Галереи

EATR tanlovi NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1.Ushbu Nizom ta’lim-tarbiya jarayonida AKTni samarali qo‘llayotgan ijodkor o‘qituvchilar va dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy izlanishlarini rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari — 2017” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Ko‘rik-tanlovda ta’lim muassasalarining barcha fan o‘qituvchilari va 5-, 6-, 7-, 8- hamda 9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

II.Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari

2.Kurik-tanlovning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonida AKTni samarali qo‘llayotgan ijodkor o‘qituvchilar va dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy izlanishlarini rivojlantirishdan iboratdir.

3.Ko‘rik-tanlovning asosiy vazifalari:

o‘qituvchilarning AKTdan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanishiga erishish;

o‘quvchilarni dasturlash yo‘nalishidagi qiziqishlarini oshirish;

jahon axborot tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga tegishli ma’lumotlarni ko‘paytirishdan iborat.

III. Ko‘rik-tanlovga ishlarni taqdim etish tartibi

4.Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta’lim i vazirligi, Toshkent shaxar xalq ta’lim i bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’lim i boshqarmalari va ularning tasarrufidagi tuman (shahar) XTMFMTTEBlarida ko‘rik-tanlovni tashkil etuvchi qo‘mitalar tomonidan mazkur Nizom asosida ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi hamda respublika tashkiliy qo‘mitasiga ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etuvchilar to‘grisida kuyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

dasturning annotatsiyasi (taqdim etilayotgan ishning to‘lik nomi, maqsad va vazifalari, foydalanilgan dasturning nomi, undan foydalanish yo‘riqnomasi);

muallif yoki mualliflar hakida ma’lumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, ma’lumoti, ish-joyi, lavozimi, o‘quvchilar uchun — maktab rahbariyatining ma’lumotnomasi);

ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etilganligi, egallagan o‘rinini asoslovchi bayonnomadan va viloyatga taqdim etilgan buyurtmadan ko‘chirma;

ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichlarida ishtirok etilganligi va tegishli o‘rinni egallaganligini asoslovchi yig‘ilish bayonnomasi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun buyurtmani asl nus’hasi.

IV.Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ishlarga qo‘yiladigan talablar

5.Ko‘rik-tanlovga umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta’lim muassasalar uchun o‘quv fanlarini o‘qitish va o‘rganish bo‘yicha EATRlar, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy AKT vositalaridan foydalanishga qaratilgan dasturlar, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqaruvchi dasturlar qabul qilinadi.

6.Ko‘rik-tanlovga takdim etilgan ishlar quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va baholanadi:

Birinchi yo‘nalish: umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida;

Ikkinchi yo‘nalish: umumta’lim, ixtisoslashtirilgan va maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan EATRlar to‘liq tugatilgan, ilgari hech qayerda chop etilmagan hamda ko‘rik-tanlovlarga qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.

Mazkur ko‘rik-tanlovda yakunlanmagan, avvalgi tanlovlarda ishtirok etgan ishlar, veb-saytlar hakamlar tomonidan ko‘rilmaydi va baholanmaydi.

V.Baxolash mezoni

7. Ko‘rik-tanlovga takdim etilgan ishlar kuyidagicha baholanadi:

t/r Mezon (kriteriy) Beriladigan

ball

1 Didaktik talablar 55
1.1 G‘oyaning yangiligi va dolzarbligi 0-5
1.2 Tarbiyaviy ahamiyati va milliy mafkura g‘oyasining singdirilganligi 0-5
1.3 Interfeysning qulay, sodda, anik va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganligi 0-5
1.4 Interfeysnыy yaratishda tanlangan ranglarning psixologik xususiyatlarini hisobga olinganligi 0-5
1.5 Ovoz, animatsiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo‘lishi 0-5
1.6 Giperko‘rsatmalar va yordamchi funksiyalardan foydalanish imkoniyatlarining bo‘lishi 0-5
1.7 Ko‘rish, eshitish va tasavvurni shakllantiruvchi uslublardan foydalanish 0-5
1.8 Istalgan tashuvchiga o‘tkazish imkoniyatining mavjudligi 0-5
1.9 Matn va fon kombinatsiyalarida, rang hamda ma’lumotlarning aks etishiga alohida e’tibor berilganligi 0-5
1.10 Interfeys bilan ishlashda foydalanuvchini toliqtirmaslign 0-5
1.11 Interfeysda qisqartmalar va noaniq atamalarning bo‘lmasligi 0-5
2 Texnik talablar 45
2.1 Tadbiq etish uchun tayyorlik darajasi 0-10
2.2 Amaldagi dasturlar mazmuniga mosligi 0-5
2.3 Qulayligi, sifati va bexatolik darajasi 0-10
2.4 Foydalanish tezligini pasaytiradigan va ortikcha dasturlarni o‘rnatish talab etmasligi 0-10
2.5 Resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik yo‘riqnomaning mavjudligi 0-10

VI.Tashkiliy masalalar

8. Taqdim etilgan ishlar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholash mezonlari asosida ko‘rib chiqiladi va tegishli ballar qo‘yiladi.

9.Joylardagi tashkiliy qo‘mitalarning vazifalari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari o‘z hududlarida Nizomga muvofiq tanlov tashkil etadilar va g‘olib deb topilgan ishlarni respublika ko‘rik-tanloviga tavsiya etadilar;

tavsiya etilgan ishlar muallifi (respublika bosqichiga hammualliflik asosida yaratilgan ishlarning bir nafar hammuallifini, ya’ni bir nafar o‘qituvchi va bir nafar o‘quvchi hamda viloyat xalq ta’limi boshkarmasining AKTga mas’ul xodimi jami 3 kishi)ni respublika bosqichida ishtirok etishini ta’minlaydilar.

10. Tashkiliy qo‘mita respublika bosqichida ishtirok etishi uchun har bir viloyatdan kelgan uch nafar ishtirokchilar (bir nafar o‘qituvchi, bir nafar o‘quvchi va viloyat xalq ta’limi boshkarmasining AKTga mas’ul xodimi)ni (jami: (3*14=42) qirq ikki nafar ishtirokchini) joy bilan ta’minlaydi.

11. Tashkiliy qo‘mita respublika bosqichiga ishtirokchilarni qo‘llab quvvatlash uchun kelgan shaxslarni joy bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha mas’uliyatini zimmasiga olmaydi.

VII. Kurik-tailovni yakunlash, ishtirokchilarni rag‘baglantirish

12.Ko‘rik-tanlovga taqdim etilgan ishlarga quyidagi sovrinli o‘rinlar belgilanadi:

Birinchi yunalish:

1-, 2-, 3-darajali diplom va estalik sovg‘alar;

Ikkinchi yunalish:

1-, 2-, 3-darajali diplom va estalik sovg‘alari;

VIII. Yakuniy qoidalar

13. G‘oliblarni taqdirlash tashkiliy qo‘mita tomonidan hakamlar hay’ati yigilishi bayonnomasi asosida amalga oshiriladi.

Hakamlar hay’ati g‘olib deb topilgan ishlarni ommalashtirish uchun tavsiyaetadi.

Tashkiliy qo‘mita tavsiya etilgan ishlarni respublika mikyosida ommalashtirish uchun Respublika ta’lim markazining fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-metodik kengashlarida ko‘rib chikishga tavsiya etadi.
Manba: tanlov.uzedu.uz
Kiritilgan vaqt: 28.03.2017

Alifbe bayram senariysi

ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI

 

Zal bayramona bazatilgan

(kuy yangraydi)

 

1 – boshlavchi:  So’zimiz boshi salom

Ish boshidir intizom

Mehmonlarga chin dildan

Deymiz salom assalom.

 

2 – boshlavchi:  Assalom otajonlar

Assalom onajonlar

Salomini yo’llaydi

Sizlarga bolajonlar.

 

1 – boshlavchi:  Bugun bizning maktabda

Juda katta tantana

Bilimini namoyish

Qiladi har bir bola

 

2– boshlavchi:  Ustozlarning o’gitin

Dilimizga joylaylik

Dilda xayajon bilan

Bayramimiz boshladik

 

Sahnada chiroyli kiyingan o’quvchilar chiqib kelishadi. O’quvchilar chiqib kelayotgan joyda “Bilimlar mamlakati” deb yozib qoyilgan bo’ladi.

 

1 – boshlavchi:  — Salom bolalar!

 

Bolalar: —             Assalomu alaykum!

Xush kelibsiz mehmonlar!

 

1 – boshlavchi:  (bolalarga qarata)

Mustaqil yurtimizning

Kelajagi bolalar

Ona Vatan bag’rida

Baxtin topgan bolalar.

 

2 – boshlavchi:  Ona yerda muhabbat

Yosh avlodning dilida

Madhiyamiz yangraydi

Bolalarning tilida

 

(Bolalar ho’r bo’lib madhiya aytadilar)

1 – boshlavchi:  Bu bolalar 4 oy muqaddam maktabda birinchi martda qadam bosib kelgan edilar. Bugun bilimlar mamlakatida sayr qilib yurishibdi.

2 – boshlavchi:  “Bilimlar mamlakati” da bemalol yurish uchun harf tanimoq, o’qish – yozishni bilish zarur. Qani, ko’raylikchi bolalar harflarni tanisharmikan?

 

O’quvchi:  —       “Bilimlar mamlakati”

Boshlanar alifbodan

 

O’ttizta do’stimiz bor

Bizalrning alifbodan

 

Alifboni o’rgangan

Bolalar jim turmaydi

 

Harflar tilga kirib

Odamlarday so’zlaydi

 

A A dan boshlab alifbo                          Bo’ling der doim a’lo                          Unlidirman unutmang                          Bo’lingiz doim dono.
B Bolalarga bosh bo’lar

Sizlarga sirdosh bo’lar

Bahrom, Barno, Botirni

Yozganda yo’ldosh bo’lar

D D man davrada doim

Dono bo’ling iloyim

Davron, Dilshod, Dilafruz

Dostdir hamisha hamro’z.

E E  demang meni ko’rib

Ehtiyot bo’ling kulib

Ekranda Erkin akam

Ertak so’zlar chinakam.

F F harfiman men o’zim

Fahmlang har bir so’zim

Farida, Furqat, Farhod

Mendan bishlanar faqat

G G ga quloq tutingiz

Gulzorlarga o’tingiz

Gul ushladim qo’limga.

Gilam to’shang yo’limda.

 

H H man hayron bo’lmaglar

Yo’lni to’sib turmanglar

Handalak bor qo’limda

Hamrph bo’ling yo’limda.

I I harfini bilingiz

Ishda ilg’or bo’lingiz

Iroda, Izzat, Ikrom

Istagi o’qish tamom.

J J harfini  bilasiz

Nega jahl qilasiz?

Jamila, Jasur, Javlon

Jo’jani quvdi chunon.

K K dan koptok yozamiz

Katta bo’lsak o’zamiz

Kattani aylang hurmat

Keladi baxt – saodat.

L L dan lola yozamiz

Limuzinda o’zamiz

Latif, Laylo, Latofat

Loqaydlikka yo’q toqat.

M M dan yozilar maktab

Mening do’stimdir kitob

Murod, Maqsud, Mo’tabar

Madina maktub yozar.

 

N N harfini bilamiz

N siz nima qilamiz?

Noz – ne’mat non bo’ldi

Ochil dasturxon bo’ldi.

O O oyga o’xshar ekan

Osmonda uchar ekan

Obid, Olim, Ozoda

Ostonang bo’lsin toza

P P harfiman bilingiz

Kuzda paxta teringiz

Po’lat, Parfi, Pokiza

Paxta teringiz toza.

Q Q dan qayiq yozamiz

Qayerlarga suzamiz

Qishda qarg’a uchadi

Qarang, qorni quchadi.

R R ga ruxsat beramiz

Rasm so’zin yozamiz

Ra’no, Rahim, Ruhsora

Dono, aqlli bola.

S S man soatga boqing

So’zining mag’zin chaqing

Sobir, Said, Surayyo

So’zdan adashmang aslo.

T T man tanib olursiz

To’maris deb yozursiz

Toshkent ona shahrimdir

T harfidan yozgumdir.

U U man uchrab ko’p so’zda

Sizga tanish bo’laman

Uzum, ummon, Umida

So’zlarini yozaman.

V Men V durman bilursiz

Varrak so’zin yozursiz

Vasila, Vohid, Vail

Yozing kelganda gali.

 

X Qattiq X derlar meni

Yozgum taxta, paxtani

Xo’roz, xona, xola ham

Men bilan bo’ladi jam.

Y Y man balki bilursiz

Yo tanimay qolursiz

Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb

Mendan boshlab yozursiz.

Z Z deydilar otimni

Bilasizmi zotimni

Zuhra, Zahro, Zokirjon

Mendan boshlanur chunon

O’ O’ deydilar har zamon

O’tir, o’rtoq bo’laman

O’zbekiston so’zini

Faxr bilan yozaman.

G’ G’ harfini tanirsiz

G’ayrat bilan o’qirsiz

G’ani, G’ulom, G’afurning

G’amini yo’qotursiz.

 

Sh Sh harfiman bilasiz

Shoshib – shoshib kelasiz

Shokir, Shahzod, Shadmonni

Shogirtlikka olasiz.

Ch Ch man tanib olingiz

Charchoq bilmay qolingiz

Chollarni chaman qilib

Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.

Ng Ng bordir singilda

Yoki biror ko’ngilda

Tongda dengizda suzdim

Daladan bordring uzdim.

Tutuq qo’yib yozaman

Unlini sal cho’zaman

Ra’no, ma’no, a’lodir

Yaxshi bola donodir.

 

 

Bir qizcha chiqadi:

 

        Mana bizni bildingiz,

So’zga quloq soldingiz.

Bolalar bizni bilar,

Bilganning baxti kular.

Bizni derlar alifbo

O’ttiz harf erur jo.

Bolalarga do’st bo’ldik

Yayrab o’ynadik – kuldik.

 

Alifbodan harflarni                                     Oldimizda saf tortishdi

Biz or’gandik oz – ozdan,                           Askarlarday harflar

Minnatdormiz o’rgatuvchi                          Barchasiga qo’shiqlarda

Muallimdan – ustozdan                              Berib o’tdik ta’riflar

 

Har bir harf daftarlarda                               Tilimizni sayratadi

Gijinglaydi toy bo’lib                                  Alifbomiz bayrami

Yozganimiz ko’rinadi                                  Dilimizni yayratadi

Yulduz bo’lib, oy bo’lib                              Bayramlarning hurami

(Sho’x kuy – qo’shiq ijro etiladi. Raqs ijro etish mumkin). Marvarid: (Yangi yil haqidagi fikrlar shu yerda kiritiladi).

 

1 – boshlavchi:  Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz.

 

2 – boshlavchi:  — Lekin shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?

 

1 qizcha chiqadi: — Albatta, biz harflarni qo’shib o’zimiz uchun sevimli bo’lgan.                                Vatan, ota, ona, uztoz, yurtboshi kabi so’zlarni hech qiynalmay yoza olamiz. Marhamat hozir sizlar buning guvohi bo’lasiz.

 

Qoshiq.

 

1 – o’quvchi:         Bizni bag’riga bosgan

Bolalar yayrab o’sgan

Yuksalaver yildan – yil

 

O’ZBEKISTON – JON VATAN

 

2 – o’quvchi:        Farzandiga jon fido

Tinib – tinchimas also

Bardam salomat bo’ling

                              OTA – ONAM doimo.

 

3 – o’quvchi:       Bilimlar mamlakatin

Makon aylagan bizda

Ta’zimu rahmat deymiz

Sizday aziz USTOZga.

 

4 –o’quvchi:        Yosh avlodni o’ylagan

Baxtimizni so’ylagan

Sog’ omon bo’lsin boshi

Rahmat senga YURTBOSHI.

 

5– o’quvchi:        Bilim olish yoqadi

Demaylik charchadik sal

Barcha undan olamiz

Ishoning doim 100 BALL.

 

 

6 – o’quvchi:      Qo’limizda bor kitob

Yuzumiz qo’yo oftob

Bizni doim bezaydi

Go’zal xulq, yaxsho ODOB.

 

7 –o’quvchi:       Bo’lsin doim osuda

Ona – zamin albatta

Osmon bo’lsin MUSAFFO

Biz sevgan ona yurtida.

 

8 – o’quvchi:      Bizlar maktab qo’ynida

O’qib, olamiz bilim

Kelajakni bolaylik

Yurtga kerakli OLIM.

 

Raqs, qoshiq ijro etiladi.

 

Boshlovchilar chiqishadi.

 

1 – boshlavchi:  Barakallo bolalar, juda ajoyib bolalar ekansizlar. Qizqa muddat ichida shuncha narsani bilib olibsizlar.

2 – boshlavchi:  “Bilimlar mamlakati” sehrli o’lka. U yerda sayr qilgan kishi ko’p narsalarning guvohi bo’lishi mumkin. Siz ham bizga bu mamlakatda yana nimalrni aytib bersangiz.

 

 

1 qizcha:           Biz u yerda buyuk allomalarimizni, olim, shoir, donishmang                            bobolarimizni turli ertak qahramonlarini uchratdik.

 

1 – boshlavchi:  Demak, hozir buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va                            ijodi  haqida sahna tomosha qilamiz. Marhamat.

 

Korpacha to’shalgan. Bir bola, Alisher Navoiy, zar chopon kiygan, kitob o’qib otiradi. Otasi kirib keladi. Alisher sezmay kitob oqishda davom etadi. Otasi yo’talib qo’yadi. Alisher sezib qolib, sakrab o’rnidan turadi. Egilib ta’zim qiladi va:

  • Assalomu alaykum, otajon.

Otasi: Vaaleykum assalom, Alisher. Ne ish bilan mashg’ulsen, toychog’im?

Alisher: — Albatta, otajon. Men kitobni o’qib, tuhsunib, yo’l oldim.

Otasi: — Toychpg’im, hali katta bo’lsang, ko’p kitob o’quran. Hozir o’rtoqlaring bilan o’ynagin. Men senga sovg’a kletirdim. (Qo’ynidan spool qo’chqorcha olib Alisherga beradi).

Alisher: (sovg’ani olib diqqat bilan tomosha qilib) – Rahmat otajon. O’rtoqlarim bilan o’ynaymiz.

Otasi: — O’yinchoq yoqdimi.

Alisher: — Juda chiroyli qo’chqor ekan. Buni yasash uchun kulol ancha mehnat sarflagani ko’rinib turibdi.

Otasi: — Toychog’im, bor o’rtoqlaring bilan o’ynagin.

Alisher: — Otajon, menga yana qiziq kitoblar keltirib bering. Men o’yinchoq o’ynashdan ko’ra kitob o’qishni yaxshi ko’raman.

Otasi: — Barakallo.Inshoolloh, bilimli, donishmand bola bo’lursiz. Men sizga yana kitoblar keltirurmen.  Hozir esa o’yinchoq’ingni bolalarga ko’rsat.

Alisher: — Xo’p bo’ladi, otajon. (chiqadi)

Otasi: — Bu aqlu zakovati bilan Alisher olim yoki shoir bo’ladi, inshoolloh. Ilohi yomon ko’zdan yaratganning o`zi asrasin. (otasi chiqadi)

 

(Qo’shiq yoki raqs ijro etiladi).

 

1 – boshlavchi:  — Bugun bizning “Bilimlar mamalakati” mizda bolalarning sevimli kitoblari bo’lgan “Alifbe”, “Oqish”, “Ona tili” kitoblari ham sayr qilib yurishgan ekan.

2 – boshlavchi:   — Hozir ularni sahnada taklif etamiz va o’z tilaklarini aziz  bolajonlarga bildirishlarini iltimos qilamiz. Marhamat, sahna sizga muntazir “Alifbe”kitobi (sahnaga chiqadi).

 

Alifbe kitobi:  Bolajonlar, men sizga

Birinchi kitobdurman

Dilingizni yoritgan

Go’yoki oftobdurman.

 

Ko’rdim, bugun donosiz

Hammadan ham a’losiz

O’qish – yozishni bilgan

Aqlingiz ham rasosiz.

 

Endi boray dam olay

Sizga baxt – omad tilay

Ongingiz charxlash uchun

“O’qish” kitobin chorlay.

 

“O’qishni seving mendek

Chin yurakdan o’qingiz

Hikoya, ertaklarni

Mag’zin chaqib uqingiz.

Xayr, xayr bolalar

Meni sira unutmang

G’ayrat bilan o’qingiz

Nasihatim unutmang.

 

“Alifbe kitobi ketadi. Bolalar xayr – xayr deb qolishadi. “O’qish” kitobi so’z oladi.

 

“O’qish” kitobi: Salom yangi do’stlarim

Erka, qora ko’zlarim

Bugun sizga yurakdan

Atalgandir so’zlarim.

 

Meni “O’qish” deydilar

O’qib – uqish deydilar

Mendagi har mavzuni

Mag’zin chaqish deydilar.

 

Meni asta varaqlab

Mazza qilib o’qursiz

Ibrat olib so’zimdan

Xalqimizga yoqursiz

 

O’qing meni ardoqlab

Men, do’stingiz bo’laman

Qo’lim berib sizlarga

Yoningizda bo’laman

 

Ona tili kitobi:     Menman “Ona tili”man

Elim dono tiliman

Onalar sof vijdoni

Otajonlar diliman.

 

O’qing meni varaqlab

Yurakdan hurmat saqlab

Ona tilim sehri

Ardoqlab, sevib, yoqlab.

 

Tilimiz xazinasin

Sizga asta ochgum bor

Ona tilim sehrini

Marjon kabi sochgum bor.

 

Matematika kitobi:  “Matematika” o’zim

Quyoshday issiq yuzim.

Raqamlardan boshlanar,

Tinglasangiz gar so’zim.

 

O’nta raqam jo menda

Kerakdirman har yerda.

Aqlingizni charxlayman,

Har misol, har amalda.

 

21 – asr – Kibernetika asri

Bilimdon donolarga

Ochiqdir bilim qasri.

 

Men sizga do’st bo’laman,

Hamdam, ham do’st bo’laman.

Raqamlarni tanitib,

To’ri amalni bilaman.

 

Kuy – qo’shiq ijro etiladi. – Qo’shiq.

 

1 – boshlavchi:   Bugungu tantanamiz sababchisi bo’lgan aziz bolajonlarimiz ko’rib ko’zimiz yashnaydi. Qanday dono, ziyrak o’quvchilar bo’libsizlar.

 

2 – boshlavchi:  Bu bolalar “Bilimlar mamlakati”da sayr qilib yurganlari uchun ham shunday bilimdon bo’libdilar, menimcha.

 

1 – boshlavchi:  “Bilimlar mamlakati” shu qadar  mo’jizalarga boy – ku, ko’rgan kishi, u yerdan sira chiqib ketishini istamaydi.

 

2 – boshlavchi:  — Bolajonlar, “Bilimlar mamlakati” da yana nimalarni uchratdingiz. Bizga so’zlab bering.

 

  • o’quvchi chiqadi: Biz u yerda sevimli shorimiz Erkin Vohidovni uchratdik. Bu yil ular o’zlarining —- yillik tavallud kunlarini nishonlar ekanlar. Ularning vatanimiz haqidagi   “O’zbegim” sh’erlari bilan tanishdik. Hozir shu she’rdan bir parchani e’tiboringizga havola qilamiz.

 

O`ZBEGIM

 

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o’zbegim

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.

 

So’ylasin Afrosiyobu

So’ylasin  O’rxun xati,

Ko’hna tarix shodasida

Bitta marjon, o’zbegim.

 

Al – Beruniy, Al – Xorazmiy,

Al – Forob avlodidan,

Asli nasli balki O’zluq,

Balki Tarxon, o’zbegim.

 

Tuzdiyu Mirzo Ulug’bek

Ko’ragoniy jadvalin.

Sirli osmon toqiga ilk –

Qo’ydi Narvon o’zbegim.

 

Mir Alisher na’rasiga

Aks – sado berdi jahon,

She’riyat mulkida bo’ldi

Shoh – u sulton o’zbegim.

O’zbegim den keng jahonda

Ne uchun madh etmayin!

O’zligim bilmoqqa davrim

Berdi imkon, o’zbegim.

 

Qayga bormay boshga do’ppim,

Shuhratim, qadrim buyuk.

Olam uzra nomi ketgan

O’zbekiston, o’zbegim.

 

1 – boshlavchi:    — Aziz bolajonlar! Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan halol mehnat qilayotgan Aziz ustozimiz  ……………………… opani chin dildan tabriklaymiz.

 

2 – boshlavchi:   — Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning tinmay qilgan halol mehnatlari natijasidir.

 

(O’quvchilar chiqashadi).

 

Rahmat sizga uztozim

Bizni jondan sevdingiz

Ongimizni uyg’otib

Bilim – saboq berdingiz.

 

Bizni sevib onadek

Sira tinim bilmaysiz

Mehnatingiz sarf qilib

Doim bizni oylaysiz

 

Aziz ustoz biz uchun

Bo’ling doim salomat

Ta’zim sizga, hurmat sizga

Uztoz sizga ko’p rahmat.

 

(O’qituvchilarga gullar berishadi)

 

1 – boshlavchi:  Hurmatli mehmonlar, bugungi bizning bayramimizga yana ko’plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Bu mehmonlar bizga Uzoq Shimoldan kelishibdi. Hozir shu mehmonlarni davramizga taklif etamiz. Marhamat aziz mehmonlar.

 

(Qorbobo, qorqiz va ertak   qahramonlari kirib kelishadi. Bolalar qarsaklar bilan    mehmmonlarni  kutib olishadi.)

 

2 – boshlavchi:  Salom, aziz mehmonlar!

Sizdan yurak shodonlar

Qoshiqlar yangrayversin

Kuylar jaranglayversin.

Davramizga marhabo

Kelaversin Qorbobo.

Davrani qorbobo olib boradi.

O’qituvchi:   — Aziz o’quvchilar. Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi.

 

Shirin —  shaker bolajonlar,

Bog’imdagi gul rayxonlar,

Doim bo’ling siz shodonlar,

Savodxonlik muborak.

 

Ko’zingizda nur o’ynasin,

Sizni ko’rib dil yayrasin,

Tilar bulbuldek sayrasin,

Savodxonlik muborak!

 

Qo’lingizda bo’lsin kitob,

Chehrangiz go’yo oftob,

Qiling doim ezgu, savob

Savodxonlik muborak!

 

Bo’ling doim sog’ – salomat,

Dangasalik qilmang faqat,

Mashaqqatga qiling toqat,

Savodxonlik muborak!

 

O’qituvchi:      — Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirin bolajonlar! Shu bilan bugungi “Alifbe bayrami” miz o’z nihoyasiga yetdi. Sog’ – salomat bo’ling. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing.

 

Savodxonlik bayrami

            2017-yilning 23-dekabr kuni 36-umumta’lim maktabida 1-sinflar orziqib kutgan  ,,Savodxonlik bayrami” o’tkazildi. Bayramni maktabimiz direktori G.Achilova ochib berdi. Maktabimiz direktori bolalarni kirib kelayotgan ,,Yangi yil “ bayrami va ,, Savodxonlik bayrami “ bilan qutlab,   o’zining eng ezgu tilaklarini bildirdi. Shundan so’ng tadbir bolalarning she’r va qo’shiqlariga , raqs va sahna ko’rinishlariga ulanib ketdi. Qizlarning ,,Do’ppi” ,  ,,Xorazmcha”, ,,O’zbekiston”

qo’shiqlariga , yigitlarning ,,Andijon polkasi’’ga  o’ynagan raqslari hammaga manzur bo’ldi.

Ayniqsa, Qorbobo va Qorqizning, yalmog’iz kampirning sahnaga kirib kelishi bolalarning diliga bir olam quvonch olib keldi. Qorbobo tomonidan bolajonlarga berilgan sovg’alar ular  uchun esda qolarli voqea bo’ldi.

Ushbu ,,Savodxonlik bayrami” 1-sinfga ilk qadam qo’ygan o’quvchilar uchun ularning jajji  qalbiga bir umrga muhrlanib qoldi.

Слайд2 Слайд1

Bola tilidan: Tarbiyaning 21 qoidasi

AQShning San-Fransisko shtati yaqinida joylashgan «Merri Moppets” (Merry Moppets) xususiy maktabida o‘quvchilarning ruhiy holatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, haftaning har juma kuni o‘quvchi maktabga o‘z sevimli o‘yinchog‘ini olib kelishi mumkin. Sevgan kitoblarini esa har kuni yonida olib yurishiga ruxsat beriladi. Har hafta o‘quvchilarga kutilmagan quvonchli tadbir o‘ylab topish taklif qilinadi, masalan, g‘alati soch turmaklari kuni yoki tungi kiyimlar kuni.

Ushbu ta’lim maskanining yana bir diqqatga sazovor tomonlaridan biri, maktabda har bir o‘quvchi uchun quticha mavjud. Unda o‘qituvchilar uyga vazifalar ruyxati, darslar jadvali yoki ota-onalarga xat qoldirishlari mumkin ekan. Quyidagi maktub xuddi shunday qutichaga solingan, bir o‘quvchining ota onasiga yozilgan. Uning e’tiborli tomoni xat bola tilidan bayon etilgan. Odatda tarbiya borasida biz kattalar ko‘b va xub gapiramiz, kitobu maqolalar o‘qiymiz. O‘qituvchi esa bu masalaga kutilmagan tomondan yondoshganligi bois, ularni siz bilan baham ko‘rishni lozim ko‘rdik.

  1. Meni ko‘p erkalatmang. Har bir istagimni amalga oshirishga majbur emassiz.
  2. Men bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashishga, sizni xavotirga solgan holatlarni so‘rashga qo‘rqmang.
  3. Yomon odatlarga o‘rganib qolishimga izn bermang. Yomon odatlardan qutulish yanada qiyin.
  4. Fikrlarimga e’tiborga loyiq bo‘lmagan xayolparastlik, yosh bolalik deb qaramang. Bunday holatlarda o‘zimni yanada yomon tuta boshlayman.
  5. Meni boshqalar yonida izza qilib urishmang, xatoimni o‘zgalar yonida ovoza qilmang. O‘zim bilan yuzma yuz o‘tirib gaplashing, dakki yoki o‘git bering, shundagina xatolarimni yaxshiroq anglayman.
  6. Xatolarimni – tuzatib bo‘lmas jinoyatdek ko‘rsatmang.
  7. Xatolarimning natijasidan meni asramang. Har bir harakatimning javobgarligi borligini tushunimga izn va imkon bering.
  8. Ba’zan kichik ayblovlarim yoki e’tirozlarim uchun jazolamang. Siz bilan muloqot qilishni, o‘z fikrimni aytishni istayman.
  9. Sizni yomon ko‘raman, degan gaplarim yoki harakatlarimni yuragingizga yaqin olmang. Men sizni yomon ko‘rmayman, men har tomonlama boshqarmoqchi bo‘lgan kuchingizga qarshi kurashga kirishaman xolos.
  10. Bir narsani 100 marotaba takrorlamang. Aks holda, qulog‘im kar bo‘lib qolganday munosabatda bo‘la boshlayman.
  11. Qila olmaydigan va’dalarni bermang. Aldagani bola yaxshi demang. Sizga ishonmay qo‘yaman.
  12. Unutmang, o‘z hissiyotlarimni hali to‘lig‘icha bayon eta olmayman, chunki bolaman.
  13. Jahlingiz chiqib turganda mendan haqiqatni talab qilmang. Sizdan qo‘rqqanimdan yolg‘on gapirishim mumkin.
  14. Bugun biror narsaga izn bermay, ertaga aynan o‘sha narsaga izn berishingiz, o‘zgaruvchanligingiz tarbiyamni buzadi.
  15. Savollarimni javobsiz qoldirmang. Baribir javob izlashdan to‘xtamayman, ammo bu javoblarni boshqa manbalardan topishim mumkin va bu javoblar har doim ham meni to‘g‘ri yo‘lga undamasligi mumkin.
  16. Qo‘rqqan narsalarimni  arzimagan narsa deb qabul qilmang. Ular muhim, kichkina emas. Siz meni tushunmasangiz ko‘proq qo‘rqa boshlayman.
  17. O‘zingizni menga mukammal va xatosiz kishi kabi tanitmang. Unday emasligini bilganimda xafa bo‘laman, sinaman.
  18. Ba’zan mendan kechirim so‘rashingizni obro‘ingizni yo‘qotish deb qabul qilmang. Uzr so‘rashingiz bilan meni ham o‘z aybimni tan olib kechirim so‘rashga o‘rgatasiz.
  19. Unutmang, men tez katta bo‘lyapman. Tarbiya uslubingizda buni e’tiborga oling.
  20. Tajriba qilib ko‘rishni ma’n qilmang. Men dunyoni tajriba, kashfiyotlar qilish bilan o‘rganaman, atrofni taniyman, fikr va xulosa qilaman.
  21. Va so‘nggisi – baxtli bo‘lib o‘sishim uchun ota onam meni yaxshi ko‘rishlarini his qilishim shart.

Tarbiya borasida farzandlaringizning o‘z fikr mulohazalari haqida qiziqib ko‘ring va biz bilan o‘rtoqlashing.

11-maktab/uz dan olindi

Farzandning ota-ona bilan muomala qilishdagi o‘ttiz besh odobi

      Aziz o’quvchilar sizlar uchun ajoyim maslahatlarni taqdim qilmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan mazkur maslahatlar sizga foydali bo’ladi va ma’naviy dunyoingizni boyitadi degan umiddamiz.

 

«Ota – ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob»
1) Huzurlarida qo‘l telefonlarini o‘chirib qo‘yish.
2) Gapirayotganlarida jim turish.
3) Ra’ylarini qaytarmaslik.
4) Gaplarini ma’qullab turish.
5) Ularga o‘zini hokisor tutib qarash.
6) Ularga doim maqtov,madh aytib turish.
7)Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.
8) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.
9)Ular yaxshi ko‘rgan kishilarni va do‘stlarini maqtash.
10) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.
11) Agar qayta-qayta gapirsalar ham, gaplarini tasdiqlab ko‘ngillarini ko‘tarib turish.
12) O‘tmishdagi alamli o‘rinlarni zikr qilmaslik.
13) Ortiqcha gaplardan chetlanish.
14) Oldilarida hurmat saqlab o‘tirish.
15) Fikrlarini past va noqis sanamaslik.
16) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.
17) Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.
18) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.
19) Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.
20) Huzurlarida ularga ehtirom ko‘rsatish.
21) Ularga ovozni ko‘tarmaslik.
22) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.
23) Taomga ulardan oldin qo‘l uzatmaslik.
24) Ularga tikilib qaramaslik.
25) Ular bilan faxrlanishlik,agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo‘lsa ham.
26) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.
27) So‘kilishlariga sabab bo‘lmaslik.
28) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.
29) Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.
30) Ularda sodir bo‘lgan xatolarga kulmaslik.
31) O‘zlari talab qilishlaridan oldin, xizmatlarini bajarish.
32) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga g‘azab qilmaslik.
33) Ular bilan gaplashganda chiroyli so‘zlarni tanlab ishlatish.
34) O‘zlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.
35) Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun qo‘yish
11-maktab.uz dan olindi

Tarbiyaning turli uslubi: to‘g‘risi qaysi?

Men yaqindagina guvoh bo‘lgan manzara: onasi bilan do‘konga kirgan 2-3 yoshlardagi bolacha oyoqlarini yerga urib yig‘ladi: «mana shuni olib berasiz, dedimmi, olib berasiz!» Ona esa atrofdagilardan xijolat bo‘lib, o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi: «Voy, qara, mana bu xola doktor ekan, hozir senga ukol qiladi». Bola bir fursat menga xavotir bilan qaradi-da, doktorga o‘xshata olmagach, yana baqirishda davom etdi. «Uyga boraylik, senga konfet beraman», avrashga tushdi ona…

Tarbiyaning turli uslublari bor: kimdir bolasiga yaxshi ish qilishi uchun nimadir olib berishga va’da bersa, boshqa ona esa uni qo‘rqitishdan nariga o‘tmaydi.

Bolaga «pora» berish

«Aytganimni qilsang, konfet olib beraman»

Maktabgacha yoshdagi bola o‘zini yaxshi tutishi uchun ota-ona konfet, mashina yoki yana nimadir olib berishni va’da qilishadi. Maktab yoshidagilarga esa yaxshi o‘qishi, «besh» baho olishi uchun «pora» berishadi.

Muammo qayerda?

Bu uslubning samaradorligini hech kim inkor eta olmaydi. Ammo uni tarbiyaviy ahamiyatga ega uslub deb bo‘lmaydi. Moliyaviy haq evaziga barpo bo‘layotgan bu tarbiya usuli bolada oilaviy munosabatlar haqida noto‘g‘ri xulosa shakllantirishga olib keladi. Bu uslub oilada emas, ish uchun foydali. Oilaviy munosabatlar esa boshqa omillar ustida qurilishi kerak. Farzandingizni shu uslubda tarbiyalasangiz, undan yaqinlariga yordam berish, do‘stlik, beg‘araz yaxshilik qilish kabi fazilatlarni kutmasangiz ham bo‘ladi. Chunki u kichikligidan har bir yaxshi harakatlari uchun moliyaviy mukofot olib ulg‘aymoqda.

Qanday bo‘lishi kerak?

Albatta bolani mukofotlab, maqtab turish kerak. Ammo yaxshi ishning avvalida haq va’da qilish to‘g‘ri emas. Uning o‘rniga, masalan, o‘quvchi fazandingiz chorakni yaxshi baholar bilan tugallaganda, uni yanada yaxshiroq harakatga undash uchun oila davrasida kichik bayramcha o‘tkazib, bolani maqtab qo‘yishingiz ham uning tarbiyasi uchun foydali.

Qo‘rqitish

«Hozir do‘xtir keladi, senga ukol qiladi»

Muammo qayerda?

Bu uslub ham vaqtincha yordam beradi, ammo bolada sababsiz qo‘rqinch va xavotir hislarini rivojlantiradi. Bu yerda qo‘rqitish bilan birgalikda bolaga yolg‘on gapirishni ham ko‘rish mumkin. Natijada bola begonalardan, yolg‘iz qolishdan, qorong‘u xonadan qo‘rqa boshlaydi, yolg‘on gapirishni o‘rganadi.

Qanday bo‘lishi kerak?

  • Hayotda ehtiyotkor bo‘lishni talab qiluvchi holatlar ko‘p. Qo‘rqinch esa bizni xavfdan ogohlantiruvchi hissiyot. Ehtiyotkorlik bilan qo‘rqishning farqi shundaki, ehtiyotkorlik haqiqiy xavfga qaratilgan bo‘lsa, qo‘rqitish bolada xayoliy narsalardan qo‘rqish hissini uyg‘otadi. «Yugurma, yiqilib tushishing mumkin» kabi so‘zlar ehtiyotkorlik chorasi bo‘lsa, «Bo‘ri keladi, seni yeb qo‘yadi» deyish qo‘rqitishdan o‘zga narsa emas.
  • Bolani qo‘rqitishdan avval o‘zingizga savol bering: siz uni biror-bir xavfdan ogohlantirayapsizmi yoki o‘z istagingizni qildirmoqchimisiz? Ikkinchi holatda bolaga ta’sir qilishning boshqa yo‘lini qidiring.

Mensimaslik

«Ko‘zimga ko‘rinma!»

Muammo qayerda?

Bolada «yaxshi bola bo‘lsam, yaxshi ko‘rishadi, yomonlik qilsam, meni yaxshi ko‘rmay qo‘yishadi», degan fikr yuzaga keladi. Natijada bolada boshqalarning fikridan kelib chiqib harakat qilish hissi paydo bo‘ladi.

Qanday bo‘lishi kerak?

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bu uslubni qo‘llamang. Bu bola ruhiyatiga qattiq ta’sir ko‘rsatadi.
  • Bola biror yomonlik qilayotgan bo‘lsa, avvaliga unga bu xatoni tushuntirish zarur. Ikkinchi bor bu harakat takrorlanganda esa biror jazo turini qo‘llash lozim.

Aldash

Xalqimizda aldagani bola yaxshi, degan maqol bor. Aksar hollarda ota-ona bolaga u yoki bu narsani va’da berishadi-yu, ammo amalga oshirish vaqti kelganda «unutib» yuborishni afzal ko‘rishadi.

Muammo qayerda?

Bu va’dalar kattalar uchun arzimagan narsa bo‘lib ko‘rinsa-da, ularni bajarmaslikni bola sotqinlik deb qabul qiladi. Va’daning yolg‘onligini bilgach esa sekin-asta eng yaqin insonlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib boradi. Bolaning o‘zida ham «va’da berib, uni bajarmachlik mumkin» degan his rivojlanadi.

Qanday qilish kerak?

  • Bolaga yolg‘on gapirmang. Unga tushunarli tarzda tushuntirishga harakat qiling.
  • Unga va’da berdingizmi, ustidan chiqing.
  • Ba’zi hollarda bolani aldab emas, ertaklar yordamida holatni tushuntirishga harakat qiling.
  • http://11-maktab.uz/ dan olindi.

Bolani urmasdan bo’ysundirishning 8 Usuli

  • Farzand tarbiyasi bilan shug’ullanish ko’pincha onalarning chekiga tushadi. Shu sababli ular bu ishda juda ham sabrli va chidamli bo’lishlari kerak. Ba’zilar bolani bo’ysundirishning birdan-bir yo’li uni kaltaklash yoki qo’rqitish deb hisoblaydilar. Ammo bu noto’g’ri xulosa. Farzandingizni urmasdan ham yo’rig’ingizga yurdirishingiz mumkin. Buning natijasida farzand ota-onasiga muhabbatli bo’lib ulg’ayadi, ularga ixtiyoriy ravishda bo’ysunadigan bo’ladi. Xo’sh, bunga qanday qilib erishish mumkin deysizmi? Quyidagi 8 ta tavsiya ayni shu haqda.
1.Imkon boricha yaxshi so’zlarni ishlating!
Farzandingizning noma’qul ishlariga kichkina jumlalar bilan chek qo’ying. Misol uchun:
«Aqlli bo’lgin»ning o’rniga «Tarbiyali bo’lgin, kitoblarni otma» yoki «Kitoblarning joyi tokchada» kabi jumlalarni ishlating. Muhimi, so’zingizda tanbeh ohangidan ko’ra tavsiya ohangi ustun bo’lsin! Bola sizni urishayapti deb qabul qilmasin! Bu unda teskari reaksiya uyg’otishi, qaysarlik qilishiga olib kelishi mumkin.
2. Aytayotgan so’zlaringizga o’zingizham amal qiling!
Farzandingiz kun bo’yi o’yinchoq o’ynashi mumkin. Ba’zida o’yinchoqlarni shu bo’yicha tashlab ketishi ham mumkin. Bunday o’rinlarda: «O’yinchoqlarni yig’ishtir» degan qo’pol muomalaning o’rniga «O’yinchoqlaringni yig’ishtirib, joyiga qo’ysang, sinmaydi, yo’qolib ham qolmaydi» deyish afzal. Agar bu kutilgan natijani bermasa,(ko’nmasa, yo’q deydigan bo’lsa) «Kel birga yig’ishtiramiz» desangiz, bola buni o’yin deb qabul qiladi va rad etmaydi.
3. Bolaning shaxsiyatiga tegadigan gaplardan tiyiling!
Farzandingizga: «Bu yaxshi ish emas» deng, uning shaxsiyatiga tegadigan gap bo’lmasin. Masalan, «Nima bo’ldi senga?», «Unday emasding-ku» yoki «Hyech qachon odam bo’lmaysan», «Moldan farqing yo’q» kabi gaplar bolaga salbiy ta’sir qiladi. Natijada u keyinchalik o’zi mustaqil ish qilolmaydi va o’ziga-o’zi «Baribir yaxshi gap eshitmayman» deb hyech nimaga hafsalasi qolmaydi.
4. Bolaning xohish–istaklariga e’tiborli bo’ling!.
Kichkintoylarning tabiatida o’yinga, o’yinchoqqa muhabbat kuchli bo’ladi. Bozorga tushganingizda ham farzandingiz darrov o’yinchoq do’konga shoshadi. Bolaning xohishiga e’borli bo’lish barobarida unga narsalarning, pulning qadriga yetishniyam o’rgantib ketish kerak. Siz unga: «Sen hozir o’yinchoq tanla, keyingi safar esa boshqa narsa tanlaysan». Yoki u bilan: «Bozorga borganda senda faqat 1 ta narsa tanlashga imkoniyating bo’ladi, yoki bitta o’yinchoq olib beraman» deb kelishib oling. «Yo’q, keyingi safar, keyingi safar…» deyaversangiz, bolaning ishonchini suiste’mol qilgan va natijada uning nafratiga sazovor bo’lasiz. Agar uning tilini topolsangiz, Farzandingiz ham o’zining qadrini anglaydi.
5. Bolani eshitib, tushunishga harakat qiling!
Fazandingizning holatini tushunishga va uni eshitishga harakat qiling. Mumkin: oyoq kiyimi siqayotganligi sabab aytganingizni qilmayotgan bo’lishi mumkin. Yoki qaysarligi, kayfiyatsizligiga boshqa shu kabi sabab bo’lishi mumkin. Sizdan cho’chib buni ochiq aytolmayotgandir. Bolayam bir shaxs, unga kattalardek muomalada bo’lish kerak. Buning foydasi kelajakda ko’p seziladi.
6. Maslahatlashishga harakat qiling!
Farzandingiz bir noma’qul ish qilib qo’ysa, uning sababini aniqlab oling. Balki uni kompyuter o’ynashdan man qilib qo’ygandirsiz yoki boshqa… Unga: «Hozir kompyuter o’ynaydigan vaqtmas, o’zimning ham singlimdan jahlim chiqib turibdi, hozir unga telefon qilib hodisani hal qilib olishim kerak» qabilida o’zingiz shu kabi o’rinlarda misol bo’lsangiz, bola ham jahl chiqqanda nima qilish kerakligini anglaydi va uni pismiq bo’lishdan asragan bo’lasiz. (3 kundan ortiq urishib yurishning ham oldi olinadi)
7. Bolani qo’rqitmang, poraga o’rgatmang!
Farzandingizni qo’rqitmang, u faqat jahlingiz chiqqanida sizdan qo’rqib, parishonligingizda bilganini qilib olishga o’rganadi. Oqibatda u shunday narsaga bog’lanadi. Uni poraga ham o’rgatmang, aks holda u sizda pora yo’q bo’lgan vaqtda aytganingizni qilmasligi mumkin. Pora narxi to’g’ri kelsagina sizga yordam berishi mumkin bo’lib qoladi. Bu ham tarbiyasiga ziyon.
8. Bolani maqtab turing!
Farzandingiz aytganingizni qilganida «Ofarin», «Barakalla» va «Yaxshi ish qilibsan» qabilida maqtab turishingiz, farzandingizdagi shijoatni kuchaytiradi. Ba’zida yig’laganida: «Menga katta kishilardek ish qilganing yoqdi, lekin har narsaga yig’lashing hunuk ish» deng.
Ba’zi otalar farzandlari Qur’oni Karimdan yod olsa, uning yod olganlarining mukofoti sifatida bir lavhaga yoki qog’ozga 1 ta yulduzcha osib qo’yishadi, u yulduzchalar 5 taga yetganida unga yangi o’yinchoq yoki shunga o’xshagan narsa sotib olib berishadi.
Albatta, farzand tarbiyasi har qanday onaga qiyin, lekin ular sabr va matonatli bo’lishsa, farzandlari o’sgan sari chekkan mehnatlari bekorga ketmaganini anglashadi va rohatini ko’rishadi.
Abdulloh Rahimboyev tayyorladi.

 

http://11-maktab.uz  dan olindi.

Boladagi qobiliyatni yo’q qiluvchi narsalar   

1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o‘ldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.
2. Elektron o‘yinlar ijtimoiy aqlni, lug‘aviy ziyraklikni barbod qiladi. Haddan ortiq e’tibor qaratilganidan miyaga qon quyilishiga, miya hujayralarining barvaqt halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yoshi ulg‘ayganda unga mahorat, tajriba etishmaydi.
3. Onani, uning o‘g‘li oldida haqorat qilish bolani qo‘rqoq, tortinchoq qilib qo‘yadi, sog‘lom fikrlashdan to‘xtatadi. Chunki so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra bola qobiliyatni onasidan oladi.
4. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.
5. Bolaning yoshligidan suhbat qurish eshigining yopiqligi noto‘g‘ridir. Buning natijasida undagi so‘z boyligi va ijtimoiy zehn yo‘qolib boradi. Bolaning gapiga ahamiyat bermaslik, uni jim turishga buyurish, ba’zi hollarda uni qattiq inkor qilish yaxshilikka olib kelmaydi.
6. Ta’lim berish davomida suv ichishni kamaytirish kerakmi? Yo‘q! Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan (kichik shisha idishda) suv ichish zarur. Agar ichmasa, tana g‘ayriixtiyoriy harakatlar (yo‘tal, aksa urish, stulni qimirlatish, stolni surish kabi harakatlar) qila boshlaydi. O‘qituvchiga boladagi noqulaylik zohir bo‘ladi.
7. Nonushta qilmaslik ham yaxshi emas. Aniqlanishicha, nonushta qilmaydigan kishilarda qondagi shakar miqdori pasayib ketadi. Bu esa miya hujayralariga etarlicha ozuqa etib bormasligini keltirib chiqaradi va hujayralarning parchalanishiga sabab bo‘ladi. Fast-fudlardan ehtiyot bo‘lish lozim.
8. O‘quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o‘qitish samarali natijaga olib kelmaydi.
9. Bolalarga bolalarcha tabiat bilan yashashga imkon bermaslik va ularni darsga ko‘mib yuborish mumkin emas. Bolalarda devorga yozish – bu ularning yoshlik chog‘larida erkin yozishga imkon bermaslik natijasidir.
10. Bolani dastlabki bosqichda xatini (yozuvini) kichik yozishga majburlash yaxshi emas. Katta yozuv o‘ziga ishonchlilik va erkinlik belgisi hisoblanadi. Agar yozuv kichik bo‘lsa, buning ma’nosi ana shu ikki sifat (o‘ziga ishonch va erkinlik)ning yo‘qligidir.

http://11-maktab.uz  dan olindi.

Farzandingizga «MUMKIN EMAS» ni to’g’ri yo’l bilan o’rgating

     

    Har bir inson o‘z hayotida kerak va kerak emas narsalarni o‘ziga kashf qilish borasida o‘zini kimligini shakllantiradi. Ota-onaning farzand tarbiyasida «MUMKIN EMAS»ni o‘rgatishi eng mushkul vazifalardan biridir.
     «Necha marta aytdim, baribir qulog‘ingga kirmaydi-ya!», «O‘zi aqling bormi, nega qilma degan ishni qilaverasan?! Ataylab qilasanmi, sen bola!» kabi urushish va adabini berishlar ota-onani ham, tarbiya olayotgan bolani ham ruxiy charchatadi.
    Mumkin emas, hayot uchun xavfli hamda qonun doirasini o‘rgatish ota-ona uchun mas’uliyat va javobgarlik vazifasidir. Farzand ulg‘ayganida to‘g‘ri yo‘l tanlashi, qonunni bilishi sizning bugungi tarbiyadagi «MUMKIN EMAS»ni to‘g‘ri aytishingizga bog‘liq. To‘g‘ri tarbiyalangan farzand kerak joyda hech ikkilanmay «YO‘Q» deyishni bilgani uchun ham xarakterida qat’iyatlilik shakllanadi.
    1. Xayotiga xavf soluvchi vaziyatlarni urgatishda «Mumkin emas» deyish.
    2. Sog‘ligiga xavfli holatlarni o‘rgatishda «Mumkin emas» deyish.
    3. Qonunni, ijtimoiy talablarni o‘rgatish jarayonida «Mumkin emas» deyish.
    Qoidalar:
    1. Cheklovingiz har doim asoslangan bo‘lishi shart. Farzand nima uchun mumkin emasligini aqlan tushinishi lozim. «Gugurtni o‘ynama!» deyish o‘rniga gugurtni o‘ynash olovning xavfini yani yong‘in xavfini tug‘dirishini tushuntirib bering. Bola nima uchun mumkin emasligini bilishi shart.
    2. Qo‘rqitish bilan «Mumkin emas!» deyish bolani qo‘rqoqlikka tarbiyalashi tayin, ammo bu mumkin emas cheklovga rioya qildi degani emas. Agar yana shu ishni qilsang men qo‘lingni kesaman!
    «Agar yana takrorlasang kulog‘ingni kesaman!» kabi jaroxatlash tazyig‘ini gapirmang, bu farzandingizni xavfsirashga, qo‘rqishga tarbiyalashingizdir.
    3. Bolangizni o’zini xurmat qilishga urgatishingiz lozim. Farzandingizga baqirib, noloyiq suzlarni ishlatib, uning oriyatini va xurmatini toptab uni «Sen xech kim emassan!» deyishingiz ham bolangizni bexurmatlikka chidashga urgatadi xolos. Farzandingiz xayotda o’z xurmatini va obrusini topsin desangiz xozirdanoq bolangizni xurmat qiling.
     4. Oynadan boshini chiqarib pastga osilish yiqilib jaroxatlanishga sabab bo‘lishini baqirib, urib-so‘kib tushuntirib bo‘lmaydi. Farzandingizga ko‘rgazma sifatida qo‘g‘irchoqni oynadan tushib ketganini va pastga tushib uni olganingizda chilparchin bo‘lganini ko‘rsatib bering.
    5. Siz cheklov qo‘yayotgan vaziyat haqiqatdan ham asosli va o‘rinli bo‘lishi kerak. Chunki bola dunyoga qiziqib uni o‘rganishi lozim. Suvni kechishi, mushukni silashi, dazmol qilib turishi tagida kattalarga taqlid qilish va yangiliklarni o‘rganib miya rivojlanishi jarayoni yotadi.
    — Kiyimi iflos bo‘lgani uchungina cheklov qo‘yayotganingiz bolaning miyasini rivojlanishidan to‘xtatishingiz bilan barobardir. Faqatgina hayotiga, sog‘lig‘iga va qonun buzilishiga xavf tug‘ilganida cheklov qo‘ying va nima uchun cheklayotganingizni tushuntiring.
    6. Farzandingizga qo‘ygan cheklovingizga o‘zingiz xam rioya qiling. Farzandingizga pichoqning o‘tkirligini aytib, «Mumkin emas» cheklovini qo‘yib, o‘zingiz pichoqning uchi bilan tarvuzni olib eyishingizni bola tushunmaydi.
    -Yo‘ldan o‘tish xavfliligini tushuntirib, o‘zingiz yo‘ldan o‘tayotganingizda telefonda gaplashmang.
    Ko‘p televizor ko‘rma deb, o‘zingiz televizordagi serial ichida yashamang. Gugurt o‘ynash xavfliligini aytib, o‘zingiz gugurtni hamma joyga qo‘ymang. Issiqovqatdan kuyib qolish mumkinligini aytib, dasturxonga qaynoq ovqatni bolangizga bermang.
    «MUMKIN EMAS«:
    1. Bolani aldash.
    2. Bolani qo‘rqitish.
    3. Bolani uyaltirish.
    4. Bolani bexurmat qilish.
    5. Bolaga yolg‘on gapirish.
    6. Bolaga laqab qo‘yish.
    7. Bolani kaltaklash.
    8. Bolani kamsitish.

    http://11-maktab.uz  dan olindi.