Milliy bayramlar

Milliy bayramlar


     Bayram (turkiycha — katta yigʻin, toʻy) — keng nishonlanadigan tantanali kun. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi, mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga koʻra anʼanaviy, diniy, milliy va boshqa bayramlar vujudga keldi. Avloddan-avlodga meros tariqasida oʻtib keladigan bayram. anʼanaviy bayram deyiladi. Masalan, navroʻz bayrami. Anʼanaviy bayramlar biror xalq yoki millatning ayni vaqtdagi ijtimoiy turmushi, hayot kechirish tarzi bilan bevosita bogʻliq boʻlmaydi. Diniy bayramda har bir monoteistik dinning aqidalarida belgilab qoʻyilgan marosimlar nishonlanadi. Masalan, iyd bayrami. Milliy bayramlarda u yoki bu millatning tarixidagi muhim voqea-hodisalar nishonlanali. Masalan, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni. Bulardan tashqari yana kasb-hunar bayramlari ham bor (Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni kabi). Shoʻrolar hukmronligi davrida oʻzbek xalqining qadimiy milliy, anʼanaviy yangi yil bayramlaridan hisoblangan Navroʻz qatagʻon qilinib, diniy bayramlar (Ramazon hayiti, Qurbon hayiti) tazyiqqa uchradi. Koʻp yillar davomida, ayniqsa ziyoli va firqa aʼzolari hayit namozini oʻqish uchun masjidga chiqqanliklari uchun ham taʼqib qilindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach Prezident I.A. Karimovning farmoni bilan Roʻza va Qurbon hayitlarining birinchi kunlari dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Hayit kunlari va ular bilan bogʻliq marosimlar batamom qaror topdi, shuningdek boshqa qadriyatlar ham tiklanmoqda. Chunonchi Navroʻz umumxalq bayrami sifatida har yili katta tantana qilinib, bu kun (21 mart) dam olish kuni deb eʼlon qilindi
14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni
     Mustaqil O’zbekistonda ushbu bayram o’z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag`ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o’quv yurtlari va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O’zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`iga o’tishi to’g`risida qarori qabul qilindi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni
     O’zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehrbonlik va go’zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, «onalar kuni» sifatida ham taniqlidir. 8 mart O’zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan.
21 Mart — Navro’z
     Navro’z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda «yangi kun» ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro’z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.
9 may — Xotira va qadrlash kuni
     1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma ‘noga ega bo’lib, u mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o’lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadralash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumhalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko’rsatiladi.
1 sentyabr — mustaqillik kuni
     O’zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami — Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram do’stlik, xayriya va har tomonlama xurmatga tayangan o’zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.
O’zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat’iy nazar O’zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.
1 oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni
     Har yili O’zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo’lgan chuqur xurmat va e’tiroz saqlanib qolgan. «Domla», «Muallim», «Ustoz» kabi so’zlar o’z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo’lgan xurmat munosabati va Vatanga bo’lgan mehriga ega bo’lgan o’quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar.
Maktab va o’quv muassasalarning o’quvchilari xayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o’qituvchilarni minnatdorchilik bilan, gullar va sovg`alar bilan xayot yo’lida mashaqatli mehnati uchun chin yurakdan tabriklashadi.
8 dekabr — Konstitutsiya kuni
     O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayran butun O’zbekiston bo’ylab keng nishonlanadi.
Ramazon Xayiti
     Ushbu bayram Ro’za xayiti sifatida tanilgan va musulmon (Xijriy) kalendarining 9-oyiga to’g’ri keladi. Bayram 30 kundan iborat bo’lib, ruxiy hamda ma’naviy tozalanish an’anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyudagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste’mol qilmaslik; yomon o’ylardan saqlanish; atrofdagilarga xurmatda bo’lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.
Ushbu shartlarni bajargandan so’ng uch kundan iborat bo’lgan Ramazon Xayiti boshlanadi. «Ramazon Xayiti» birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.
Qurbon Xayiti
     Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi, o’z o’g’lini Olloh yo’lida qurbon qilishga tayyor bo’lgan Payg’ambar Ibrohim bilan bog’liq bo’lgan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to’htatilib o’rniga hayvon (qo’y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o’tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. «Qurbon Xayiti»ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

Navoiy viloyat Navbahor tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi