Mirzo Ulug’bek

Mirzo Ulug`bek


Tug‘ilgan sana: 1394 Mart 22
Vafot etgan sana: 1449 yil
Tug`ilgan joyi: Sultoniya

Butun jahon astronomiya dunyosini larzaga solgan, olti yuz yildan ortiq vaqt ichida jahon olimlari tilida va dilida doston bo’lgan buyuk Sulton, benazir alloma olim Mirzo Ulug’bek hayoti, ilmiy faoliyatini o’rganish va tadbiq etish natijasida ma’lum bo’layotgan ilmiy kashfiyotlar hanuzgacha bashariyatni lol qoldirmoqda.

Tarjimai hol 

Ko’plab ilmiy monografiyalar, uning siyosatchilik va iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, ilmiy va ma’rifiy merosini o’rganish, bo’yicha ochilgan jabhalar Mirzo Ulug’bekning ko’p qirrali faoliyatini ochib berish bilan birga, uning nomini mangulikka muhrladi. Shunday bo’lsada, keyingi davrda Mirzo Ulug’bekning hayoti, hukmdorlik siyosati va iqtisodiy islohotlari, shaharsozlik, islom dini va ma’naviyatni keng tadbiq va tashviq etish yo’lidagi yangi qirralari ochilayotganligining guvohi bo’lib turibmiz.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligidan keyingi yillardagi olimlarimiz tomonidan buyuk munijjimning yuqoridagi fan va ijtimoiy hayot jabhalarini yoritish ishlari ob’ektiv – xolisona ravishda ochilmoqda. Uning bu sohalardagi faoliyati Temur va temuriylarning gurkirab yashnaganligi davri bo’lib, hozirda keng miqyosda targ’ib va tashviq etila boshlandi.

Sobiq Sovet tuzumida Mirzo Ulug’bek olim va buyuk astronom sifatida ulug’lansada, ma’lum sabablarga ko’ra uni g’alat mafkura qurboni – ateizm quroli sifatida ishlatishga harakat qilishardi.

Lekin shunday bo’lsada, haqiqat bir kunmas bir kun ro’yobga chiqadi deganlariday, Mirzo Ulug’bek to’g’risidagi asl haqiqat, faoliyatining asl mohiyati asta-sekin o’z o’rnini topmoqda.

Respublikamizda oxirgi o’n yillikda chop etilgan ilmiy maqolalar, xususan buyuk munajjim hayot va ilmiy faliyatini o’rganish bo’yicha jonbozlik ko’rsatgan sharqshunos olimlarimiz Qori Niyozov, B.Axmedov, V.A.Sheglov, A.Axmedov, A.Asqarov, G.A.Pugachenkova, G.P.Matvievskaya, P.G.Bulgakov, O.Bo’riev, Yu.A.Buryakov, G’.J.Jalolov, S.H.Sirojiddinov, A.O’rinboev, S.Azimjonova, X.Aliqulov, T.Fayziev, R.Ibodov, M.Qodirov, U.Uvatov, D.Yusupova, N.B.Nemtseva va boshqalarning ilmiy izlanishlari yuqoridagi fikrimizning dalilidir.

Mirzo Ulug’bekning bobosi Amir Temur uning dunyoqarashini shakllantirishda, bilim doirasini kengaytirishda ulkan hissa qo’shgan insonlardan biridir. Miniatyura lavhasi temuriylar hukmronligi, butun dunyo va Mavorounnahr xalqlari taqdirida tub burilish hisoblangan tarixiy voqeadir.

O’zbekiston hukumatining «Amir Temur» ordeni ta’sis etishi, tarixga izhor etilgan cheksiz hurmat va iftixor belgisidir. Shu o’rinda Temur va temuriylar davrida chiqarilgan pul tangalari xususida to’xtalmoqchimiz. Mirzo Ulug’bek chiqartirgan tangalar temuriy hukmdorlari orasida bobosi Amir Temur nomini keltirgan yagona hukmdor sanaladi.

Amir Temur tangalariga xos tamg’a va Sohibqironnig nomi yo’q. Ulug’bek Mirzoning 1449 yilda chiqargan tangalarida esa: «Temur Kuragon himmatidin Ulug’bek Kuragon so’zim. (853 — 1449) Zarbi Samarqand» yozuvi keltiriladi. Bu holatni tasnif etarkanmiz, o’tmishga bo’lgan hurmat, urf odat, an’analarni e’zozlash hissiga buyuk Ulug’bek ham sadoqat bilan amal qilgan.

Sohibqiron Amir Temurning Samarqanddagi ulug’vor haykali va avlodlari shajarasi tamoshabinni Temur va temuriylar sulolasi to’g’risidagi bilimini va tasavvurini yanada boyitadi.

U(MirzoUlug’bek) matematika fani barcha sohalarida chuqur bilimga ega. Bu sohadagi mukammalligi shu darajadakim, bir kuni otda keta turib, aniq bir kun yilning kaysi kuni ekanligini, ya’ni rajab oyining 818 yilining 10-15 kunlari aniqlab berishni aytdi (15-20 sentyabr 1415 yil).

Ushbu asnoda u otda keta turib, quyosh oy uzunligini katta aniqlikda gradus va daqiqalarigacha hisoblab chiqdi va kaminadan ushbu hisobni aniqlab berishni so’radi. Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirish, zamona olimlaridan hech kimga muyassar bo’lmagan.

Ta’kidlashim kerakki, ushbu ilmda u juda mohir. Astronomik holatlar bo’yicha keskin dalil va isbotlar keltirib, risoladagidek qoidalar beradi. U (Mirzo Ulug’bek) «Nosiriddin xotiralari» («Tazkira»), «Shohlar to’hfasi» («Tuhfa») asarlari asosidagi ma’ruzalariga ortiqcha izoh berishning hojati yo’q.
[17:26:07] Madina Chorieva: Ikkinchidan, hozir Samarkandda turli fanlardan ta’lim beruvchi mashhur olim va mudarrislar to’planishgan. Ularning ko’pchiligi matematika fani bilan shug’ullanishadi. Bu olimlarning faqatgina to’rttasigina «Tajnisul hisab» asarining yarmiga sharhlar berishgan. Ulardan biri «Tajnisul hisab» asariga sharh yozgan bo’lsa, ikkinchi asardagi geometrik isbotning ikki xatosi masalasida risola yozildi. Qozizoda Rumiy «Chagmini», «Ashkalatut – ta’sis» asarlariga sharh yozgan.

Bu yerda ko’plab falakiyotchilar (astronomlar) va hisob-kitobchilar to’planishgan. Shunday qilib, bu yerda fanning barcha sohalari bo’yicha mutaxasislar to’planishgan.

… Samarqandda (Allloh uni balo ofatlardan saqlasin) bunday kishilarning soni oltmish-yetmish kishiga yetadi, ularni matematiklarga kiritishadi. Oxirgi 10-12 yilda ular ushbu fan sohasida jiddiy shug’ullanishadi, zero Hazrati Oliylari ham ushbu fan bilan shug’ullanadilar…
Ta’kidlashim lozimki, u (Mirzo Ulug’bek) tabiatan juda ochiqko’ngil, rahmli va shafoatlidir.

Hazrati Oliylari va tahsil oluvchilar orasida fannig turli sohalarida munazalar bo’lib o’tadi, bu yozib tasvirlashim mushkil. Munozaradagi har bir masalada jamoa butkul tasdig’ini topmaguncha to’xtatilmaydi. Agarda biror masalada Oliy Hazratlariga yon bosilsa, u kishi « Meni bilimsizlikka mahkum qilayapsizmi» deydi.

Tekshirish uchun u maxsusan o’zi bilgan savolni muhokamaga qo’yadi. Hurmat yuzasidan ushbu savolga Oliy Hazratlari tomonidan qo’yilgan noto’g’ri javobni ma’qullagan kishini bilimsizlikda ayblab, muammoni qaytadan bahs munozaraga qo’yadi…deya ta’rif beradi G’iyosiddin Jamshid.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mirzo Ulug’bek ilmiy merosi haqida baho berarkan shunday deydi: «Bu benazir alloma o’zida minglab yulduzlarning harakatini jamlagan mukammal astronomik jadvalini yaratdi. Ushbu jadvalda zikr etilgan ilmiy ma’lumotlarning naqadar aniq va to’g’ri ekanini bugungi eng zamonaviy asboblar ham tasdiqlaydi.

Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyatining poydevoriga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berilganini ko’rsatadi. «Ziji jadidi Kuragoniy» deb nomlangan Ulug’bek astronomik jadvali o’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgani fikrimizning yaqqol isbotidir».

Buyuk frantsuz dahosi, tadqiqotchi olim Valьter (Mark Fransua Arue 1694-1778) Ulug’bek haqida: «Ulug’bekning buyukligi, uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar Akademiyasini yaratdi, yer kurrasini o’rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib, mashhur jadval tuzdi..» deb shunday ta’kidlangan.

Mirzo Ulug’bek 1018 ta yulduzlarning holati va harakatini o’rganib chiqib, barchani lolu-xayratda qoldiradi va Astronomiya fanini yangi taraqqiyot pog’onasiga ko’taradi. U Samarqandda mashhur rasadxona qurdirdi.

Ulug’bek ta’limda asosiy e’tiborini talabalarda mustaqil mutolaa, mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyat, ko’nikmalarni shakllantirish va rivoj toptirishga qaratdi. Bu sohada Ulug’bek qo’llagan usul talabalar orasidan diniy va aniq fanlar bo’yicha taniqli ilm ahllari yetishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ulug’bek Buxorodagi madrasa darvozasining yuqorisiga «Talab-ul ilma farizatun alo kulli muslimin va muslima», ya’ni «Ilmga talab har musulmon erkak va ayol uchun farzdir»-deb yozdirib qo’ygan so’zlari uning naqadar buyuk ilm ahli, tolibiligi, ma’rifatparvarligi va insonparvar bo’lganligiga dalolatdir.

Umuman, Mirzo Ulug’bekning ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya hususida bildirgan pedagogik fikrlari hozirgi davrda qimmatli va ular pedagogik fikr rivojiga qo’shilgan salmoqli hissadir.

Navoiy viloyat Navbahor tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi