Tarbiyadagi 6 ta kechirib bo‘lmas xato

Farzandingizning kelajagidan ko‘nglingiz to‘qmi? Siz ularda yetakchilik qobiliyatini tarbiya qilayapsizmi? Bugungi ota-onalar o‘z qo‘li bilan farzandlarini yetakchi va mustaqil shaxs bo‘lish qobiliyatidan mahrum qilmoqda.

Yetakchilik bo‘yicha ekspert, 25 dan ortiq kitob muallifi, Growing Leaders  («O‘sayotgan yetakchilar») tashkilotining asoschisi va prezidenti Tim Elmor ota-onalar farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolarni sanab o‘tdi. Tim Elmot hozirgi ota-onalar bolalariga haddan ortiq g‘amxo‘rlik qiladi deb hisoblaydi.

Quyida ana shunday xatolarni keltiramiz:

Bolalarni tavakkal qilish imkoniyatidan mahrum etamiz.

Biz hozirgi olam tahdidlar bilan to‘lib toshgan deb fikrlashga odatlanganmiz. Farzandidan ayrilib qolish qo‘rquvi ota-onalarni ularga g‘amxo‘rlik qilishga undaydi. Bunda hatto asoslangan tavakkalchilikka ham yo‘l qo‘yilmaydi. Yevropa tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, bolaligida ko‘chada o‘ynamagan va «tizzasi shilinmagan» bola katta bo‘lganda fobiyalardan(qo‘rquv) ko‘proq aziyat chekadi.

Bolalar bu normal holat ekanligini tushunishi uchun bir necha marta yiqilishiga to‘g‘ri keladi. O‘smirlar hissiy yetuklikka erishish uchun balog‘at yoshidagi muhabbatni boshdan kechirishi lozim.

Biz yordamga juda shoshilamiz.

Hozirgi yosh avlod vakillari 20—30 yil ilgari ularning tengdoshlari ega bo‘lgan ko‘plab hayotiy tajribalarga ega emas. Chunki ularning ota-onalari farzandining muammosini hal qilib berishga juda shoshiladi. Bunday tezkor yordam bolalarni murakkab vaziyatlardan chiqib ketishdan xalos etadi va ular muammolarni mustaqil hal qilish ko‘nikmasidan mahrum bo‘ladi.

Bu esa yetakchilik tamoyillariga zid hisoblanadi. Yoshlar turli qiyinchiliklarni chetdan yordam olmasdan hal qilish bilan tajribasini orttirishi lozim. Aks holda ular «Men biror xato qilsam yoki maqsadimga erisha olmasam, kattalar buni tuzatib qo‘yadi va oqibatlarini bartaraf etadi» degan fikrga ko‘nikib qoladi.

Bolalar juda osonlik bilan maqtov eshitadi

Bugungi sport to‘garaklarida hamma «g‘oliblar» yig‘ilgandek tuyuladi. «Har bir kishi mukofotga loyiq» tamoyili bolaga o‘zini qobiliyatli his qilishga yordam beradi. Biroq vaqt o‘tib, bolalar farzandini ajoyib deb hisoblayotganlar faqat ota-onasi ekanligini payqay boshlaydi va ularning obyektivligiga shubha paydo bo‘ladi.

Aybdorlik hissi yaxshi xulqni qoplab ketishiga imkon yaratamiz.

Bolalar har daqiqada sizni yaxshi ko‘rishi shart emas. U o‘ziga kerak bo‘lgan narsaga erishish uchun kurashishini istasangiz, unga «yo‘q», «hozir emas» kabi so‘zlarni ham vaqtida aytib turing. Bir nechta farzandi bor ota-onalar ulardan birini mukofotlab, qolganlarini ajratib qo‘yishni nohaqlik deb hisoblaydi. Biroq biz bu orqali omad bizning harakatlarimizga bog‘liq ekanligini bolalarga ko‘rsata olmaymiz.

O‘tmishdagi xatolarimiz bilan bo‘lishmaymiz.

Farzandingiz to‘g‘ri yo‘lni topishi uchun uning yoshida o‘zingiz yo‘l qo‘ygan xatolar haqida so‘zlab bering. Bunday vaziyatlarda nimalarni his qilganingiz va qanday xulosa chiqarganligingiz bilan ham bo‘lishing.

Bizning so‘zlarimiz harakatlarimizdan farq qiladi.

Ota-ona sifatidagi vazifamiz bolalarni o‘z so‘zi va harakatlari uchun javob bera oladigan inson qilib tarbiyalashdir. Biz o‘z uyimizda yetakchimiz, shuning uchun munosabatlarda faqat to‘g‘rilikka amal qilishimiz va shirin yolg‘on ertami-kechmi fosh bo‘lib, yosh xarakterni yemirishini tushunib yetishimiz lozim.

Ma’naviy tanlov chog‘ida sizni boshqa odamlar, ayniqsa farzandlaringiz kuzatib turganligini unutmang!

Maktab o‘rgatmaydigan 5 ta ko‘nikma

     

     

    Shunday ko‘nikmalar borki, ularni farzandingizga maktabda o‘rgatishmaydi. Ularni faqat oilada o‘rganish mumkin. Quyida ana shunday ko‘nikmalarning beshtasini keltiramiz:

    1.Savol berish

    To‘rt yoshlar atrofidagi bolalarga tinmay turli-tuman savollar berish xos. Bu to‘g‘rilik va hamma narsaga qiziqish bilan yo‘g‘rilgan ajoyib davrdir. Biroq bola ulg‘aya borishi bilan undagi bu ko‘nikma qayergadir g‘oyib bo‘ladi.

     

    Bola axmoqona savol berishdan va o‘qituvchi hamda tengdoshlarining norozi nigohlaridan qo‘rqib qoladi… Bu esa yomon, chunki savollar bermasdan turib sifatli ta’lim olishning deyarli imkoni yo‘q.

     

    Ota-onalar bolalarni hech kimdan qo‘rqmasdan savol berishga o‘rgatgani ma’qul, chunki bolalarning bunga haqqi bor. Shuningdek, farzandingiz berayotgan savollarga javob qidirishga yordam bering.

    2.O‘z muammolarini mustaqil hal qilish

    Hayot kishining oldiga turli vazifalarni qo‘yadi. Har doim ham farzandingizning yonida bo‘la olmasligingizni yodingizda saqlang. Shuning uchun ularga darhol yordam berishga shoshilmang.

     

    Bu xoh kiyimni to‘g‘ri kiyish, xoh fizikadan masala yechish bo‘lsin, bola mustaqil yechimini topishni o‘rgansin. Siz faqat to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib va qo‘llab-quvvatlab turing.

    3.Boshlagan ishni oxiriga yetkazish

    Farzandingizga o‘rnak bo‘ling, boshlagan ishlaringizni oxiriga yetkazing. Unga biror ishni boshlagandan so‘ng uni oxiriga qadar yetkazish va buning uchun mas’ul bo‘lishni o‘rgating.

    4.Hayotda o‘zini topish

    Aksariyat hollarda bugungi kundagi maktab bitiruvchilari hayotda nima qilishni, nima bilan mashg‘ul bo‘lishni bilmaydi. Ular oliy ta’lim muassasasiga do‘sti bilan birga o‘qish yoki ota-onasining maslahati bo‘yicha yo‘l oladi.

     

    Bu unchalik yomon emas, biroq inson hayotda o‘zi sevgan kasb bilan mashg‘ul bo‘lsa, shubhasiz yanada baxtliroq yashaydi! Keling, farzandimizning qaysi yo‘nalishga moyilligini aniqlab, uni rivojlantirishga harakat qilamiz.

     

    Bolalarni o‘zligini topishida ko‘mak beraylik!

    5.Atrofdagilarga nisbatan sabrli bo‘lish

    Faqat ota-onagina farzandiga atrofdagilarga nisbatan sabrli bo‘lishni o‘rgata oladi. Kishilar turli-tumandir, ularning o‘z qadriyatlari, o‘z qarashlari va fikrlari mavjud.

     

    Faqat shaxsiy namuna bo‘lish va ota-onaning say’-harakatlari bilan bolaga hammaga o‘xshamaslik va o‘ziga xos bo‘lish normal holat ekanligini ko‘rsatish mumkin.

    Yuqoridagi ko‘nikmalar farzandingizning hayot yo‘lida o‘z munosib o‘rnini topishiga ko‘mak beradi.

    Farzandning ota-ona bilan muomala qilishdagi o‘ttiz besh odobi

      Aziz o’quvchilar sizlar uchun ajoyim maslahatlarni taqdim qilmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan mazkur maslahatlar sizga foydali bo’ladi va ma’naviy dunyoingizni boyitadi degan umiddamiz.

    «Ota – ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob»

    1) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish.

    2) Gapirayotganlarida jim turish.

    3) Ra’ylarini qaytarmaslik.

    4) Gaplarini ma’qullab turish.

    5) Ularga o‘zini hokisor tutib qarash.

    6) Ularga doim maqtov,madh aytib turish.

    7)Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.

    8) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.

    9)Ular yaxshi ko‘rgan kishilarni va do‘stlarini maqtash.

    10) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.

    11) Agar qayta-qayta gapirsalar ham, gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish.

    12) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik.

    13) Ortiqcha gaplardan chetlanish.

    14) Oldilarida hurmat saqlab o‘tirish.

    15) Fikrlarini past va noqis sanamaslik.

    16) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.

    17) Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.

    18) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.

    19) Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.

    20) Huzurlarida ularga ehtirom ko‘rsatish.

    21) Ularga ovozni ko‘tarmaslik.

    22) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.

    23) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik.

    24) Ularga tikilib qaramaslik.

    25) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham.

    26) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.

    27) So‘kilishlariga sabab bo‘lmaslik.

    28) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.

    29) Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.

    30) Ularda sodir bo‘lgan xatolarga kulmaslik.

    31) O‘zlari talab qilishlaridan oldin, xizmatlarini bajarish.

    32) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga g‘azab qilmaslik.

    33) Ular bilan gaplashganda chiroyli so‘zlarni tanlab ishlatish.

    34) O‘zlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.

    35) Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun qo‘yish

    E’zoz

                    E’zoz

                       Maktabimiz faxri

       Hayotimizda shunday insonlar borki, halol mehnati, xulqi odobi, shirin suxanligi bilan el hurmatini qozonishgan. Har bir mahalla ham, jamoa ham ular bilan faxrlansa arziydi. Shunday fidoyi insonlardan biri 36-maktabning matematika fani o’qituvchisi Xolmurod Narziyevdir. Ustozning mehnat faoliyati maktabning tashkil etilish tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. 1980-1985 yillarda Samarqand Davlat Universitetining matematika fakul’tetida tehsil olgan     Xolmurod   aka     ilk faoliyatini tumanimizdagi           8-maktabdan boshladi. 2012-2013 o’quv yilida Burqut mahallasidagi maktaga H.Jumayev jonkuyar o’qituvchi X.Narziyevni shu yerga ishga taklif etadi. Mana 25 yildirki jonajon qishlog’i farzandlariga matematika fani sirlarini o’rgatib kelyapti. Bu orada ko’plab shogirdlar tayyorlab oliy o’quv yurtlariga yubordi.  I.Soliyev, A.Kariboyev, I.Ramazonov, Doston To’raqulov kabi shogirdlari ustoz bilan yonma-yon mehnat qilishmoqda. Aziza Sayfiyeva, Maqsud Safarovdek yoshlar esa bilim olish bilan band. Ustozning buyuk mehnatlari inobatga olinib “Xalq ta’limi a’lochisi” unvoni bilan taqdirlandi. Xullas, X.Narziyev bundanda buyuk mukofatlarga loyiq muallimdir.

                           J.Boboqulov-maktab o’qituvchisi, shogirdi.

    Ona tilim

    E’zoza.

    Mana bugun yurtimiz uzra yana bir muborak sana tantana bilan nishonlanayapti. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga rosa 28 yil to’ldi. Shu munosabat bilan barcha ta’lim muassasalarida tadbirlar , ochiq darslar , davra suhbatlari o’tkazilmoqda. Jumladan, bizning 36-umumta’lim maktabimizda ham shunday tadbirlardan biri 1-sinfda ham bo’lib o’tdi.

    ,,Ona tilim-jon-u dilim “ deb nomlangan tadbirda 1-sinf o’quvchilari Ochilova Farangiz, Qurbonova Sevinch, Orziyeva Ozoda, Hamroqulov Jasur, Toshtemirova Zumrad, Usmonova Gulsanam, Mansurov Adizbek kabi o’quvchilar o’zlari yod olgan ona tili haqidagi she’rlarini ifodali aytdilar .  Qurbonova Sevinch va Ochilova Farangiz ijrosida ajoyib raqs ham namoyish etildi.

    Ona tilim –onajonim tili bu-

    Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

    El-u yurtim, xonumonim tili bu,

    Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa.

     

     

    Tilga e`tabor-elga e`tibor

    Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Norboyeva M.

    aaa

    Navoiy viloyati Navbahor tumani  36- umumiy o`rta ta`lim maktabida  3- “B” sinf o`quvchilari   20- oktabr kuni    “Tilga e`tabor- elga  e`tabor ” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirni  Qalandarov Sh  va  Sanaqulova  M lar olib bordilar.

    Ona tilim , onajonim tili bu ,

    Beshikdan  singan  joni  quloqqa

    El-u yurtim xoni monim  tili  bu ,

    Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.

    Sen tam tilisan asrlar oshgan

    Sen bobom tilisan asrlar oshgan

    Oh , ona  tilginam muqaddas tilim

    Bunchalar shirinsan ,bunchalar  so`lim.

    O`zbek tili  xalqning  milliy ruhi  va  o`zligining   madaniy  va ma`rifiy olami,  milliy  g`oyasining  asosi hisoblanadi. Shu bois O`zbekistonning  Birinchi Prezidenti   I .Karimivning ma`naviy jasorati  tufayli 1989 yil  21 oktabrda

    o`zbek tiliga Davlat  tili  maqomining berilishi istiqlol tomon tashlangan ilk qadam bo`lganini ,til davlat jamiyat va xalq  hayotida qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi .

     

    Ahillik ulug`- baxt

    Navoiy viloyati Navbahor tumani  36- umumiy o`rta ta`lim maktabida  23-28 oktabr  kunlari “Xalqaro maktab  kutubxonalari kuni” munosabati bilan maktabning 3- “B” sinf o`quvchilari o`rtasida   kitobxonlik ma`daniyatini  oshirish maqsadida “Ahillik ulug`- baxt “ ertagi asosida sahna ko`rinishi.

    Navoiy viloyati Navbahor tumani  36- umumiy o`rta ta`lim maktabida  23-28 oktabr  kunlari “Xalqaro maktab  kutubxonalari kuni” munosabati bilan maktabning 3- “B” sinf o`quvchilari o`rtasida   kitobxonlik ma`daniyatini  oshirish maqsadida  “Ahillik ulug`- baxt “ ertagi asosida 25- oktabr kuni  3 -“B”sinf o`quvchilari  bilan birgalikda  “Ahillik ulug`- baxt “ ertagini  o`quvchilar rollarga bo`linib ijro etdilar.

    Aftor: Qalandarov SHohjaxon

    Ota:   Quvvatov Azizbek

    Donishmand: Shodiyev Zuhriddin

    O`g`illari: Bozarboyev Sardor, O`ktamov Shohjaxon, Usmonov Asliddin, Raxmonov Xondamir, Rasulov Xumoyun, Toshpo`latov Ozodbeklar o`ziga  berilgan rollarni maromiga yetkazib ijro etdilar.

    Ushbu sahna ko`rinishi orqali o`quvchilar  bir- birlari bilan ahil ,inoq,do`st bo`lish  fazilatlarini o`rganishga harakat qildi. Tadbir  maktab kutubxonachisi N. Umarova hamda sinf  rahbari  bilan birgalikda tashkil etildi. Ushbu  tadbir   o`quvchilarning  kitob mutolaa ma`daniyatini oshirishga katta  yordam berdi Tadbirda   16 nafar o`quvchi hamda 2 nafar  o`qituvchi ishtirok etdi.

    Maktab MMIBDO`:                                O. Xudoyberdiyev

         Maktab kutubxonachisi :                              N. Umarova

                Sinf rahbari :                                           M. Norboyeva

     

     

     

     

     

     

    Ona tili- millat ko`zgusi

    Boshlangich sinf oqituvchisi Ochilova N.

    2017- yil 20 oktabr kuni 36- maktabning 2- sinfida ona tilimizga “Davlat tili”  maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan “Ona tili- millat ko`zgusi” mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o`tkazildi. Tarbiyaviy soatda o`quvchilar ona tili haqidagi ajoyib she`r va qo`shiqlari va milliy raqslari bilan qatnashdilar.

    To jahon boricha baxting bor bo`lgay,

    Osmoning hamisha beg`ubor bo`lgay.

    Istiqloling mangu barqaror  bo`lgay

    Yurtboshimiz mehri doim yor bo`lgay.

    O`zingsan borligim, jon tilim mening

    Jonlar fido senga, Boy tilim mening

    AN’ANALAR VA URF-ODATLAR

    36-umumta’lim maktabi o`qituvchisi.
    Mustafoyeva Nigora.
    Ma`lumotlar «Kitob.uz» saytidan olindi.
    AN’ANALAR VA URF-ODATLAR
    O’zbek oilasining asosiy o’ziga xos xususiyatlari mehmondo’stlik va yoshi kattalarga an’anaviy hurmat-ehtiromli muomala qilishdir. O’zbeklar odatda bir nechta avlodlardan iborat bo’lgan katta oilalar tarkibida yashaydi, shuning uchun ular ko’proq hovlisi bo’lgan katta uylarni yoqtirishadi. Maishiy hayotida mehmondo’stlikning bir qismi bo’lgan choyxo’rlik marosimi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda choy damlash va uni mehmonlarga quyib berish faqat mezbonning mutlaq huquqi bo’ladi. Tushlik yoki kechki ovqatga takliflarni doimo qabul qilish va o’z vaqtida kelish qabul qilingan. Mehmonga kelayotganda o’zi bilan birga mezbonning bolalari uchun suvenirlar yoki shirinliklarni olgan yaxshi. Odatda faqat erkaklar bilan qo’l berib so’rashishadi. Ayollar hamda uzoqroq o’tirgan kishilar bilan o’ng qo’lini yuragiga qo’yib, boshini ohista egib salomlashish lozim. Qo’l berib so’rashish paytida an’anaga ko’ra kishining salomatligi, ishda va uydagi ishlari ahvoli to’g’risida so’raydilar. Qishloq joylarda mehmon kelgan paytda ayollar odatda erkaklarning suhbatiga xalal bermaslik uchun ular bilan bir dasturxonga o’qtirmaydilar. Ayollarning go’zalligiga qoyil qolish va ularga jiddiy e’tibor berish qabul qilinmagan. Turar joy xonasiga kirishda poyafzal yechiladi. Mezbon ko’rsatadigan o’ringa o’tirish kerak. Bunda ushbu joy kirishdan qanchalik uzoqda bo’lsa, shunchalik hurmatli bo’ladi.

    Urf-odatlar
    O’zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo’yi o’zbeklar millatining tashkil etopishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg’unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o’ta o’ziga xos, yorqin va turli-tuman bo’lib, urug’chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko’pchiligi oilaviy hayotga oid bo’lib, bolaning tug’ilishi va tarbiyasi (beshik to’yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to’yi, to’y) bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi. Islom qabul qilinganidan beri ko’pgina oilaviy-maishiy urf-odatlar uning ta’sirida o’zgargan, o’zbeklarning hayotiga musulmon diiy marosimlari kirib kelgan. Juma kuni bayram kuni hisoblanadi va shu kuni barcha yig’iladigan masjidda umumiy namoz (duo) o’qiladi. Patriarxal urf-odatlar masjid, choyxonalar, bozorda o’tadigan hamda faqat erkaklar ishtirok etadigan ijtimoiy hayotda hozirgacha ham yashamoqda.

    Beshik to’yi
    Beshik to’yi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog’liq bo’lib, nishonlanadigan marosimli bayramdir. Bu eng qakdimgi va O’zbekistronda eng keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu to’y chaqaloq tug’ilishining 7-, 9-, 11- kuni o’tkaziladi. Turli viloyatlarda marosim o’zicha xususiyatlarga ega bo’ladi va oilaning boyligi darajasiga bog’liq bo’ladi: o’ziga to’q oilalar odatda bu to’yni katta ko’lamda o’tkazadi, kambag’al oilalar esa uni kamtarona nishonlaydilar. Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur andomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o’yinchoqlar o’rab beriladi. Chaqaloqning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg’alar tayyorlanadi. Boy bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg’alar transport vositasiga qo’yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog’ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo’natiladi. An’anaga ko’ra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o’ng yelkasiga qo’yadi, keyin o’g’lining o’g’ yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. O’tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo’lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirgan paytda qo’shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka solish marosimi o’tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko’rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg’alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.

    Xatna qilish
    Xatna qilish to’yi – islom tomonidan muqaddas deb e’zozlangan yana bir qadimiy o’zbek odatidir (sunnat to’yi). Bu marosim o’g’il bolalar uchun 3, 5, 7, 9 yoshga kirganda, kamdan-kam hollarda 11-12 yoshda o’tkaziladi. Sunnat to’yining o’tkazilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. O’g’il bolaning tug’ilgan paytidan boshlab uning ota-onasi asta-sekinlik bilan kerakli narsalarning hammasini sotib olib, sunnat to’yiga tayyorgarlikni boshlaydilar. Ko’pincha oddiygina «to’y» ham ataladigan marosimning o’tkazilishidan bir necha oy avval unga bevosita tayyorgarlik boshlanadi. Qarindoshlar va qo’shnilar ko’rpalarni tikishda, to’y sovg’alarini tayyorlashda yordam beradilar. Bularning hammasi ko’p bolali onalarga topshiriladi. To’ydan avval mahallada yashovchi oqsoqollar, masjidning imomi va qarindoshlarning huzurida Qur’on o’qiladi. Dasturxon yoziladi. Shundan keyin Qur’ondan suralar o’qiladi va oqsoqollar o’g’il bolaga duo o’qiydilar. Shundan so’ng katta «to’y» boshlanadi. «To’y» dan avval bolaga qo’shnilar, oqsoqollar, qarindoshlarning oldida sovg’alarni, zar tikilgan kiyimlarni kiydirishadi. O’tmishda toychoqni sovg’a qilish rasm bo’lgan edi, bolani endilikda u jangchi bo’lganligini bildirib, unga bolani o’tqazar edilar. Hamma o’g’il bolani tabriklab, unga pul va shirinliklar sepadi, keyin bularning hammasi ichkarida, ayollarning xonalarida davom etadi. Shu kunning o’zida ayollaring davrasida «taxurar» — ko’rpalar, yostiqlarni supaga taxlash marosimi o’tkaziladi, buni odatda ko’p bolali ona bajaradi. Marosimni mo’l-ko’l dasturxon, jumladan bayram oshi tamomlaydi. An’anaga ko’ra oshdan keyin kechqurun hovlida katta gulxan yoqiladi va odamlar gulxan atrofida o’ynaydilar, turli o’yinlarni uyushtiradilar. Ertasiga bayram davom etadi.

    Fotiha to’yi
    Nikoh ota-onalarning ruxsati va duosi bilan, bir necha bosqich qilib o’tkaziladi. O’g’il voyaga yetganda ota-onasi unga mos keladigan qizni izlay boshlaydilar. Bu jara1yonga yaqin qarindoshlari, qo’shnilari, oshnalari ham kirishadi. Qizni topgandan keyin yigitning xolalari yoki ammalari qizning uyiga uni ko’rish, ota-onalari bilan va ehtimoliy kelinning uydagi ahvoli bilan tanishish uchun biror bahona bilan kiradilar. Shundan so’ng qo’shnilari va tanishlari tanlangan qizning oilasi haqida surishtiradi. Ijobiy javob olingan holda uyga sovchilar yuboriladi. Sovchilikning asosiy marosimlaridan biri fotiha to’yidir. Sovchilar fotiha qilinadigan kunni belgilaydilar. Shu kuni qizning uyida atrofdagi taniqli oqsoqolar, mahalla oqsoqoli, qizlar yig’iladi. Sovchilar o’zining kelish maqsadini bayon etganlaridan keyin «non sindirish» marosimi boshlanadi. Shu paytdan boshlab yoshlar bir-biri bilan bog’langan, fotiha qilingan deb hisoblanadi. Fotiha to’yi nikoh tuziladigan va to’y o’tkaziladigan kunni tayinlash bilan tugaydi. Sovchilardan har biriga ichita ikkita non, shirinliklar bo’lgan dasturxon beriladi, shuningdek qiz tomonidan yigitga va unning ota-onalariga sovg’alar berib yuboriladi. Sovchilar kuyovning uyiga qaytganidan keyin ularning qo’lidan sovg’alar qo’yilgan patnislarni olib, «sarpo ko’rar» marosimini boshlaydilar. Dasturxon odatda ko’p bolali ona tomonidan ochiladi. Barcha yig’ilganlar kelining uyidan keltirilgan pishiriqlar, shirinliklardan bahramand bo’ladilar. Fotiha to’yidan boshlab va to to’yning o’zigacha yoshlarning ota-onalari qalin, sep masalalarini va to’y tantanasi bilan bog’liq tashkiliy masalalarni hal etadilar. To’ydan bir necha kun avval qiznikida «qiz oshi» marosimi o’tkaziladi, unga qiz o’zining yaqinlari va o’rtoqlarini taklif etadi.

    Nikoh to’yi
    Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o’zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo’la turib, u turli viloyatlarda o’zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o’tishi paytidir. To’y kuni kuyovnikida to’y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o’tkaziladi. To’y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o’qiydi, shundan so’ng ular xudo oldida er-xotin deb e’lon qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Odatda nikoh o’qilganidan so’ng yoshlar o’zining fuqarolik nikohini qayd etish uchun ZAGS ga boradi. To’y kuni kelinnikida kuyovga sarpo (to’yga sovg’a qilingan kiyimlar va poyafzal) kiydiriladi, shundan so’ng kuyov o’z oshnalari bilan kelinning ota-onasi huzuriga salom berish uchun boradi. Kuyovning oshnalari bilan qaytganidan so’ng kelin ham keladi. Kuyovning uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota-ona bilan xayrlashish marosimi bo’lib o’tadi. Kelin bilan birga yaqin o’rtoqlari ham boradi. Ular qo’shiqlarni aytadilar («O’lan» va «Yor-yor» qo’shiqlari). Kelinni kuyovning uyida kutib olishdan haqiqiy to’y boshlanadi. To’y tugaganidan keyin kuyov kelinni ikki yosh uchun ajratilgan xonaning eshigigacha kuzatadi. Xonada kelinni «yanga» (odatda kelinga yaqin bo’lgan bir ayol) kutib oladi, kelin boshqa kiyim kiyadi va chimildiq (go’shanga) ortida turib, kuyovni kutib olishga tayyorlanadi. Bir qancha vaqtdan keyin kuyov oshnalari bilan birga xonaga yaqin keladi va yangia bilan birga uni kelin kutib turgan gushanga oldiga boradi. Kelinning oldiga kirish uchun u kelinni yangadan ramziy sotib olishi lozim, ular savdolashadi. Shundan keyin kuyov-kelin tuni bilan birga qoladilar. Ertalab azonda «Kelin salom» marosimi boshlanadi. Marosim boshlanishiga yaqin hovlida kuyovning ota-onasi, barcha yaqin qarindoshlari, kuyovningoshnalari va yaqin qo’shnilari yig’iladi. Ularning hammasi navabti bilan kelinning oldiga kelib, o’zining tilaklari, sovg’alari va duolarini baxshida etadi. Kelin har bir kishiga beligacha egilib salom berishi lozim. Shu tariqa bayram tugab, oilaviy hayot boshlanadi.

    Ertalabki osh
    Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to’g’rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o’rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo’lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo’ladi. Ertalabki namoz tugagan paytda karnay-surnay va nog’ora ovozlari ertalabki osh boshlanganidan xabardor etadi. Mehmonlar dasturxonga o’tirib, fotiha o’qiganlaridan keyin ularga non va choy tortiladi. Shundan keyingina laganlarda ikki kishiga birlagan hisobidan osh olib kelinadi. Ovqatdan keyin laganlar olib quyiladi, mxmonlar yana fotiha o’qib, mezbonga minnatdorchilik bildirib ketadilar. Ular ketganidan keyin dasturxon tezgina yangi mehmonlarning tashrifi uchun tuzatiladi. Ertalabki osh odatda ko’pi bilan bir yarim-ikki soat davom etadi. Shu vaqt mobaynida taklif etilgan artistlar qo’shiq aytadilar. Ertalabki osh tugaganidan keyin faxriy mehmonlarga sovg’alar – odatda choponlar (milliy erkak to’nlari) beriladi. Aza paytidagi ma’raka oshi shu bilan farq qiladiki, mehmonlar dasturxonga o’tirganlarida Qur’on suralarini o’qiydilar va o’lgan odamni xotirlaydilar. Ovqat tugaganda ham Kur’on suralari o’qiladi. Ma’raka oshida artistlar chaqirilmaydi, dasturxon bayram to’y oshiga qaraganda kamtarroq bezatiladi. Shuni aytib o’tish lozimki, bayram to’y oshi va ma’raka oshida faqat erkaklar xizmat qilib yuradi.

    Bayramlar
    Eng muhim davlat bayrami – Mustaqillik kuni 1 sentyabrda tantanali nishonlanadi. Har yili 8 dekabr kuni 1992 yilda mustaqil O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi xotirasiga nishonlanadi. qo’pgina boshqa davlatlardagidek, 9 mayda G’alaba kuni – Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi. Ro’za tugashi bilan bog’liq bo’lgan bayram – ramazon hayit va qurbon hayit keng bayram qilinadi. Qurbon hayit eng ahamiyatli musulmon bayramlaridan biridir. Shu kuni belgilangan marosimlar va urf-odatlarni bajarganlaridan keyin musulmonlar mehmonlarga boradi yoki o’zi mehmon kutadi, kasallar, yolg’izlarga yordam beradi, yaqinlariga rahmdillik qiladi. «Ramazon hayit» — ma’naviy va ruhiy poklanish bayrami nihoyatda go’zaldir. U islom qonunlariga ko’ra musulmon hijriy yilning 9-oyiga to’g’ri keladigan 30 kunlik ro’za tugaganda boshlanadi. Bshu bayram kunlari o’lganlarni xotirlash kasallar, qarilarni ziyorat qilish, xayriya va boshqa ezgu ishlarni qilish odat bo’lgan.

    Navro’z bayrami
    Eng qadimiy xalq bayrami bo’lgan Navro’z («Navro’z bayrami») 21 mart kuni, bahor kunu-tun tengligi paytida nishonlanadi. Bu tabiatning uyg’onishi, ekin ishlarining boshlanishi bayrami bo’lib, marosimlarida zardushtiylik alomatlari saqlanib qolgan. Qadimgi O’zbekistonning ziroatchilik vohalarida har bahor faslida katta sayllar, bayramona bozorlar tashkil etilgan. An’anaga ko’ra uylarda hozir ham «bo’g’irsoq» pishiriladi va marosim taomi – «sumalak» tayyorlanadi. Bayramdan keyin odatda daladagi ekin ishlari boshlangan, ularning paytida ham o’tmishda turli urf-odatlar va marosimlar bajarilar edi: dalaga chiqishdan avval ho’kizlarning shoxxlari va bo’yinlariga moy surtiladi. Birinchi egatni mahallaning eng e’tiborli va qari a’zosi o’tkazadi. Davlat mustaqilligi davri mobaynida Navro’zni nishonlash yangicha ko’lam va teranlikka ega bo’ldi. U do’stlik, barcha xalqlarning birlashuvi, aka-ukaligining umummilliy bayramiga aylandi. Yorqin rang-barang teatrlashtirilgan tomoshalarda Navro’zning falsafiy-shoirona talqini, uning xalq tarixidagi o’rni anglab ko’rsatiladi.

    Kiyim
    Mahalliy xalqlar kiyimlarining o’ziga xosligi azaldan iqlimiy, maishiy sharoitlar va urug’-qabila an’analari bilan belgilanar edi. XIX asrdayoq kiyim (to’nlar, ko’ylaklar, yaktaklar) arxaik xususiyatlarga ega edi: keng, butunligicha bichilgan, uzun kiyim bo’sh tushib turib, inson tanasining shakllarini yashirib turar edi. Kiyim bir tariqa tikilgan: erkaklar, ayollar, bolalarning kiyimlari, yozgi va qishki kiyimlar shakli va bichilishi, tikilishi o’xshash bo’lar edi. An’anaviy milliy erkak kiyimi belbog’ bilan bog’langan, qavilgan issiq to’n – chopon, do’ppi nomli bosh kiyimi va nafis charmdan tikilgan etikdan iborat edi. Erkaklar to’g’ri bichilgan yaktaklar, ostki va ustki choponlarni kiyar edilar. Chopon yengil yoki issiq, paxta qo’shib qavilgan bo’lishi mumikn edi. Chopon yonidan yurish va yerda o’tishi oson bo’lishi uchun kesiklar bor edi. Chopon odatda belbog’ — qiyiqcha ro’mollari bilan bog’lanar edi. Bayramona milliy kiyim har kungidan foydalangan matolarning go’zalligi va nafisligi, bezaklari va kashtalari kabilar bilan ajralib turar edi. Ayollarning milliy kiyimi chopon, to’g’ri bichilgan va xonatlasdan tikilgan qulay ko’ylakdan, pasti torayib boradigan keng yupqa ishton – lozimdan iborat. Ayolning bosh kiyimi uchta asosiy qismidan tarkib topgan: qalpoqcha, ro’mol va kallapo’sh. bayramona ayol kiyimi tikilgan matolarining nafisligi va chiroyliligi bilan ajralib turadi. Bolalarning kiyimlari kattalar kiyimini takrorlab edi. Umumiy xususiyatlari bilan birga har bir tuman yoki qabiladagi kiyimlar ishlatiladigan matosi, bichish shakli va usuli va shu kabilardan iborat bo’lgan farqli xususiyatlariga ega bo’lgan.
    Bosh kiyim (do’ppi)
    O’zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri har doim do’ppi – adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo’lgan edi. Do’ppi o’zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo’lib, o’zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do’ppi (turkcha tepa so’zidan) nafaqat o’zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do’ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Keksa ayollar bu bosh kiyimni kiymaydilar. Bolalarning do’ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do’ppi, kallapo’sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko’pligi bilan farqlanadi. O’zbek do’ppilarining eng ko’p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to’rt qirrali do’ppilardir. Do’ppilar bikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki odiiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do’ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do’ppi tikish san’atini avvaldan ayollar o’rganar edi. Do’ppilardagi eng ko’p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo’lgan bodom naqshi kiradi. Do’ppilarningnaqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez-tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar o’zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari bilan farqlanadi. O’zbekistoning ko’pgina tumanlarida chust do’ppilari eng ko’p uchraydi. Chust do’ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to’rt dona qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo’lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan o’ralgan. Do’ppining uchta turi mavjud – dumaloq, to’rt qirrali dumaloq do’ppilar va cho’zinchoq qalpoqcha. Chust do’ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to’la, mo’ylovchasi kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg’ona vodiysi do’ppilarining boshqa turlari – «Sandali», «Akka ikki so’m», «Chimboy», «Surkachekma» va boshqalar naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do’ppilari «piltado’zlik» uslubiyotida bajarilgan. Do’ppilarning boshqa turlari ham bor urgutcha «qalpoq», Buxoroning zar tikilgan do’ppilari, shahrisabzcha «gilam do’ppi», Kitol va Shahrisabz do’ppilari «sanama» va «chizma», «taq’ya», «tayxa», «chumakli», «kush» – Xorazmning erkaklar va ayollar do’ppilari. Do’ppilarda eng ko’p tarqalgan naqshlar qalampirnusxa do’ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go’zallik ramzi), muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.

    Ustozlar

    Ustozlar

     

    36-umumiy ta’lim maktabi biologiya

    fani o’qituvchisi Bobonova Gulshoda

     

    Ustozlar hayotning naqshidir go’yo

     

    Yaralgan bayotning aslidir go’yo

     

    Sabog’ingiz ertanning baxtidir go’yo

     

    Qadrli ustozlar aziz ustozlar.

     

     

    Biz ibrat olamiz so’zlaringizdan

     

    Har on mehr yog’gan ko’zlaringizdan

     

    Ollox ayirmasin o’zlaringizdan

     

    Mehribon ustozlar aziz ustozlar.

     

     

    Navoiy viloyat Navbahor tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi