.
32) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga g‘azab qilmaslik.
33) Ular bilan gaplashganda chiroyli so‘zlarni tanlab ishlatish.
34) O‘zlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.
35) Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun qo‘yish
11-maktab.uz dan olindi

Tarbiyaning turli uslubi: to‘g‘risi qaysi?

Men yaqindagina guvoh bo‘lgan manzara: onasi bilan do‘konga kirgan 2-3 yoshlardagi bolacha oyoqlarini yerga urib yig‘ladi: «mana shuni olib berasiz, dedimmi, olib berasiz!» Ona esa atrofdagilardan xijolat bo‘lib, o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi: «Voy, qara, mana bu xola doktor ekan, hozir senga ukol qiladi». Bola bir fursat menga xavotir bilan qaradi-da, doktorga o‘xshata olmagach, yana baqirishda davom etdi. «Uyga boraylik, senga konfet beraman», avrashga tushdi ona…

Tarbiyaning turli uslublari bor: kimdir bolasiga yaxshi ish qilishi uchun nimadir olib berishga va’da bersa, boshqa ona esa uni qo‘rqitishdan nariga o‘tmaydi.

Bolaga «pora» berish

«Aytganimni qilsang, konfet olib beraman»

Maktabgacha yoshdagi bola o‘zini yaxshi tutishi uchun ota-ona konfet, mashina yoki yana nimadir olib berishni va’da qilishadi. Maktab yoshidagilarga esa yaxshi o‘qishi, «besh» baho olishi uchun «pora» berishadi.

Muammo qayerda?

Bu uslubning samaradorligini hech kim inkor eta olmaydi. Ammo uni tarbiyaviy ahamiyatga ega uslub deb bo‘lmaydi. Moliyaviy haq evaziga barpo bo‘layotgan bu tarbiya usuli bolada oilaviy munosabatlar haqida noto‘g‘ri xulosa shakllantirishga olib keladi. Bu uslub oilada emas, ish uchun foydali. Oilaviy munosabatlar esa boshqa omillar ustida qurilishi kerak. Farzandingizni shu uslubda tarbiyalasangiz, undan yaqinlariga yordam berish, do‘stlik, beg‘araz yaxshilik qilish kabi fazilatlarni kutmasangiz ham bo‘ladi. Chunki u kichikligidan har bir yaxshi harakatlari uchun moliyaviy mukofot olib ulg‘aymoqda.

Qanday bo‘lishi kerak?

Albatta bolani mukofotlab, maqtab turish kerak. Ammo yaxshi ishning avvalida haq va’da qilish to‘g‘ri emas. Uning o‘rniga, masalan, o‘quvchi fazandingiz chorakni yaxshi baholar bilan tugallaganda, uni yanada yaxshiroq harakatga undash uchun oila davrasida kichik bayramcha o‘tkazib, bolani maqtab qo‘yishingiz ham uning tarbiyasi uchun foydali.

Qo‘rqitish

«Hozir do‘xtir keladi, senga ukol qiladi»

Muammo qayerda?

Bu uslub ham vaqtincha yordam beradi, ammo bolada sababsiz qo‘rqinch va xavotir hislarini rivojlantiradi. Bu yerda qo‘rqitish bilan birgalikda bolaga yolg‘on gapirishni ham ko‘rish mumkin. Natijada bola begonalardan, yolg‘iz qolishdan, qorong‘u xonadan qo‘rqa boshlaydi, yolg‘on gapirishni o‘rganadi.

Qanday bo‘lishi kerak?

  • Hayotda ehtiyotkor bo‘lishni talab qiluvchi holatlar ko‘p. Qo‘rqinch esa bizni xavfdan ogohlantiruvchi hissiyot. Ehtiyotkorlik bilan qo‘rqishning farqi shundaki, ehtiyotkorlik haqiqiy xavfga qaratilgan bo‘lsa, qo‘rqitish bolada xayoliy narsalardan qo‘rqish hissini uyg‘otadi. «Yugurma, yiqilib tushishing mumkin» kabi so‘zlar ehtiyotkorlik chorasi bo‘lsa, «Bo‘ri keladi, seni yeb qo‘yadi» deyish qo‘rqitishdan o‘zga narsa emas.
  • Bolani qo‘rqitishdan avval o‘zingizga savol bering: siz uni biror-bir xavfdan ogohlantirayapsizmi yoki o‘z istagingizni qildirmoqchimisiz? Ikkinchi holatda bolaga ta’sir qilishning boshqa yo‘lini qidiring.

Mensimaslik

«Ko‘zimga ko‘rinma!»

Muammo qayerda?

Bolada «yaxshi bola bo‘lsam, yaxshi ko‘rishadi, yomonlik qilsam, meni yaxshi ko‘rmay qo‘yishadi», degan fikr yuzaga keladi. Natijada bolada boshqalarning fikridan kelib chiqib harakat qilish hissi paydo bo‘ladi.

Qanday bo‘lishi kerak?

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bu uslubni qo‘llamang. Bu bola ruhiyatiga qattiq ta’sir ko‘rsatadi.
  • Bola biror yomonlik qilayotgan bo‘lsa, avvaliga unga bu xatoni tushuntirish zarur. Ikkinchi bor bu harakat takrorlanganda esa biror jazo turini qo‘llash lozim.

Aldash

Xalqimizda aldagani bola yaxshi, degan maqol bor. Aksar hollarda ota-ona bolaga u yoki bu narsani va’da berishadi-yu, ammo amalga oshirish vaqti kelganda «unutib» yuborishni afzal ko‘rishadi.

Muammo qayerda?

Bu va’dalar kattalar uchun arzimagan narsa bo‘lib ko‘rinsa-da, ularni bajarmaslikni bola sotqinlik deb qabul qiladi. Va’daning yolg‘onligini bilgach esa sekin-asta eng yaqin insonlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib boradi. Bolaning o‘zida ham «va’da berib, uni bajarmachlik mumkin» degan his rivojlanadi.

Qanday qilish kerak?

  • Bolaga yolg‘on gapirmang. Unga tushunarli tarzda tushuntirishga harakat qiling.
  • Unga va’da berdingizmi, ustidan chiqing.
  • Ba’zi hollarda bolani aldab emas, ertaklar yordamida holatni tushuntirishga harakat qiling.
  • http://11-maktab.uz/ dan olindi.

Bolani urmasdan bo’ysundirishning 8 Usuli

  • Farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish ko’pincha onalarning chekiga tushadi. Shu sababli ular bu ishda juda ham sabrli va chidamli bo’lishlari kerak. Ba’zilar bolani bo’ysundirishning birdan-bir yo’li uni kaltaklash yoki qo’rqitish deb hisoblaydilar. Ammo bu noto’g’ri xulosa. Farzandingizni urmasdan ham yo’rig’ingizga yurdirishingiz mumkin. Buning natijasida farzand ota-onasiga muhabbatli bo’lib ulg’ayadi, ularga ixtiyoriy ravishda bo’ysunadigan bo’ladi. Xo’sh, bunga qanday qilib erishish mumkin deysizmi? Quyidagi 8 ta tavsiya ayni shu haqda.
1.Imkon boricha yaxshi so’zlarni ishlating!
Farzandingizning noma’qul ishlariga kichkina jumlalar bilan chek qo’ying. Misol uchun:
«Aqlli bo’lgin»ning o’rniga «Tarbiyali bo’lgin, kitoblarni otma» yoki «Kitoblarning joyi tokchada» kabi jumlalarni ishlating. Muhimi, so’zingizda tanbeh ohangidan ko’ra tavsiya ohangi ustun bo’lsin! Bola sizni urishayapti deb qabul qilmasin! Bu unda teskari reaksiya uyg’otishi, qaysarlik qilishiga olib kelishi mumkin.
2. Aytayotgan so’zlaringizga o’zingizham amal qiling!
Farzandingiz kun bo’yi o’yinchoq o’ynashi mumkin. Ba’zida o’yinchoqlarni shu bo’yicha tashlab ketishi ham mumkin. Bunday o’rinlarda: «O’yinchoqlarni yig’ishtir» degan qo’pol muomalaning o’rniga «O’yinchoqlaringni yig’ishtirib, joyiga qo’ysang, sinmaydi, yo’qolib ham qolmaydi» deyish afzal. Agar bu kutilgan natijani bermasa,(ko’nmasa, yo’q deydigan bo’lsa) «Kel birga yig’ishtiramiz» desangiz, bola buni o’yin deb qabul qiladi va rad etmaydi.
3. Bolaning shaxsiyatiga tegadigan gaplardan tiyiling!
Farzandingizga: «Bu yaxshi ish emas» deng, uning shaxsiyatiga tegadigan gap bo’lmasin. Masalan, «Nima bo’ldi senga?», «Unday emasding-ku» yoki «Hyech qachon odam bo’lmaysan», «Moldan farqing yo’q» kabi gaplar bolaga salbiy ta’sir qiladi. Natijada u keyinchalik o’zi mustaqil ish qilolmaydi va o’ziga-o’zi «Baribir yaxshi gap eshitmayman» deb hyech nimaga hafsalasi qolmaydi.
4. Bolaning xohish–istaklariga e’tiborli bo’ling!.
Kichkintoylarning tabiatida o’yinga, o’yinchoqqa muhabbat kuchli bo’ladi. Bozorga tushganingizda ham farzandingiz darrov o’yinchoq do’konga shoshadi. Bolaning xohishiga e’borli bo’lish barobarida unga narsalarning, pulning qadriga yetishniyam o’rgantib ketish kerak. Siz unga: «Sen hozir o’yinchoq tanla, keyingi safar esa boshqa narsa tanlaysan». Yoki u bilan: «Bozorga borganda senda faqat 1 ta narsa tanlashga imkoniyating bo’ladi, yoki bitta o’yinchoq olib beraman» deb kelishib oling. «Yo’q, keyingi safar, keyingi safar…» deyaversangiz, bolaning ishonchini suiste’mol qilgan va natijada uning nafratiga sazovor bo’lasiz. Agar uning tilini topolsangiz, Farzandingiz ham o’zining qadrini anglaydi.
5. Bolani eshitib, tushunishga harakat qiling!
Fazandingizning holatini tushunishga va uni eshitishga harakat qiling. Mumkin: oyoq kiyimi siqayotganligi sabab aytganingizni qilmayotgan bo’lishi mumkin. Yoki qaysarligi, kayfiyatsizligiga boshqa shu kabi sabab bo’lishi mumkin. Sizdan cho’chib buni ochiq aytolmayotgandir. Bolayam bir shaxs, unga kattalardek muomalada bo’lish kerak. Buning foydasi kelajakda ko’p seziladi.
6. Maslahatlashishga harakat qiling!
Farzandingiz bir noma’qul ish qilib qo’ysa, uning sababini aniqlab oling. Balki uni kompyuter o’ynashdan man qilib qo’ygandirsiz yoki boshqa… Unga: «Hozir kompyuter o’ynaydigan vaqtmas, o’zimning ham singlimdan jahlim chiqib turibdi, hozir unga telefon qilib hodisani hal qilib olishim kerak» qabilida o’zingiz shu kabi o’rinlarda misol bo’lsangiz, bola ham jahl chiqqanda nima qilish kerakligini anglaydi va uni pismiq bo’lishdan asragan bo’lasiz. (3 kundan ortiq urishib yurishning ham oldi olinadi)
7. Bolani qo’rqitmang, poraga o’rgatmang!
Farzandingizni qo’rqitmang, u faqat jahlingiz chiqqanida sizdan qo’rqib, parishonligingizda bilganini qilib olishga o’rganadi. Oqibatda u shunday narsaga bog’lanadi. Uni poraga ham o’rgatmang, aks holda u sizda pora yo’q bo’lgan vaqtda aytganingizni qilmasligi mumkin. Pora narxi to’g’ri kelsagina sizga yordam berishi mumkin bo’lib qoladi. Bu ham tarbiyasiga ziyon.
8. Bolani maqtab turing!
Farzandingiz aytganingizni qilganida «Ofarin», «Barakalla» va «Yaxshi ish qilibsan» qabilida maqtab turishingiz, farzandingizdagi shijoatni kuchaytiradi. Ba’zida yig’laganida: «Menga katta kishilardek ish qilganing yoqdi, lekin har narsaga yig’lashing hunuk ish» deng.
Ba’zi otalar farzandlari Qur’oni Karimdan yod olsa, uning yod olganlarining mukofoti sifatida bir lavhaga yoki qog’ozga 1 ta yulduzcha osib qo’yishadi, u yulduzchalar 5 taga yetganida unga yangi o’yinchoq yoki shunga o’xshagan narsa sotib olib berishadi.
Albatta, farzand tarbiyasi har qanday onaga qiyin, lekin ular sabr va matonatli bo’lishsa, farzandlari o’sgan sari chekkan mehnatlari bekorga ketmaganini anglashadi va rohatini ko’rishadi.
Abdulloh Rahimboyev tayyorladi.

 

http://11-maktab.uz  dan olindi.

Navoiy viloyat Navbahor tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi