Олийжаноб инсоний фазилатлар соҳиби

И.Каримов расм

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 12 январдаги «Ўзбекистон Республикасининг  биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримов таваллуд топган кун -30 январ санасини нишонлашга тайёргарлик кўриш ва ўтказиш тўғрисида»ги ЭДО-08/1-917сонли баёни ижросини таъминлаш мақсадида мактабнинг барча синфларида очиқ дарслар ташкил этилди ҳамда 8-9 синф ўқувчилари билан «Олийжаноб инсоний фазилатлар соҳиби» мавзусида давра суҳбатлари ўтказилди.

20170130_100852 20170130_101102 20170130_140920

Vatan himoyachilari kuniga!

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni

 

BIZLAR — KICHIK ASKARLAR

 

 Bayramona bezatilgan sahna. To’rda Vatan himoyachilari, botir askarlarimiz, davlatimiz qurolli kuchlari aks etgan suratlar. Mard, jasur o’glonlar Ona yurti tayanchi ekanligi e’tirof etilgan vatanparvarlik ruhidagi shiorlar, hikmatli so’zlar, hadislardan namunalar yozilgan plakatlar osilgan. Musiqa sadolari ostida sahnaga harbiycha kiyingan o’g*il, qizlar shaxdam qadamlar bilan chiqishadi va safda tizilib turishadi. Tadbir o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi.

o’qituvchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar! Bugungi 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbirimizga

Hamma: Xush kelibsiz!

Hamidjon — Barchangizni ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.

Guulruh, Durdona Ona Vatanni  sharaflab she’r aytadilar.

Gulruh

Shukrona aytamiz,

Ulug* kunlarga.

Ma’noga, mazmunga,

To’liq kunlarga,

Farovon, nurafshon,

Qutlug* kunlarga.

Hamma: Ey, ozod diyorim -o’zbekistonim,

Ey, obod diyorim — Cfzbekistonim!

Durdona

Ko’k tagida quyosh bayrog’im

o’par,

Madhiyamni bugun tinglaydi jahon.

Ona o’zbekiston ko^ksimda urar, U — qondir, u — jondur,

u — hayot, vijdon.

 Hamma: Keng jahonda

Jaranglasin  madhiyam

So’zi dono, kuyi ma’no madhiyam.

Tadbir ishtirokchilari jo’r bo’iishib madhiyani kuylashadi.

Samandar : Muhtaram ustozlar, hurmatli ota-onalar, opa-singillar, qadrli do’stlar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida koYib turganimizdan behad mamnunmiz!

Hamidjon: 1992-yil 14-yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini tashkil etish haqida»gi 0’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning farmoni e’lon qilindi.

Shunga ko’ra biz har yili 14 -yanvarni Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlaymiz.

Hamidjon:Tadbir ishtirokchilari

 O’zbekistonni sharaflab she’r aytadilar.

Fayoz:

O’zbekiston, tengsiz jahonim, Jahonlarga bermasman seni. Istiqlol chin, sharafing o’zga, Zamonlarga bermasman, seni.

Sunnat:

Kindik qonim to’kilgan tuproq, Har narsadan muqaddas o’zing. Shukronasiz, ko’rnamak, olchoq, Shaytonlarga bermasman, seni,

Ahilbek:

Muhabbating bilan tug’ildim, Bag’ringda erk topdim, onajon. Saqlagayman iymon tug’ini, Olchoqlarga bermasman, seni

Charos:

O’zbekiston — Turon yulduzi, Sen do’stlarning ko’rar ko’zisan. Chiroy ochar sendan yer yuzi,

Yomonlarga bermasman, seni

Jasur:

Oqdi qancha-qancha ko’z yoshlar,

Kesildi ne begunoh boshlar. Farzandlarning qonlarin so’rgan, Ilonlarga bermasman, seni.

Diyorbek:

Aziz Vatan! Bashar quvonchi!

Paxtangday oq, oydin yo’llaring.

Suyanch togMm, komil ishonchim,

Yomonlarga bermasman, seni.

Hamidjon: Vatan haqida qo’shiq yangraydi.

Hamidjon: Hozir do^stlarimiz o’zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari, armiya, mudofaa xizmati haqida qisqacha ma’lumot berib 0’tadilar.

Mehriddin: Qomusimizning fuqarolarning burchlari tovg’isidagi 11-bobida o’zbekiston Respublikasini himoya qilish — o’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchi ekanligi ko’rsatib qo’yilgan.

Shohruh:Shuningdek, Konstitutsiyaning 125-, 126-moddalarida ham davlatimizning mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadida yetarli darajada Qurolli kuchlariga, armiyasiga egaligi ta’kidlab o’tilgan.

Ziyodulla— Armiya — lotincha so’z bo’lib, har bir davlatning quruqlikdagi qo’shinlaridir. Armiyamizga Davlatning qurolli kuchlari, turli qo’shin turlarining qo’shilmalari va ayrim qismlardan tashkil topgan tezkor-operativ birlashmalar, umumqo^shin, tank, havo armiyasi va boshqa qo’shinlar kiradi.

Sarvinoz: Mudofaa  o’zbekiston davlatini, uning hududi, chegaralari, xalqi va boyliklarini dushmandan himoya qilishdir. Agar mamlakatimizga qo’qqisdan dushman hamla qilgudek boMsa, unga qarshi hujumga oYishdir.

Shohjahon: O’zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari:

  1. Quruqlikdagi barcha qo’shinlar;
  2. Harbiy havo kuchlari;
  3. Havo hujumidan mudofaa qo’shinlari;
  4. Maxsus va muhandislik -qurilish qo’shinlari;
  5. Chegara qo’shinlari;
  6. Milliy gvardiya, ya’ni saralangan qo’shinlardan iboratdir.

Hamidjon: Diyorbek  «Askar akamlar» she’rini aytadi.

Sevinch: Butun dunyo istiqlol tufayli CTzbekiston mamlakatini, o^zbek millatini tanidi, tan oldi. Bu borada Yurtboshimiz I.A.Karimovning xizmatlari beqiyosdir.

Shahzoda: Bugun jahonda o’zbek xalqining yaratgan samolyotlarini, avtomashinalarini, traktorlarini, elektron uskunalarini, toYjimachilik sanoati mahsulotlarini ko’rib, ishlatib, ularning yaratuvchilariga tan berayotgan-larning son-sanogvi yo’q.

Hamidjon: Dunyoda ona-yurtini himoya qilishdan ortiq muqaddas burch yo’qdir. Vatanni himoya qilish — o’z ota-onasini, oilasini, uyini, xalqini himoya qilish demakdir.

Buning uchun har bir yigit-qiz yoshlikdan qo’rqmas, jasur, jismonan baquvvat, soglorn, eng asosiysi, vatanparvar bo’lib ulg’ayishi kerak. Ona-Vatanimizning ertasi, uning gullab yashnashi, chegaralarimizning mustahkam qo’riqlanishi biz, yoshlarning qo’limizda. Kelajakda bizlar ham akalarimiz kabi ona-Vatanimizning qo’rqmas, jasur, mard posbonlari bo’lib yetishmogvimiz kerak.

Shu bilan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan qisqacha tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat!

Vatan himoyacilari kuni

Слайд1

Navoiy viloyati Navbahor tumani 36-umumiy o`rta ta`lim maktabida 14-yanvar “Vatan himoyachilari  kuni”

hamda O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarini tashkil        etilganligini 25 yilligi  munosabati  bilan  bir qancha iobratli ishlar amalga oshirildi.

 

Maktabimizda 2016-yil 15-dekabrdan 2017- yil 14-yanvargacha “Vatan himoyachilari  kuni” munosabati bilan  o`tkaziladigan “Harbiy vatanparvarlik” oyligi davomida  quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Ushbu bayramni ko`tarinki  ruhda o`tkazish maqsadida   maktabning 2017-yil 5-yanvardagi  41-sonli buyrug`i   chiqarilib, ishchi guruh tarkibi  tuzildi. Maktabda buyruq  asosida  tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.O`zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz- faxr-u g`ururimiz! shiori  ostida tadbir reja asosida  15-dekabrdan 14-yanvargacha  harbiy vatanparvarlik oyligi saflanish tadbirida  e`lon qilindi. Maktabning  kirish joyiga ushbu  bayramni aks ettiruvchi  banner  chiqarildi va  barcha sinflarda devoriy gazetalar  tashkil etildi. Shuningdek, oylik davomida  maktabimizda  turli  mavzularda  ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazildi. Jumladan, maktabimizda  ta`lim olib ish  faoliyatini  yurtimizdagi harbiy qismlarda  o`tagan o`quvchimiz “Mardlik” ordeni sohibi  Uchqun Norov, ko`p yillar IIBda faoliyat yuritgan Qo`ziyev Nuriddin, Turdiyev Shavkat  akalar hamda o`z yigitlik burchini o`tab kelgan askar o`quvchimiz To`raqulov Dostonlar bilan keng miqyosdagi uchrashuv va davra  suhbatlari o`tkazildi.

Keksalik gashtini surayotgan  IIBda  faoliyat yuritgan  Qo`ziyev Nuriddin va  Turdiyev Shavkat  bobolarimizdan qiziqarli savollarimizga javoblar oldik

14-yanvar – Vatan himoyahilari  kuni  hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil  topganligini 25 yilligi munosabati  bilan maktabimizning  2-4 sinf o`quvchilari  o`rtasida “Men askar bo`laman” mavzusida  diktantlar tanlovlari, 5-7 sinf o`quvchilari o`rtasida “Mening  armiyam – mening faxrim” mavzusida bayonlar va 8-9 sinf o`quvchilari o`rtasida “O`zbek yigiti – mardlik posboni” mavzusida insholar tanlovlari  bo`lib o`tdi.

Maktabning bashlang`ich sinflari o`rtasida “Askar akamga maktub”mavzusida maktublar hamda uyqori sinf o`quvchilari o`rtasida “Bugun bolaman, ertaga askar bo`laman” mavzusida rasmlar tanlovlari o`tkazildi.

14-yanvar –“Vatan himoyachilar kuni” hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi munosabati bilan turli xil  sport musobaqalari  tashkil etildi.  Maktabning 5-9 sinf  o`quvchilari o`rtasida futbol va yengil atletika sport turidan  sport musobaqasi bo`lib o`tdi.

Maktabda 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil 14-yanvargacha “Harbiy vatanparvarlik ”oyligi davomida o`tkazilgan tanlovlarda g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilar 14-yanvar kuni “Ajdodlar qahramonligi yoshlarga ibrat”mavzusida o`tkazilgan tadbir so`nggida

rag`batlantirildi.

 

Maktabda 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil 14-yanvargacha “Harbiy vatanparvarlik” oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar fotolavhalarga olindi.

 

 

 

MMIBDO`:                             O. Xudoyberdiyev

 

“Prezident archasi 2017”

567

Maktabda  “Prezident archasi 2017”tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha Navoiy viloyati xalq ta`limi boshqarmasining 2016-yil 1
2-dekabedagi 260-sonli buyrug`i asosida maktabning  buyrug`i chiqarildi maktab buyrug`iga asosida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Tadbirlar rejasiga ko`ra maktabda xushyorlikni oshirish maqsadida 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil 10-yanvargacha kuchaytirilgan navbatchilik jadvali ishlab chiqildi,maktab havlisidagi 3 dona archa daraxti munosib tarzda bezatilib yangi yilni aks ettiruvchi banner chiqarildi.Tadbirlar rejasida belgilanganidek barcha sinflarda devoriy gazetalar chiqarilib archa daraxtlari bezatilib sinf xonalari bayramona tusga kiritildi
Barcha sinflarda tadbirlar rejasida belgilanganidek 15-dekabrdan 24-dekabrgacha har bir sinfda belgilangan mavzularda  tadbirlar tashkil qilindi. Maktabimizda “Prezident archasi 2017”tadbiri munosabati bilan rasmlar tanlovlari o`tkazildi. Maktabimizda ta`lim olayotgan kam ta`minlangan va yarim yetim o`quvchilar ro`yxati tuzilib ushbu o`quvchilar rag`batlantirilib borildi.Tadbirlar rejasiga ko`ra maktabda 2016-yil 26-dekabr soat 9-00 dan 10-00 gach “Oppoq qorlar olib kelgin mustaqil O`zbekistonomga yangi yil” deb nomlangan tadbirga 9-sinf o`quvcghilari tomonidan qizg`in tayyorgarlik ko`rildi.Tadbirda ertak qahramonlari obrazlaridan foydalanshga alohida e`tibor qaratildi.
“Prezident archasi-2017”tadbiri yuqori saviyada o`tkazildi tadbirga bir guruh mehmonlar jumladan “Burqut”MFY raisi P. Rajabov.XTMFMTTEBdan I.Po`latov,tuman IIB  dan  O  Oblaqulov hamda maktab oto-onalar qo`mitasi raisi K.Boboqulovlar taklif etildi.Tadbir maktabimiz direktori G Achilovani   tabrik so`zi bilan boshlandi.Tadbirga taklif etilgan mehmonlar o`z tavbatlari bilan so`zga chiqib jajji bolajonlarni yangi kirib kelayotgan 2017-yil bilan qizg`in tabrikladi.Tadbir davomoda yangi yil qahramonlari “Qorbobo va qorqiz”larni kirib kelishi o`quvchilar quvonchlariga quvonch qo`shdi. Maktabimizda ta`lim olayotgan kam ta`minlangan ,yarim yetim o`quvchilar hamda barcha 1-sinf o`quvchilariga homiylar tomonodan tayyorlangan yangi yil sovg`alari qorbobo va qorqizlar ishtirokida ulashildi.
Maktabimizda “Prezident archasi 2017”tadbiri munosabati bilan o`tkazilgan rasmlar tanlovida 1-2-3-o`rinl;arni qo`lga kiritgan o`quvchilarga ham yangi yil sovg`alari ulashildi.Tadbir davomida maktabimizning MMIBDO` tomonida tashkil etilgan lototron shakilda o`tkazilgan lotariya o`yinlari tadbirda o`zgacha o`rin tutdi va omadlari yurishgan 38 nafar maktabimiz o`quvchilari yangi yil sovg`alarini egalariga aylanishdi
Maktabimizda “Prezident archasi 2017”tadbiri munosabati bilan amalga osghirilga ishla o`quvchilar qalbida o`chmas iz qoldirdi.Ushbu bayram davomida amalga oshirilgan ishlir fotolavhalarga olinib ommaviv axborot vositalariga chiqarish takliflari berildi va barcha analga oshirilgan ishlar malumotlari qayd etilib tegishli joylarga o`z vaqtidi yetazildi.

 

Erkin Vohidov –yurtiga munosib farzand

Erkin Vohidov chinakam o’zbek shoiri edi.El-yurtiga munosib farzand bo’lishni yuragiga mahkam tugdi.Va bu yo’lda samarali ijod qildi.O’z ijodida vatanparvarlik,insonparvarlik g’oyalarini ilgari surdi.Go’zal va ranggin g’oyalari bilan betakror ijod mahsulini yaratdi.Oddiygina kundalik hayotda kuzatiladigan hodisalar,insoniy tuyg’ular uning xayolot dunyosidan chetda qolmadi.shoir ezgu maqsad uchun qalam tutdi va bu yo’lda hormay-tolmay ijod qildi.

Qalam mangu hamroh bo’lding yo’limga,

Bir umrga hamroz bo’lding yo’limga.

Men shoirlik da’vosini qilmadim,

Ezgu maqsad seni tutdi qo’limga.

E.Vohidov donishmandona asarlari bilan avlodlar xotirasida abadiy yashaydi.

Yo`l qoidasi

10- noyabrdan 10- dekabrgacha “Yo`l qoidasi- umr foydasi” oyligi munosabati bilan “Piyodalar yo`laklarida harakatlanish” mavzusida maktabning  4- sinf o`quvchilari bilan davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatida 23 ta o`quvchi qatnashdi. Oylik munosabati bilan o`quvchilarga  piyodalar yo`laklarida harakatlanish va transportda yurish qoidalari haqida tushuntirib o`tildi. O`quvchilardan harakat  xavfsizligi oyligi munosabati bilan diktant olindi. Jamoat transport vositalarini bekatlarda kutish lozim.

Yo`lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmaslik kerak. Avtobus va boshqa transport vositalariga ular batamom to`xtagandan so`ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi.

Piyodalar yo`laklar belgilangan joylardan o`tish lozim. Zebra chiziqlari bor joylarda piyodalar o`tish uchun yo`laklar bo`ladi.

O`quvchilarga yo`l qoidasi va piyodalar haqida ko`rgazmalar asosida batafsil ma`lumotlar berildi. Dan xodimlaridan vakillar kelib o`quvchilarga tushunchalar berildi.

Sog`lom ona va bola yili

Respublika bolalar kutubxonasi

 

Ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari

mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“SOG‘LOM ONA VA BOLA –

MAMLAKATIMIZ TAYANCHI”

deb nomlangan 2016-yil “Sog‘lom ona

va bola yili”ga bag‘ishlangan

uslubiy tavsiyanoma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2016

  Ushbu uslubiy tavsiyanoma ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi tomonidan tayyorlandi.

  Respublika bolalar kutubxonasi ilmiy-uslubiyot kengashining yig‘ilishida 2016-yil  ___-martdagi  ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.

 

 

Nashr uchun mas’ul:

N.Abdusamatova – Ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limining bosh kutubxonachisi.

 

 

 

 

2016-yil “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan “Sog‘lom ona va bola – mamlakatimiz tayanchi” deb nomlangan uslubiy tavsiyanoma maktab ARMlari mutaxassislari va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada “Sog‘lom ona va bola yili”ning mazmun-mohiyati yoritilgan. Ushbu uslubiy tavsiyanomada 8-9-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Farzand aziz, ona mo‘tabar” mavzusidagi tadbir ssenariysi berilgan.

 

 

 

 

 

 

Sog‘lom avlod deganda, faqat jismoniy

sog‘lomlikni emas, balki sharqona odob-

axloq va umumbashariy g‘oyalar ruhida

kamol topgan insonni tushunamiz.

Islom Karimov

 

SOG‘LOM ONA VA BOLA –

MAMLAKATIMIZ TAYANCHI

 

Prezidentimiz Islom Karimovning taklifi bilan 2016-yil mamlakatimizda sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilindi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat ijtimoiy siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. O‘tkan yillar davomida milliylikni targ‘ib qilish, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltrish, aholining turmush farovonligini va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish maqsadida sog‘lom avlod tug‘ilishi va uning tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil ishlar amalga oshirildi. Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda 1998-yil “Oila yili”, 2000-yil “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil “Ona va bola yili”, 2008-yil “Yoshlar yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2014-yil “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga xizmat qilmoqda.

Buning samarasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasi xalqaro miqiyosda ham keng e’tirof etilmoqda.

2016-yil 9-fevralda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va oliyjanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida sog‘lom bolani shakllantirishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktab ta’lim muassasalari tarmog‘ini yanada kengaytirish, boshlang‘ich ta’lim sifatini kengaytirish, boshlang‘ich ta’lim sifatini tubdan oshirish hisobidan bolalarni maktabga tayyorlash darajasini yuksaltirish ilg‘or pedagogika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish vazifasi belgilangan.

Muxtasar aytganda, “Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so‘m va 194,4 million dollar yo‘naltiriladi. Bu boradagi ishlar va yangi tashabbuslarni amalga oshirishni izchil davom ettirish, shubhasiz, mamlakatimizda shakllangan onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Mustaqillikning ilk yillarida tug‘ilgan bolalarning yoshi 20 dan oshdi. Bugungi 20 yoshli o‘g‘il-qizlarning dunyoqarashi, fikrlash tarzi, rangi-ro‘yi, qaddi-qomati, yurish-turishi keskin farq qiladi. Hozirgi yoshlarda ichki dadillik, o‘ziga, ertasiga ishonch, qat’iyat bor. O‘zining fikrini erkin ifoda eta oladi, mustaqil fikrlaydi. Chunki ularning nasl nasabi toza, bu yorug‘ olamga kelib ilk bor tatigani o‘z onasining suti. Ular sog‘lom onalarning bolalari. Ular istiqlol farzandlari. Bugungi yoshlar el-yurt taqdiri, Vatan kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini anglagan, bu yo‘lda ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlardir. Ana shunday yoshlari bor mamlakat taraqqiyot yo‘lidan izchil borishiga, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligiga shubha yo‘q.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Prezident Islom Karimov – sog‘lom ona va bola haqida

 

  1. Sog‘lom, bilimli va fidoyi farzandlari bo‘lgan xalq albatta o‘zining buyuk kelajagini barpo etadi.

 

  1. Sog‘lom avlod deganda, faqat jismoniy sog‘liqni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz.

 

  1. Ona to‘g‘risida, uning farzandi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatimizning muqaddas burchidir.

 

  1. Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi.

 

  1. Sog‘lom bola sog‘lom va ahil oilaning mevasi bo‘lib, faqatgina sog‘lom onadan sog‘lom bola tug‘iladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Allomalarimiz sog‘lom ona va bola haqida

 

  1. Uch narsani uch narsa bilan topib bo‘lmaydi; boylikni orzu-havas bilan, yoshlikni pardoz-andoz bilan, sog‘liqni dori-darmon bilan.

Maqol

 

  1. Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra.

Maqol

 

  1. Baxt salomatlik samarasidir, shunday ekan, har bir dam tan-sihatini asramog‘i lozim.

Leonardo da Vinchi

 

  1. Yomg‘ir daraxt barglaridagi chang-u g‘uborni yuvgani kabi gimnastika jism g‘uborini tozalaydi.

Gippokrat

 

  1. Sog‘liq oltindan qimmat.

Vilyam Shekspir

 

  1. Badan tarbiya bilan shug‘ullangan, nojo‘ya ishlardan o‘zini tiygan odam tabobatga ortiqcha ehtiyoj sezmaydi.

Jozef Addison

 

  1. Men qoldirib ketayotgan zo‘r tabiblarimning biri – tozalik, ikkinchisi – parhez, uchinchisi – badan tarbiya, qolganlari – mijoz bilan kayfiyatdir.

Ibn Sino

 

  1. Salomatligini ehtiyot qilib yurgan odam o‘ziga nima foydaligini har qanday shifokordan yaxshiroq biladi.

Suqrot

 

  1. Ma’nan sog‘lom bo‘lish uchun jisman bardam bo‘lmoq kerak.

Lev Tolstoy

 

  1. Har bir istakning tub maqsadi – sog‘liqdir.

Ibn Rabbon at-Tabariy

 

  1. Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli – kasalsiz jasad lozimdir.

Abdulla Avloniy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Sog‘lom avlod – sog‘lom jamiyat negizi”

mavzusida kitob ko‘rgazmasini

tashkil qilish uchun mavzular

 

  1. “Sog‘lom ona va bola – mamlakatimiz tayanchi”.

 

  1. “Sog‘lom xalq, sog‘lom millat buyuk ishlarga qodir bo‘ladi”.

 

  1. “Ruhiyat sog‘ bo‘lsa, vujud salomat”.

 

  1. “Farzand – oila mustahkamligi, sulola davomiyligini taminlovchi rishta”.

 

  1. “Ona sog‘lom – millat bardavom”.

 

  1. “Sog‘lom avlod – barchaning va har bir kishining ishi”.

 

  1. “Sog‘lom avlod – bizning kelajagimiz”.

 

  1. “Sog‘lom avlod – sog‘lom jamiyat negizi”.

 

  1. “Farzand – aziz, ona – mo‘tabar”.

 

 

 

 

 

 

 

 “Farzand aziz, ona mo‘tabar”

mavzusidagi 8-9-sinf o‘quvchilariga

mo‘ljallangan tadbir ssenariysi

 

Tadbir “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan o‘tkaziladi.

Tadbir o‘tkazilgan zal mavzuga moslab bezatiladi. Sahna to‘riga mavzuga bag‘ishlangan allomalarning fikrlari aks etgan plakatlar, bannerlar osiladi.

Shuningdek, “Sog‘lom ona va bola yiliga” bag‘ishlangan adabiyotlar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalardan kitob ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Zalda ohangrabo kuy taralib turadi.

Kutubxona sharoitidan kelib chiqqan holda ssenariyga qisqartirish va qo‘shimchalar kiritish mumkin.

Tadbirga shifokorlarni, “Kamolot” YIH xodimlarini, yozuvchilarni, mahalla faollarini taklif etish maqsadga muvofiqdir.

Tadbirni ikkita boshlovchi olib boradi.

 

1-boshlovchi: Salomdan boshlanur hurmat-ehtirom,

Salomdir dunyoda eng shirin kalom.

Ey, aziz mehmonlar, dono ustozlar

Avvalo sizlarga salom-assalom!

 

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmat va ehtirom ila ushbu dargohga tashrif buyurgan aziz mehmonlar. Avvalambor, bugungi tadbirimizga “Xush kelibsiz” deymiz. Bugungi tadbirimiz 2016-yil “Sog‘lom ona va bola yili” munosabati bilan tashkil etilmoqda.

 

1-boshlovchi: An’anaga binoan muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2016-yilga “Sog‘lom ona va bola yili” nomi berildi.

 

2-boshlovchi: Ayollarga sharqona ehtirom va e’zoz ko‘rsatish, – dedi mamlakatimiz rahbari, – biz uchun ota-bobolarimizdan qolgan ibratli meros bo‘lib, biz bunday an’analarimizga doim sodiq bo‘lib yashaymiz.

 

2-boshlovchi: O‘zbek xalqi qadimdan mehribon, bir-biriga oqibatli, mehmondo‘st, bag‘rikeng xalq sifatida ajralib turadi.

 

1-boshlovchi: Xalqimiz azal-azaldan oilani mo‘tabar deb biladi. Oila shaniga o‘zining nomus va ori deb qaraydi, uni yod nazar, yomon ko‘zlardan asrab avaylaydi.

 

2-boshlovchi: Biz mustaqillikka erishganimizdan so‘ng sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalasini o‘zimiz uchun eng muhim, ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik.

 

1-boshlovchi: Haqiqatdan ham, mustaqillik yillarida oila, onalik va bolalik masalasi O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish bilan bog‘liq holda ko‘rinmoqda.

 

2-boshlovchi: Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatda barqaror tenglik va xavfsizlikni taminlash, farovon hayotni barpo etish kerak.

1-boshlovchi: 2016-yilda “Sog‘lom ona va bola” shiori ostida juda mukammal davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.

 

2-boshlovchi: “Sog‘lom ona va bola yili”da mamlakatimizda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar haqida ma’ruza qilish uchun so‘zga maktabimizning tarix fani o‘qituvchisi Qoraboyeva Maftuna Sobirovnani taklif etamiz.

 

Ma’ruza matni

O‘tmishni ko‘z o‘ngimizga keltiraylik. Erkaklar o‘z oilasini moddiy jihatdan ta’minlash uchun yelib-yugurgan bo‘lsalar, uy bekalari farzand tarbiyasi, ro‘zg‘or saranjom-sarishtaligi bilan band bo‘lishgan. Ma’rifatparvar ayollar esa mahalla hududida maktab tashkil etib, oila muqaddasligi, ota-ona va farzand o‘rtasida iliq munosabatni shakllantirish, oq-qorani farqlash, halol mehnat qilish har bir kishiga xotirjamlik baxtini ato qilishi haqida qizlarga saboq berishgan. Shubhasiz, eski maktab toliblari ilmli, ma’rifatli, tarbiyali bo‘lib voyaga yetishgan.

Buyuk allomalarimiz hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, Abu Ali ibn Sinoning onasi Sitorabonu, Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim, Navoiy bobomiz, bobur Mirzoning onalari o‘z zamonasining donishmand ayollaridan bo‘lganlar. O‘tmishda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimiz va katta qishloqlarda ochilgan eski maktablar donishmand ayollarning ma’rifat va ma’naviyat tarqatuvchi maskani bo‘lgan. Turkistonda zukko shoirlarning yetishib chiqishi ana shu maktablar faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ko‘hna tarix shundan saboq beradiki, o‘zbek ayollari qadim-qadimdan o‘zining ibosi, mehnatsevarligi, or-nomusi bilan o‘zgalarga o‘rnak bo‘lgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular o‘z davrining poklantiruvchi kuchi bo‘lgani uchun ham Sharq, xususan, o‘zbek ayollariga chuqur hurmat bajo keltirgan. Muborak hadislarda “Jannat onalarning oyog‘i ostidadir” deb aytilishining boisi ham shunda.

2016-yil 9-fevralda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. 2016-yilda davlat dasturini amalga oshirish uchun 7 trillion 483,3 milliard so‘m va 194,4 million dollar yo‘naltiriladi

Hujjatda “Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi” degan hayotbaxsh qadriyat va oliyjanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Barchamizga sog‘lom hayot, sog‘lom ong nasib etsin.

 

1-boshlovchi: Qiziqarli nutqingiz uchun raxmat.

 

2-boshlovchi: Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning o‘lmas misralarida keltirilgan yana bir haqiqat o‘tmishda ayol zotiga berilgan yana bir chiroyli ta’rifning ko‘zgusidir:

“Yuz tuman nopok erding yaxshiroq,

Pok xotunlar ayog‘ining izi”

1-boshlovchi: Tadbirimizni badiiy jihatdan boyitish maqsadida bir qancha musiqiy chiqishlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

 

2-boshlovchi: Hozir sahnaga maktabimizning sportchi o‘quvchilariga navbatni beramiz.

 

Maktabda tahsil oluvchi iqtidorli, sportchi o‘quvchilari musiqa sadolari ostida sport mashqlaridan bajaradilar.

 

1-boshlovchi: Yurtboshimiz tomonidan 2016-yilning “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishining barchamizga ayon bo‘lgan qator sabablari bor.

 

2-boshlovchi: Qadimda o‘zbek milliy tarbiya tizimi, milliy-madaniy merosimizda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ayol zotiga hurmat-ehtirom ko‘rsatilishi bizning davrimizga kelib tamoman yangi bosqichga ko‘tarilishini davr taqozo etmoqda.

 

1-boshlovchi: Ba’zi yoshlarimiz tabiatida radikal kayfiyatning, betgachoparlik, xudbinlik, bachkanalik kabi qusurlarning yuzaga kelayotganligi katta avlod vakillarida afsus-nadomad uyg‘otmoqda.

 

2-boshlovchi: Ayrim yoshi ulug‘lar esa turmush, hayot tashvishlarini bahona qilib, oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, ertangi kunimizning taqdiri va qismati bilan bog‘liqligini esdan chiqarib qo‘ymoqdalar.

 

1-boshlovchi: “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturining qabul qilinishi huddi shunday muammolarning yechimini topishga har tomonlama shart-sharoit yaratadi.

 

2-boshlovchi: Hozirgi navbat 8-sinf qizlari ishtirokidagi raqsga.

 

Maktabdagi iqtodorli qizlar tomonidan tayyorlangan milliy raqs ijro etiladi.

 

1-boshlovchi: Raqsga tushgan qizlarning harakati huddi qushlarning erkin parvoziga o‘xshaydi. Bu kabi iqtidorli qizlar safimizda ko‘payaversin.

 

2-boshlovchi: Hozir sahnaga turk shoiri Nozim Hikmatning “Bolalarga deymiz: “Ha!”” deb nomlangan she’rini o‘qish uchun maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilarini taklif etamiz.

 

1-o‘quvchi: “Shu zaminni bolalarga beraylik”,

Debdi bir kuni shoiri zamon.

Xo‘sh biz ne deb javob beramiz unga?

“Ha!” deymizmi yoki birga deymiz “yo‘q?”

 

2-o‘quvchi: Bolalarga bog‘lar, barcha kengliklar,

Shu qishloqlar, shahar-u daha

Bolajonlar quvonarmikan?

Bizlar deymiz: “Baxtli bo‘lar ha!”

 

3-o‘quvchi: Shu zaminning hamma burchidan

Chaqiriq so‘z kelar yagona:

“Bolalarning bari bizniki

Ular ichra yo‘qdir begona!”

 

4-o‘quvchi: Onalar ularga berar mehr-ziyo,

Otalar ezgulik kuch-u qudratin.

Kurrai zaminni ertakdek go‘yo

Yetdi bolalarga berish muddati.

 

5-o‘quvchi: Kattalar – biz mudom javobgar nechun?

Bolalarni xavfdan asramoq uchun.

Bolajonlar quvonarmikan?

Bizlar deymiz: “Baxtli bo‘lar ha!”

 

6-o‘quvchi: Shu zaminning hamma burchidan

Chaqiriq so‘z kelar yagona:

“Bolalarning bari bizniki

Ular ichra yo‘qdir begona!”

 

2-boshlovchi: Yurtimizda namunali oilalar tobora ko‘payib bormoqda. Oila, ota-ona va farzandlar hamjihatligiga erishgach, odobi, tarbiyasi bilan qo‘ni-qo‘shni, mahalladoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan, o‘zini ma’naviy barkamollik sari yo‘naltirishga qodir sog‘lom avlodning yaralishiga zarracha shubha yo‘q.

 

1-boshlovchi: Ibratli oiladagi ahillik, hamjihatlik pirovard natijada jamiyatda barqarorlikni ta’minlaydi. Bolaning ota-onaga nisbatan odoblari qanday bo‘lishi lozimligini Husayn Voiz Koshifiyning quyidagi fikrlari asosida asoslashga urinib ko‘raylik: alloma bolaning ota-onaga nisbatan odobi quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim, deydi: birinchidan, kerakli darajada ularning hurmatini saqlash; ikkinchidan, ulardan dunyo molini ayamaslik, ularga qattiqlik qilmaslik; uchinchidan, qilgan yaxshiliklarni minnat qilmaslik; to‘rtinchidan, ota-ona yuziga tik qaramaslik; beshinchidan, agar ota va ona chaqirsalar, zudlik bilan huzurlariga kelish; oltinchidan, ota va ona bilan muloqotda yuzini teskari burmaslik; yettinchidan, agar gunohga sabab bo‘lmasa, nimaiki buyursalar, bajarish; sakkizinchidan, ota-ona bilan suhbatda yoki ular huzurida boshqalar bilan gaplashganda ovozini ko‘tarmaslik; to‘qqizinchidan, ota-ona roziligisiz, duolarisiz safarga chiqmaslik; o‘ninchidan, har doim ota-ona xursandligini ta’minlash payida bo‘lish; o‘n birinchidan, ota-onaga marhamatni ibodat deb bilish, ya’niki “Jannat onalar qadamining ostida” ekanligini unutmaslik. (Xusayn Voiz Koshifiy. “Futuvvatnomai sultoniy”. “Ahloqi muhsiniy”.–Toshkent, 2011-yil, 65-bet).

 

2-boshlovchi: Darhaqiqat, tarix zarvaraqlariga bitilajak “Sog‘lom ona va bola yili”ning mamlakatimiz tarixiga oltin harflar bilan yozilishiga shubha yo‘q.

 

1-boshlovchi: Bir jihati barchamizning ko‘nglimizni xushnud etadi: mustaqillik yillarida onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha dadil odimlar tashlandi va bu yil sayin tobora mustahkamlanib boraveradi.

 

2-boshlovchi: Ha, tarixan qisqa davrda – 24 yilda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida millatimizning, xalqimizning nasl-nasabini tozalash yo‘lida ulkan, asrlarga tatigulik ishlar qilindi va bu ishlar yuksak samara bermoqda.

 

1-boshlovchi: Zero, mustaqil taraqqiyot yillarida amalga oshirilgan buyuk o‘zgarishlarning eng buyugi, ayni vaqtda eng murakkabi odamlar ongining, dunyoqarashining o‘zgargani, milliylikni tiklanganidadir.

 

2-boshlovchi: Binobarin, inson ongini, tafakkurini o‘zgartirish har qanday yirik inshootni qurishdan ko‘ra qiyinroqdir.

 

1-boshlovchi: El-u yurtimiz kelajagi nasl-nasabi toza, iligi to‘q, fikri teran, qat’iyatli yoshlar qo‘lida ekan, mamlakatimizda buyuk davlat bunyod etilishi va O‘zbekiston eng rivojlangan, qudratli davlatlar safidan o‘rin olishga qat’iy ishonamiz.

 

2-boshlovchi: Hozirgi navbat “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan bir qancha voqealarni o‘zida mujassamlashti-rilgan sahna ko‘rinishlariga.

 

Quyida keltirilgan voqealar o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishi sifatida namoyish etiladi.

 

Badnafs

Bir kishi tabibning oldiga kelib dedi:

  • Uch kundan beri bemorman, sira ishtaham yo‘q, bir ilojini qilmasang bo‘lmaydi.

Tabib uning tomirini ushlab ko‘rib, dedi:

  • Bugun qanday taom yeding?
  • Uch kecha-kunduzdan beri hech narsa yemayman hisob, – dedi bemor.

Tabib dedi:

  • Har holda, ozmi-ko‘pmi nimadir yegan bo‘lsang ham aytgin.
  • Yegan narsam og‘izga olishga ham arzimaydi, – dedi u.
  • Mayli, arzisa-arzimasa, nimadir og‘zingga tushgan bo‘lsa ham aytgin.
  • Obbo, qo‘ymading-da, – dedi bemor va yegan ovqatini gapirdi. – Sening yoningga kelayotgan edim, yo‘lda kallapaz do‘koni yonidan o‘tayotib, hidi dimog‘imga hush yoqdi. Kirib oltita kalla olib yedim, sen uchta deb hisoblayvergin. Keyin to‘rt botmon non yedim, sen ikki botmon faraz qil. Undan keyin ko‘nglim shirinlikni tusab qoldi, borib sakkiz botmon bodom holvasidan olib yedim. Sen to‘rt botmon deb hisoblagin. Muzdakkina narsaga ko‘nglim ketgan edi, borib yigirma botmon amiriy uzum olib yedim, sen o‘nta deb bilgin.

Bu so‘zlarni eshitib, hang-u mang bo‘lib qolgan tabib dedi:

  • Ana endi sen hisoblagin, men aytib beray: sen olti yil sarsom (miya yallig‘lanishi) kasaliga giriftor bo‘lasan, uch yil deb faraz qilgin. Undan keyin to‘rt yil diq (siqilish, ozish) kasaliga mubtalo bo‘lasan, sen ikki yil hisoblayvergin. So‘ng ikki ko‘zing ko‘r bo‘ladi, sen bir ko‘zim deb o‘ylagin, ikki oyog‘ing shol bo‘ladi, sen biri deb hisobla. Undan keyin ich og‘rig‘i kasaliga chalinib, shu kasaldan o‘lasan, qabrga qo‘yib, ustingga yuz eshakka yuk bo‘ladigan tuproq bostiradilar, sen ellik eshak deb faraz qilgin. Bor, senga javob.

Bu voqeadan shunday xulosa chiqarish mumkin: to‘g‘ri ovqatlanish va me’yorida yeyish salomatlik garovidir.

 

 

 

Tinchlik qadri

Bir podshoh ajamlik quli bilan birga kemaga mindi. Qul umrida dengizni ko‘rmagan va kemada safar qilish mashaqqatini chekmagan edi. U kemaga minishi bilanoq vahimaga tushdi, butun vujudiga qaltiroq turib, faryod urib yig‘lay boshlaydi. Kemadagilar qanchalik iltifot ko‘rsatib, tasalli bermasinlar, baribir uni ovutishdan ojiz qoldilar. Qulning bu ahvolini ko‘rib, podshohning kayfi buzildi. Biroq uni tinchitish uchun hech qanday chora topib bo‘lmadi. Ittifoqo, kemada bir donishmand bor edi. U podshohga dedi:

  • Agar ijozat etsangiz, men uni tinchitishning chorasini qilaman.
  • Basharti shunday qilsang, bizga nihoyatda zo‘r lutf-u marhamat etgan bo‘lasan, — dedi podshoh.

Donishmand qulni dengizga tashlab yuborishni buyurdi. Qul bir necha bor cho‘kib, qalqdi. Shundan keyin uning sochidan tutib, kemaga yaqin keltirdilar. Qul ikki qo‘li bilan kemaga yopishib, jon holatda unga chiqdi-yu, miq etmay kemaning bir burchagida o‘tirdi. Podshoh bu holdan taajjubda qolib, donishmanddan:

  • Bunda qanday hikmat bor – deb so‘radi.

Donishmand javob berdi:

Bu odam dengizga g‘arq bo‘lish mashaqqatini boshidan kechirmagani sababli kemadagi tinchlik va salomatlikning qadrini bilmadi. Musibatga giriftor bo‘lmagan odam tinchlik-salomatlikning qadriga yetmaydi.

 

Sahna ko‘rinishidan so‘ng maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etiladi.

1-boshlovchi: O, ota makonim,

Onajon o‘lkam,

O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.

Senday mehribon yo‘q,

Seningdek ko‘rkam,

Rimni alishmasman bedapoyangga.

 

2-boshlovchi: Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,

Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.

Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,

Tog‘laring izimdan ergashib yurar.

 

1-boshlovchi: Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin,

Yo xudbinlar yo bir sodda kasman men:

Parijning eng go‘zal restoranlarin,

Bitta taqdiringa alishmasman men.

 

2-boshlovchi: Na gapga ko‘nayin,

Na til bilayin,

Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat.

Uch kunda sog‘insam nima qilayin?..

Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.

 

1-boshlovchi: Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,

Bildimki, yaqini shu tuproq menga.

Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing

Arab ohusidan azizroq menga.

 

2-boshlovchi: Sen bilan o‘tgan har kun bayram-bazm,

Sensiz bir on qolsam rahmim keladi.

Seni bilganlarga qilaman ta’zim,

Seni bilmaslarga rahmim keladi.

 

1-boshlovchi: 2016-yil “Sog‘lom ona va bola yili”ga bag‘ishlangan “Sog‘lom ona va bola – mamlakatimiz tayanchi” deb nomlangan tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi.

 

2-boshlovchi: Barchangizning o‘qish va ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Xayr, salomat bo‘ling.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

 

  1. Karimov. “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat”. Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Ma’rifat, 2015-yil. 6-dekabr. №98, 1-3, 4-5-betlar.
  2. Mavrulov. “Ayolini, farzandini ardoqlagan ayol”. Ma’rifat, 2016-yil. 6-yanvar. №2, 7-8-9-betlar.
  3. “Sog‘lom avlod-bizning kelajagimiz”. T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2000-yil.
  4. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”. 2015-yil. 11-dekabr, №
  5. Hazratqulov. “Nasl-nasabi toza avlod”.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Z.M.Bobur tavalludining 533 yilligi

Buyuk sarkarda va  , shoir, davlat arbobi

  1. M. Bobur tavalludining

533 yilligi  munosabati bilan o’tkazilgan

“Vatanni qumsagan shoir” nomli  nomli

mavzuli  kecha

 

       1-      Boshlovchi:

Assalomu alaykum mehri daryo qalbi buyuk aziz ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchi yoshlar. Bugungi tadbirimiz    shoh va shoir,  mahoratli sarkarda Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlanadi. Tarovatli davramizga xush kelibsiz!

II Boshlovchi:

Biz mustaqil O’zbekistonning baxtli o’quvchilarimiz. Chunki biz o’tmishi buyuk xalqning farzandlarimiz. Ota- bobolarimiz bilan faxrlanamiz. Ularning dunyo ma’ritatiga qo’shgan javohirlari bilan oziqlanamiz. Bugungi tadbirimizni  «Shoh va shoir  shavkati » deb nomladik .

I Boshlovchi:

Topdi orzuing kamol. eslab sen   yod ayladik

Baxti kulgan o’zbekning eldan sarafroz   assalom Har so’zing bir pahlavon . sen  tiriksan har qachon Senga   izzat .ehlirom. ustoz Bobur assalom

II      Boshlovchi:

Seni ardoqlagan  xalqingga  mumtoz assalom

She’riyatning sultoni.  hurmatli  ustoz assalom

Yangi  doston. yangi  kuy.  minglab asarlar   senga shon.

Senga  izzat ehtirom  ustoz Bobur  assalom.

Konsert dasturi namoyish etiladi

O’quvchi:

Vatan azal  bitta  Vatandir

U biz uchun so’lmas chamandir

Shul  sababdan  bola chog’lardan

O’zni  urib. yulqishi  kerak

Dilga nadir  yuqishi kerak

 

 

 

Buyuk shoh  va shoir Z.M Bobur   1483-yil   14-fevralda  Farg’ona viloyatining poytaxti Andijonda tug’ilgan.

Otalari  Umarshayx  Mirzo. onalari Qutlug’nigorxonim . Oilada 3 o’g’il  va 5  qiz bo’lganlar.  Bobur o’g’illarning.

eng kattasi  bo’lgan. Bo’lajak shoir   12 yoshida ekanida otasi  bevaqt  halok  bo’lib  Farg’ona  hokimligi  uning

zimmasiga  tushadi.

O’quvchi»

15 yoshiga to’lganda  bobo meros  Samarqandni  zabt etadi. 16 yoshida  bu azim  shaharni  tashlab chiqishga.nafaqat shaharni  jondan   aziz vatanini  butunlay tark  etishga majbur   bo’ladi.

O’quvchi:

Tole yo’qki jonimg’a balolig»  bo’ldi

Har ishniki ayladim  xatolig» bo’ldi

O’z yerni  qo’yib Hind  sori yuzlandim

Yorab,  netayin.  neyuz qarolig»  boildi

O’quvchi:

Bobur Hindistonda adolat o’rnatdi.Qonunlar chiqardi. Obodonchilik  ishlarini yo’lga qo’ydi. kanallar qazdirdi,

binolar qurdirdi. atrotga olimu  fozillarni   to’pladi.  Hali  Hind yerida hech  bo’lmagan   bog’lar bino qildi. U yerda  buyuk saltanat o’rnatdi.

O’quvchi:

Lek  Bobur Mirzo  Hindistonda qanchalik obro’  e’tiborda   yashamasinlar o’z vatanini sog’inib qumsab vatan  sog’inchida yashadilar.   Buni  quyidagi    ruboiylarida kuzatamiz:

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi

Shod etmas emish  ko’ngilni  mehnatda kishi

Ko’nglim  bu g’ariblikda shod o’lmadi oh G’urbatda sevinmas emish  albatta kishi.

O’quvchi:

Andijon  mulkiga qo’yganda qadam

Bog’»  aro sezaman  Bobur ruhini

100  yillar kitobin  varaqlagan dam

Men  undan tinglavman asriv   vohuni

O’quvchi:

Bobur qilichidan qon  tomadi yo’q

Qalamdan qo’shiq  oqdi  qog’ozga

Bobur deb o’zbekka qilurmiz qulluq

Ul arzir har qancha  hurmat .  e’zozga

Konsert dasturi namoyish etiladi.

O’quvchi:

Bu  mumtoz  inson  tariximizning eng murakkab siymolaridandir.Dunyoga  kelib bor-yo’g’l  47yil  umr ko’rdi.

Lekin  shu  suronli  kechgan    umri  bilan jahon tarixidan  shavkatli  o’rin   olib ulgurdi.

O’quvchi: Xalqimizning asl  farzandi.  Vatan  nomini  dunyoga tanitgan  .  ammo   shu  vatanidan  bir umr ayro

lushgan.  Lining hajrida    doimo yonib kiiylab o’tgan  fidoiy   inson Z. M. Boburdir.

O’quvchi:

Eduard  Xolden shunday   deganlar:

» Bobur olijanoblikda qanday  xosiyatlar bor bo’lsa ularning barchasini  egallagan.  uning manglayiga yuksak fazilat bitib qo’yilgan.»

O’quvchi:

Bobur- dilbar shaxs  Uyg’onish  davrining tirik  hukmdori.  mard  va tadbirkor odam  bo’lgan,  u  san’atni.  adabiyotni  sevardi.  hayotdan  huzur qilishni  sevardi.

O’quvchi:

Saxiyligi.  mardligi.  iste’dodliligi fanga. san’atga  muhabbati  va  ular bilan  muvaffaqiyatli  shug’ullanishi  jihatidan olib qaraganda Osiyodagi  podshohlar ichidan  Boburga teng keladigan  birorta  ham  podshoh  topolmaymiz.

O’quvchi:

G’azal  mulkiga sulton

Mir Alisherim bor mening

Qo’rqmas. botir o’lbarsdek

Boburdek shohim  bor mening

Buyuk manzilni  ko’zlagan

Biivuk karvonim  bor mening

Xalqi  uchun  fidoyi

Jasur sarbonim  bor mening

Jannatmakon. boylikka  kon

Bog’i  bo’stonim  bor mening

Dunyo uzra nomi  baland

O’zbekistonim  bor mening.

Konsert dasturi namoyish etiladi.

 

 

 

 

 

 

 

O’quvchi: «Boburnoma»

Shoh  shoirdan    avlodlarga

Mangu o’lmas qadrnoma

Buni  Bobur o’zi qurgan

Qalb qoniyu  so’zi  qurgan

Tojmahaldan ham zo’r qo’rg’on «Boburnoma» «Qabrnoma»  Navbatni    g’azalxonlikka beramiz.

Kundalik  hayotimizdagi    hikmatlarimizga   amal  qilaylik.

  1. Yaxshilikni yaxshilarga qo’shil.
  • Bulbul chamanni odam  vatanni.
  • Hashar qildim uy qurdim. unga ko’p hikmat ko’rdim.
  • O’tib ketguncha ekib
  • Ilm ko’p. umr oz. keragini o’qi.
  • O’tganlardan ibrat ol. kelajakka ibrat bo’l.
  • Bilmaganni so’rab o’rgangan olim
    Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.
  • Olamdan g’amsiz o’tay desang
    llnmu hunar o’rgan.

O’quvchi: Zahriddin Muhammad Boburning ilm-ma’rifathaqidagi g’oyalari,axloq odob,yaxshilik,vafo,insonni xalqqa yaxshilik, qiladigan qilib tarbiyalash,mehnat ahlini qadrlash,insonparvarlik, Vatandan judolik g’am,alam ekanligi,adolat haqidagi qarashlari,axloqiy-ta’limiy fikrlari hozirgi davr yoshalar tarbiyasida ham g’oyat ahamiyatlidir.

Shuning bilan ulug’    bobokalonlarimiz shoh    va shoir   Z.M.Boburning   533 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan  tadbirimiz o’z nihoyasiga   yetdi.  Etiboringiz uchun  rahmat  xayr sog’-omon  bo’ling

 

 

 

 

 

 

A.Navoiy tavalludining 575 yilligi

9 февраль-Алишер Навоий таваллуд топган кун, Инсонларнинг яхшиси инсонларга манфаат келтиради

Буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий бобомиз таваллуди муносабати билан ҳар йили 9-февраль куни юртимизда тантанали ва байрамона кайфиятда нишонланиб келинади. Навоий бобомизнинг ижоди жаҳон адабиёти дурдонасига жавоҳир бўлиб қўшил-ганлиги билан аҳамиятлидир. Шунинг учун ҳам эндиликда Алишер Навоий сиймосини ўрганишга бутун дунё қизиқиш уйғотмоқда. Буни хусусан, Япония, Москва ҳамда Озарбойжон давлатларида улуғ даҳомиз шарафларига ҳайкаллари ўрнатилганлиги мисолида ҳам илғаш қийин эмас.

Ўзбекистонда эса Навоий бобомиз номлари билан юритилувчи боғлар, илм-фан, маданият масканлари ва айниқса, вилоятимизга ҳам буюк мутаффакирнинг номлари берилиши давлатимизнинг, халқимизнинг шоир сиймосига бўлганэҳтиромнинг ёрқин намунасидир.

Алишер Навоий туркий ва форсий тилларда ғазаллар битган. Унинг назмий асарлари 120 минг байтдан ортиқ. 51230 мисрадан ташкил топган. «Хамса” эса шоирнинг шоҳ асаридир. «Хазойин ул-маоний” (Маънолар хазинаси) девони қарийиб 45 минг мисрадан иборат.

Мир Алишер Навоий бутун умрини нафақат ижодга, балки халқ фаровонлиги йўлида бунёдкорлик ҳамда эзгулик ва хайр-саховат ишларига бағишлаган. Бобокалонимиз фақат Ҳиротда эмас, Хуросоннинг барча вилоятларида ҳам кўплаб хайрия уйлари, кўприк ва работлар, ҳовузлар барпо эттиргани тарихдан бизга маълум. Барчамизга яхши аёнки, Навоий ўз даврида замондош шоирлар, олимлар ва санъат аҳлининг моддий ва маънавий кўмакчиси, санъат ва адабиётнинг ҳақиқий ҳомийси бўлганлар.

Шу сабаб шоир: «Инсонларнинг яхшиси инсонларга манфаат келтирганидир” деганлар ва қуйидаги мисрани келтиради:

Халқ аро яхшироқ дединг кимдир,

Эшитиб айла шубҳа рафъандин.

Яхшироқ бил ани улус ароким,

Этса кўпрак улусға нафъандин.

Халқ фаровонлиги йўлида хизмат қилиш ҳар бир кишининг инсонийлик бурчидир. Яъни Навоий бобомиз айтганидек:

Одами эрсанг демагил одами,

Они йўқ, халқ ғамидин ғами.

Алишер Навоий умри давомида ўзбек халқи ва маданияти манфаати учун тинмай меҳнат қилди, дурдона асарлар яратди. Бир сўз билан айтганда, юрт равнақи, халқ фаровонлиги йўлида беқиёс ҳисса қўшди. Бу ўз нав-батида, одамларнинг яхшиси деган номга мушарраф бўлиш эмасми ?!

Дарҳақиқат, Президентимиз Ислом Каримов ўзининг «Юксак маънавият-енгилмас куч” асарида Навоий бобомизга шундай таъриф берганлар: «Агар ул зотни авлиё десак, авлиё-ларнинг авлиёси, мутафаккир десак, мутафаккирларнинг мутафаккири, шоир десак, шоирларниг султонидир”.

Маълумки, жорий йилимизга муҳтарам Президентимиз томонидан «Соғлом она ва бола йили” дея ном берилди. Бу бежиз эмас, албатта. Чунки, соғлом онадан соғлом фарзандлар дунёга келади. Фарзандлари соғлом юрт эса қудратли бўлар. Бундан қарийб олти аср муқаддам Алишер Навоий ҳазратлари ҳам ўз ҳаёти ва ижоди асносида ана шу жиҳатларга алоҳида эътибор қаратган эди.

Ҳаёт аслида тарих ва бугуннинг, керак бўлса истиқболни боғловчи кўприкдир. Алалхусус, ўсиб келаётган ёш авлодни юксак маънавиятли, ҳар томонлама комил инсонлар этиб тарбиялаш эса тарихдан Навоий бобомиз орзу қилган ёруғ кунлар саодатига асос бўлади.

Бошқача қилиб айтганда, Темур тиғи етмаган жойни Навоий бобомиз қалам билан забт этгани ҳам айни ҳақиқат эмасми…

Камола АБЛАҚУЛОВА.

Navoiy viloyat Navbahor tumanidagi 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi